O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
I bob bo’yicha xulosa
Til strukturasining tarixiy-tipologik tadqiq etish ob‟ekt alohida kategoriyalar shaklsi va alohida grammatik kategoriyalar emas, balki organik jihatdan bog‟langan va bir-biriga ta‟sir etuvchi turkiy tillar umumiy strukturasini hosil qiluvchi tilning alohida bosqichlaridir. Asosiy tipologik birliklar birinchi navbatda shu guruh tillari uchun emas, balki barcha tillar umumiy bo‟lgan, universal kategoriyalar hisoblanuvchi gap va so‟z birikmalarining sintaktik birligi hisoblanadi, chunki sintaktik kategoriyalar va ularning bir-biriga munosabati, xususan, so‟z birikmalarida aniqlovchi va aniqlanmishga tegishli attributiv munosabatlar, sub‟ekt va predikat hamda ob‟ekt va predikatning gapdagi munosabatlari butun kishilikka xos umumiy tafakkur jarayonlarining tildagi aks etishiga tegishlidir. Tipologik tadqiqotning navbatdagi asosiy birliklaridan biri so‟z bo‟lib, uning morfema tuzilishi bir xil emas. So‟z o‟zak morfemaning so‟z yasovchi va so‟z o‟zgartiruvchi affiks morfemalar bilan munosabati asosida aniqlanuvchi birlikdir. So‟z va so‟z birikmalari tuzilishining izomorfizmi genetik jihatdan affiksal morfemalar o‟zlarining affikslariga aylanishidan oldin mustaqil so‟zlar bo‟lgani va so‟zga nisbatan mavhumroq ma‟noga ega bo‟lgan o‟zak morfema asosidagi birlik bo‟lgani bilan izohlanadi. Nihoyat, fonologik va semisiologik bosqichlarning tipologik tahlili organik (tuzilish) jihatdan tilning grammatik strukturasidan uzoqroq joylashgan fonema va sema kabi birliklar bilan bog‟liq bo‟lib, alohida o‟rin egallaydi. 7 Inson tafakkurida aks etuvchi va tilda tushuncha aktlarini ifodalovchi asosiy sintaktik birliklar hisoblanuvchi tafakkur aktlari o‟zining kelib chiqish mag‟zi bilan ancha umumiy va universaldir. Xususan, barcha kishilar uchun umumiy va tildagi universal konstantalar hisoblanuvchi tafakkur aktlaridan va ularga to‟g‟ri keluvchi gap va so‟z birikmalaridan kelib chiqib, tildagi boshqa hamma universal konstantalarni va ularning har xil tildagi modifikatsiyalarini 7 Общее языкознание, Внутренная структура языка. М.Наука, 1970. 30 aniqlash mumkin bo‟ladi. Ko‟rinadiki, universal konstantalar va ularning konkret spestifik ishlatilishi tafakkur kategoriyalari bilan til kategoriyalari o‟rtasidagi munosabatni o‟rganish orqali chuqurroq ochiladi. Logik (mantiqiy) kategoriyalar barcha tillarni birlashtiruvchi umumiy xususiyatlarning gap va so‟z birikmalari strukturasida ikki xil aks etishidir. Gap va so‟z birikmalari barcha tillarda umumiy strukturaga ega bo‟lib, ular faqat gaplardagi sub‟ekt-predikat munosabatlarini va so‟z birikmalaridagi attributiv munosabatlarini ifodalovchi morfologik kategoriyalarning har xilligi bilangina farqlanadi. Qarindosh guruh tillarining, masalan, turkiy tillarning, tarixiy-tipologik tadqiq qilish vazifasiga asosiy tafakkur aktlarini ko‟rib o‟tish va tahlil qilish, ularning tiplari, tilda ishlatuvchi konkret shakllarini aniqlash kiradi. Har bir tilning strukturasi, avvalo, diaxronik jihatdan har xil shakllangan, har xil sintaktik konstruksiya modellarida ifodalangan umumiy va asosiy tafakkur kategoriyalari, tafakkurning asosiy tiplari va ularning tildagi har xil shakllari ishlatilishi bilan izohlanadi. Bu har xil modellar alohida qarindosh tillarda har xil darajadagi produktivlik (mahsuldorlik)ka ega bo‟ladi va bu ularning xronologiyasi va taraqqiyot jarayon qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Har xil sintaktik konstruksiyalar va ularning morfologik shakllanishini tipologik qiyoslash barcha qarindosh konkret tillarning asosiy rivojlanish etaplarini aniqlashga, bu tillarning umumiy tipologik xususiyatlarini, ularning namunali ideal strukturasi va buning har bir qarindosh tildagi alohida (spesifik) belgilarini, birinchidan, ikki rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchidan, har xil substrat va adstratlar ta‟siridagi xususiyatlarni o‟rganishga imkon beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling