O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Tadqiqot materiali vazifasini ingliz va o‟zbek tillarida yozilgan badiiy
asarlar matni o‟tadi: 14 dan ortiq asarlardan 100 dan ortiq misol yig‟ildi va ular turli guruhlarga taqsimlangan holda tahlil qilindi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Uning natijalaridan ingliz tilini o‟qitishning nazariy kurslarida va amaliyotida foydalanish imkoniyatida ko‟rinadi. Tadqiqotda bildirilgan fikr-mulohazalar ingliz va o‟zbek tillari grammatikasi darsliklarida mavjud bo‟lgan sinonimik strukturalar sintaksisiga oid qator muammoli masalalar yechimini topish imkonini beradi. Bundan tashqari, dissertatsiya materialidan, ayniqsa, uning pragmalingvistik tahlilga oid qismidan, nutqiy muloqot sintaksisi sohasidagi qo‟llanmalarni yaratishda va maxsus mashqlar to‟plamlarini tuzishda foydalanish tavsiya qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosaviy mulohazalar himoyaga taqdim etiladi: 1. Sinonimik sintaktik strukturalar hozirgi zamon ingliz tili sintaksis qurilishining umumiy qonuniyatlari asosida shakllanadigan alohida turdagi nutqiy qurilmadir. 2. Sinonimik sintaktik strukturalar qismlari o‟rtasidagi semantic munosabat voqeligida ketma-ket kechayotgan hodisalarni mantiqan qiyoslash yoki qarama- qarshi qo‟yish asosida namoyon bo‟lsa, sintaktik munosabat esa tashqi koordinativ aloqa, ya‟ni teng bog‟lanish ko‟rinishini oladi. 3. Sinonimik sintaktik strukturalarning paradigmatik tasnifi ularning sintaktik mazmuni haqida faqat dastlabki ma‟lumotni beradi, ushbu qurilmalarning 13 lisoniy mohiyatini to‟liq o‟rganish uchun sistem-strukturaviy va kommunikativ xususiyatlar yaxlit majmua sifatida talqin qilinishi lozim. 4. Sinonimik sintaktik strukturalar qismlari o‟rtasidagi mantiqiy munosabatlar temporal (zamon), sabab-oqibat, shart kabi ko‟rsatkichlarga ega bo‟lsa, ular orasida hosil bo‟ladigan mazmuniy munosabatlarda o‟xshatish, solishtirish va birikish ma‟nolari ifodalanadi. 5. Qismlar o‟rtasidagi shakliy simmetriya va ma‟no mutanosibligi hodisalari sinonimik sintaktik strukturalarning semantik-strukturaviy turlarini farqlashning asosiy ko‟rsatkichidir. 6. Sinonimik sintaktik strukturali qurilmalari vositasida muloqot jarayonida murakkab tarkibli nutqiy harakatlar ifoda etiladi va ushbu turdagi nutqiy harakatlar shakllanishida tinglovchiga maqsadli ta‟sir o‟tkazish rejasi asosiy o‟rinni egallaydi. 7. Koordinativ munosabatdagi murakkab nutqiy harakatlar tarkibida birikayotgan sodda harakatlar pragmasemantik ma‟no jihatdan o‟zaro bir-birini to‟ldirish, aniqlash munosabatlarida bo‟ladi. Ma‟lum muloqot sharoitida ifodalanadigan kommunikativ maqsad faollashuviga binoan qismlar o‟rtasida o‟ziga xos yetakchilik va tobelik munosabatlari ham yuzaga kelishi mumkin. 8. Murakkab nutqiy qurilmaning matn tuzilishidagi ishtiroki uning tarkibidagi deyktik vositalarning o‟rni va ifodalanayotgan pragmatik ma‟no xususiyatlari bilan bog‟liq. 9. Sinonimik sintaktik strukturalarning muloqot matnidagi faollashuvi jarayonida yuzaga keladigan qismlarning o‟rin almashinuvi, takrorlanishi, qisqarishi, darajalanishi kabi hodisalar ushbu nutqiy qurilmalarning pragmalingvistik mohiyatini shakllantiruvchi vositalardir. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling