O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Tadqiqotning metodologik asosi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot maqsad va vazifalari
Tadqiqotning metodologik asosi sifatida har tomonlama komil insonni
tarbiyalashning umumfalsafiy va umumpedagogik konsepsiyasi hamda fan, madaniyat, ta‟lim-tarbiya sohasidagi taraqqiyotning istiqbolli yo‟nalishlari belgilab berilgan O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning nazariy asarlari, davlat qonunlari va boshqa me‟yoriy hujjatlar tanlandi. Bundan tashqari,sintaktik yarusdagi sinonimik strukturalarning tasnifiy belgilarini aniqlash va ularni semantik guruhlarga ajratishda umumfalsafiy bilish nazariyasini lisoniy tahlilga tadbiq qilish tamoyillariga amal qilindi (Колшанский, 1990; Морковкин, 1994; Charniak, 1978; Wierzbicka, 1992; Сахарный, 1997; Abduazizov, 2007; Ashurova, 1991; Кубрякова, Е.С. 2006; Аритюнова, Н.Д. 2000.). 2 2 Колшанский Г.В. Обьективная картина мира в познании и языке, - М.: Наука, 1990. -15с. 10 Mamlakatimiz olimlarining xorijiy tillarining nazariy masalalariga oid (Abduazizova A.A., Ashurova D.U., Bo‟ronov B.J., Mamatov A.E., Nazirova Sh.A., Rasulova M.I., Safarov Sh.S., Umarxo‟jayev M., Yusupov U.Q., va boshqalar) fikr-mulohazalariga ham tayaniladi. Tadqiqot maqsad va vazifalari sinonimik sintaktik struktura ko‟rinishdagi qurilmalarining semantik tuzilishi va ularning matndagi rolini o‟rganishdir. Ushbu yo‟nalishda bajarilayotgan tadqiqot sinonimik sintaktik strukturalarning ingliz va o‟zbek tillari sintaktik tizimida tutgan o‟rnini belgilash hamda bu shakldagi qurilmalarning umumlisoniy va xususiy ko‟rsatkichlarini farqlash maqsadini ham nazarda tutadi. Ko‟zlangan maqsadga binoan tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - sinonimik sintaktik strukturalarning sintaktik tabiatini namoyon qiluvchi lisoniy va nolisoniy vosita-belgilar majmuasini aniqlash; - sinonimik sintaktik strukturalarning ingliz va o‟zbek tillari sintaksisi tizimidagi boshqa hodisalar, birliklar bilan munosabatini belgilash; - Sinonimik sintaktik strukturalar tarkibiy qismlari o‟rtasidagi munosabat asosida yuzaga keladigan ma‟no xususiyatlarini farqlash va shu asosda sinonimik sintaktik strukturalarning semantik guruhlarini ajratish; - Sinonimik sintaktik strukturalar qurilmalari vositasida ifoda qilinayotgan murakkab nutqiy harakatlar turlarini ajratish va shu yo‟sinda ushbu qurilmalarning pragmasemantik mazmunini o‟rganish; - Murakkab tarkibdagi nutqiy harakatlarning matn tuzilishidagi faollashuv darajasini o‟rganish hamda matn tarkibining pragmalingvistik tadqiqida tutgan o‟rnini belgilash. Морковкин В.В. Морковкина А.В. Язык, мышление и сознание et vice versa//Русский язык за рубежом.1994. №1. –с 8-14. Charniak E. On the Use of Framed Knowledge in Language Comprehesion//Artificial Intelligence. 1978.vol.2(3). – p.225-265. Сахарный Л.В. Текст – Мозг – Образ мира//XXI Международный симпозиум по психолингвистики и теории коммуникации. – М., 1997, -с. 140-141. Абдуазизов А.А. О составных частях когнитивной лингвистики//хорижий филология. – Самарканд.,СамГИИЯ, 2007, -№3(24). С.5-6. Ашурова Д.У. Производное слово в свете коммуникативной теории языка. Т.: Фан, 1991, -98с. 11 Bunday tadqiqot vazifalarining uzviy ravishda amalga oshirilishi, sinonimik sintaktik strukturalarning o‟ziga xos xususiyatlarini to‟liq va ob‟ektiv tarzda bayon qilishga, ularning shakliy va ma‟no xususiyatlarining uyg‟unlashuvi zaminida faollashuvchi kommunikativ mazmun va mohiyatini o‟rganishga imkon beradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling