O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi xalqaro nordik universiteti xorijiy til va adabiyoti fakulteti


Download 1.06 Mb.
bet3/9
Sana25.12.2022
Hajmi1.06 Mb.
#1066242
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Toshimova Dilfuza Referat

Suv resurslarining ahamiyati
Suv resurslaridan samarali ravishda foydalanish jaxon miqiyosida tinchlik, xavfsizlik va xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri ichimlik suvi yetishmasligini bartaraf etishdir. Suv bilan bogʻliq muammolar BMT suv konferensiyasi (1977-yil Ichimlik suvi taʼminoti va tozaligi xalqaro oʻn yilligi 1981—1990-yil Suv va atrof-muhit boʻyicha xalqaro konferensiya 1992-yil) Butunjahon sammitining diqqat markazida boʻldi.
Har uch yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Suvni Baholash Dasturi (WWAP) BMTning Jahon hisobotini eʼlon qiladi, bu dunyodagi ichimlik suv resurslar holatini eng yuqori darajadagi baholashdir.
Toza suv va sanaitariya barqaror rivojlanish garovidir
Insoniyatning global muammolarini hal qilish uchun 2000-yilda BMTning Mingyillik sammitida Mingyillik rivojlanish maqsadlari (MRM) deb nomlangan dastur qabul qilindi. 2015-yilg qadar 8 ta xalqaro rivojlanish bosqichiga erishilishi kerak edi. Ushbu hujjatda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha alohida maqsad koʻzda tutilmagan, ammo „Ekologik barqarorlikni taʼminlash“ 7 maqsadda toza ichimlik suvidan doimiy foydalana olmaydigan aholi soliq hissasini ikki baravarga kamaytirish vazifasi qoʻyilgan edi.
Oldingi 1990-yilar boshlaridan hozirgi 2015-yilga qadar 2,6 milliard kishi tozalangan ichimlik suvi manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi, shu jumladan rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 42 % aholiga soniga toʻgʻri keladi. 2015-yil holatiga koʻra, shahar aholisining 96 % va qishloq aholisining 84 % toʻliq foydalanishni boshladi. Biroq, sayyoramizda hali ham toza ichimlik suvidan mahrum boʻlgan odamlar soni 663 million kishini tashkil etadi va ularning 80 % qishloq joylarda yashaydi.
2015-yilda „Mingyillik rivojlanish choralari“ amalga oshirildi, garchi ularning barchasi toʻliq amalga oshirilmagan boʻlsada, ammo sezilarli darajada yutuqlarga erishildi. Kelgusi xalqaro hamkorlikning yangi maqsadlari 2030-yilgacha boʻlgan davr uchun „Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) qabul qilindi. BU safar toza ichimlik suvi va sanitariyani alohida belgilab qoyishdi bunda suv sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish hamda suv bilan bogʻliq ekotizimlarni muhofaza qilish vazifalari qoyildi.

Manba.Vikipedia suv tanqislligi. 31-mart 2022-yilda




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling