O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi voyaga yetmagan larning huquqlari, majburiyatlari


javobgarlik o'ziga xos xususiyatlarga egadir


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/64
Sana04.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1425871
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
61a1ff2003d745.41049735

javobgarlik o'ziga xos xususiyatlarga egadir;
3) alohida subyekt — intizom ustavlari yoki xizmat 
to'g'risidagi nizomlar tatbiq qilinadigan shaxslar, masalan, 
harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga 
majburlar, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar 
tarkibiga mansub shaxslar. Ma’muriy huquqbuzarlikning alohida 
subyektlari - maxsus subyektlaming alohida guruhini tashkil 
etadi. Alohida subyektlar ham, maxsus subyektlar singari o'ziga 
xos xususiyatlarga egadir.
Har qanday huquqbuzarlik singari, ma’muriy huquqbuzarlik 
ham — huquqqa xilof aybli sodir etilgan qilmish hisoblanadi. 
Huquqbuzaming huquqqa xilof qilmishni sodir etishda aybi 
mavjud bo'lganida, uni javobgarlikka tortish mumkin bo'ladi. 
Ayb — bu sodir etilgan qilmishga nisbatan shaxsning ruhiy 
munosabatidir. Ayb ikki shaklda: qasd va ehtiyotsizlikda 
ifodalangan bo'lishi mumkin. Ayb — ma’muriy huquqbuzarlik 
subyektiv tomonining majburiy xususiyati hisoblanadi.
57


Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu 
huquqbuzarlik subyekti (jismoniy shaxs)ning huquqqa xilof 
harakat yoki harakatsizlik hamda uning oqibatlariga nisbatan 
ruhiy munosabati hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik aybning ikki shaklida ham, ya’ni 
qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin. Jumladan, 
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi 
kodeksining 11-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik 
sodir etgan shaxs o ‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy 
ekanligini bilgan bo'lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi etgan, 
yuz berishini istagan bo'lsa yoki bu oqibatlaming kelib 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling