chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo'ygan bo'lsa, bunday ma’muriy
huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi
kodeksining 12-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik
sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligi zararli
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko'ra bilgan
bo'lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ulaming oldini olish mumkin
deb o'ylagan bo'lsa, yoxud bunday oqibatlaming kelib chiqishi
mumkinligini oldindan ko'rishi lozim va mumkin bo'lgani
holda, oldindan ko'ra bilmagan bo'lsa, bunday ma’muriy
huquqbuzarlik
ehtiyotsizlik
orqasida
sodir
etilgan
deb
hisoblanadi.
Demak,
shaxsning
sodir
etgan
qilmishini
ma’muriy
huquqbuzarlik sifatida tasniflash uchun birinchidan, ma’muriy
huquqbuzarlikning yuridik xususiyatlari — huquqqa xiloflilik,
aybning mavjudligi, jazoga sazovorligi va ikkinchidan, yuridik
tarkibi — ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti va obyektiv
tomoni, subyekti va subyektiv tomoni mavjud bo'lishi kerak.
2. Ma’muriy javobgarlik mazmuni va xususiyatlari
O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul
qilingan va 1995 yil 1 apreldan amalga kiritilgan Ma’muriy
javobgarlik
to'g'risidagi
kodeksining
1-moddasiga
binoan
ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari: ushbu
Kodeks; O'zbekiston Respublikasi Qonunlari; O'zbekiston Res-
58
publikasi Oliy Majlisining Qarorlari; O'zbekiston Respublikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |