O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/46
Sana02.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1422368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi

Tadqiqot ob’ektini hozirgi ingliz va o‟zbek tillari tizimi va nutqiy 
faoliyatda keng ko‟lamda uchraydigan sintaktik sinonimik qurilmalar tashkil 
qiladi. 
Tadqiqot predmetini ingliz va o‟zbek tillari sintaktik tizimiga oid turli 
sinonimik qurilmalar –til elementlari, gap va konstruksiyalarning semantik-
kommunikativ talqinini tashkil qiladi. 
Ushbu tadqiqotga sintaktik sinonimik strukturalarning lisoniy tabiati
semantik tarkib va kommunikativ maqsadni ifodalovchi pragmatik mazmun 
asosida shakllanadi degan ilmiy faraz asos bo‟ladi. 
Tadqiqot quyidagi tahlil metodlaridan foydalaniladi: 

Transformatsiya –o‟rin almashtirish metodi (turli sintaktik sinonimlar 
strukturaviy qismlarining o‟zaro munosabatini hamda ularni biriktiruvchi sintaktik 
aloqa turini aniqlash maqsadida) ; 

Qiyoslash metodi (sinonimik sintaktik strukturalar semantik 
guruhlarini ajratish maqsadida); 

Matn 
tahlili 
metodi 
(sinonimik 
sintaktik 
strukturalarlarning 
pragmasemantik xususiyatlarini aniqlash va ularning matn tarkibidagi vazifasini 
o‟rganish maqsadida). 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, ingliz va o‟zbek tillarida 
sinonimik sintaktik strukturalarining semantik va pragmatik mohiyati va 
mundarijasi ilk bor yagona bir butunlikda, til birliklarining nutqiy muloqot 
jarayonida faollashadigan lisoniy hodisa sifatida talqin qilinishida namoyon 
bo‟ladi. Sinonimik sintaktik strukturalarni pragmaligvistika va matn tilshunosligi 
nuqtai nazaridan tadqiq qilinishiga alohida ahamiyat berib, murakkab nutqiy 


12 
harakatlarning kommunikativ maqsad va mazmun ifodalashda bajaradigan 
vazifalari aniqlangan. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Mustahkam metodologik asosga
ishonchli ilmiy konsepsiyaga suyanadigan tahlil uslublaridan foydalanish 
sinonimik sintaktik strukturalar tizimi birliklarining umumiy va xususiy belgilari 
haqida yangi xulosalar, fikr-mulohazalar bildirish imkonini beradi. Ob‟ektiv 
metodlarga asoslanib, boshqa olimlarning ishlariga tayaniladi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling