shaxslar o'z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma’naviy
tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari, tadbirkorlar
esa — ish odobi qoidalariga ham rioya etishlari kerak»ligi
belgilanadi.
Qonunlarga rioya qilish bilan birga tadbirkorlik faoliyatiga
qadam qo'yayotgan har bir shaxs, tadbirkorlik odobi (etikasi)ga
rioya qilishi kerak. Tadbirkorlik odobi o'zaro tadbirli ish
munosabatlarida halol va sof vijdonli bo'lish bilan belgilanadi.
Chunki tadbirkor ko'plab shaxslar bilan turli munosabatda
bo'ladi. Shuning uchun ular halol va sof vijdonli bo'lishlari
lozim.
Tadbirkorlikning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri -
tadbirkorlar egallagan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mavqedan
qat’i
nazar,
ularning
o'zaro
munosabatlarda
tengligidir.
Tadbirkorlar o'z faoliyatini boshlash bilan bog'liq bo'lgan ishlab
chiqarish vositalarini xarid qilish, ular bilan ta’minlanish, ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni sotib, foyda (daromad) olishda,
shuningdek, turli ishlami bajarishda o'zga, ya’ni xizmatdan
foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan o'zaro teng
huquqli munosabatda bo'ladilar.
Tadbirkoming iqtisodiy mustaqilligi va teng huquqliligi
uning erkin raqobatlashuvi uchun zamindir. Tadbirkor qonun
bilan taqiqlanmagan holda, xo'jalikning barcha sohasida o'z
faoliyatini erkin ravishda raqobatlashuv tamoyili asosida amalga
oshirishi mumkin.
O'tmishda, jamiyatning iqtisodiy negizini faqat sotsialistik
mulkchilik tashkil qilgan davrda raqobatchilikka yo'l qo'yilmas
edi.
Raqobatchilikka,
xususiy
mulkka
Do'stlaringiz bilan baham: |