O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi xalqaro nordik universiteti xorijiy til va adabiyoti fakulteti


Tabiiy suv reeurslari va suv ekologiyasidan yo’g’ri foydalanishmadaniyatini yuksaltirish


Download 1.06 Mb.
bet5/9
Sana25.12.2022
Hajmi1.06 Mb.
#1066242
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Toshimova Dilfuza Referat

Tabiiy suv reeurslari va suv ekologiyasidan yo’g’ri foydalanishmadaniyatini yuksaltirish.
O‘zbekiston uchun suv resurslarining ahamiyati qay darajada?
Mamlakatimizda aholi sonining o’sib borayotganligi, tumanlarning shaharlashish darajasining ortishi hamda sanoat korxonalarining ko’plab paydo bo`layotganligi suv sarfini tobora oshirmoqda. Hatto sanoat korxonalarida ham toza ichimlik suvidan foydalanilayotganligi va uning sanoat xom ashyosiga ham aylanib borayotganligini ko`rsatadi. O’zbekiston Respublikasida ichimlik suv sifatida ishlatilayotgan suvning ma’lum qismini yer osti suvlari tashkil qiladi. Inson xo’jalik faoliyatining boshqa tarkibiy qismlari singari yer osti suvlari sifati va rejimiga kuchli ta’siri sezilmoqda. Shu sababli ham sug’oriladigan hududlarda yer osti suvlari turli darajada ifloslangan va ko’p joylarda ichishga yaroqsiz darajaga kelgan. Bir nechta tumanlarda bu muammo yanada sezilarli darajaga yetgan. Yer usti ichimlik suvlari esa doimiy analitik nazoratda bo’lishi tabiiy. Yurtimiz aholisi qadimdan tabiatdan, uning boyliklaridan o’z o’rnida foydalanishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelgan. Cho’llarda, og’ir iqlimga ega joylarda obod vohalar bunyod etgan, tabiatdan birni olsa, o’nni berishdek fazilatga amal qilib yashagan. Shu bois, mahalliy o’troq aholi suvdan tejab-tergab foydalanish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sho’r bosishdan saqlash, sel oqimlarining, qum qo’shimchalarining yo’lini to’sish tajribasini bundan ming yillar avval puxta o’zlashtirgan. Asosiy qonunimiz-Konstitutsiyada “Fuqarolar tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”, “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deb mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq qator qonunlar qabul qilingan. Rivojlangan mamlakatlarda chuchuk suvning 70-90% dan ortig’i qishloq xo’jaligi o’simliklarini o’stirishga va ulardan mo’l hosil olishga ishlatiladi. O’zbekistonda suv manbalarining 85% qismi ekinlarni sug’orilishga sarf etiladi. 1 kg sholi o’stirish uchun 3000 litr suv kerak bo’ladi. Har bir odam har yili 58 kg sholi iste’mol qiladi. (BMT bo’yicha). 1 metr chitni ishlab chiqishda 2m3 suv sarflanadi, 1 litr benzin olinishida-10 litr suv, 1 tonna kimyo tolasi olinishida-200 m3 suv, 1 tonna rezina olinishida-1500 m3 suv, 1 tonna gazeta qog’oz olinishida-900 m3 suv sarflanadi. Respublikamiz hududida mavjud bo’lgan daryolar, ko’llar va dengizlarning ifloslanishi ham katta xavf tug’dirmoqda. Turli xo’jaliklar va sanoat korxonalari chiqindilarini suv havzalariga oqizishni nazorat qilmaslik natijasida ham inson kutmagan, rejalashtirmagan turli falokatlar ro’y bermoqda. Ayniqsa, aholi zich yashaydigan tumanlar, shaharlar orqali oqib o’tayotgan ariqlar va daryolar suvlari oqova suvlarga aylanib, ularga yiliga millionlab tonna zararli chiqindilar qo’shilmoqda. Biz umumbashariy muammo hisoblangan toza ichimlik suv taqchilligiga befarq bo’lolmaymiz. Chunki hozirgi kunda dunyoda 1,1 milliard inson toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega emas, 5 million kishi esa har yili iflos suv oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumadi. Dunyodagi oqova suvlarning 90 foizidan ortig’i tozalanmaydi. Shu bilan birga yirik shaharlardagi ichimlik suvining yarmi uzatish tarmoqlaridagi texnik nosozliklar sababli yoki yoriqlar orqali yer qa’riga singib ketadi. Yer yuzidagi ichimlik suvining 70 foizi qishloq xo’jaligi uchun sarflanadi. Bugungi kunda bir tonna don yetishtirish uchun o’rta hisobda ming tonna suv sarflanadi. Natijada yer yuzidagi yirik daryolarning suvlari dengiz ummoniga borib quyilmaydi. Bu o’z navbatida asosiy suv zahiralarining, chuchuk suv manbalarining kamayib borishiga olib keladi. Misol uchun, Afrikadagi 25 ta mamlakatda suv tanqisligi aholining tinkasini quritmoqda. Xalqaro suv muammosi nafaqat texnik, balki iqtisodiy muammo hamdir. Sayyoramiz aholisi o’sib bormoqda. Ularning oziq-ovqatga ehtiyoji ko’plab quruq yerlarni o’zlashtirish evaziga qondiriladi.

2-rasm


Ayni paytda 40 dan ortiq mamlakatdagi 2 milliarddan ko’proq odamning suv tanqisligini boshidan kechirayotgani fikrimiz tasdig’idir. Eng muhimi, suv biz istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va atrofmuhitini saqlashning asosiy omillaridandir. Suv taqchilligi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda, ayniqsa, bu jarayon bizning respublikamizda ham sezilarli darajada. Bir avlod umri davomida noyob va go’zal dengizdan qurib va yo’qolib borayotgan suv havzasiga aylangan Orol fojiasi buning yaqqol dalilidir. Bir paytlar gullabyashnagan Orolbo’yi hududi esa bugungi kunda ayanchli sahroga aylanmoqda.
3-rasm

Suv resurslari taqchilligi, sug’oriladigan ekin maydonlarining yaroqsizlanishi, hayvonot va nabotot dunyosining keskin qisqarishi, iqlim o’zgarishlari, shuningdek, mintaqadagi asosiy daryolar suv oqimining katta qismini tashkil qiladigan Pomir va Tyanshan tog’laridagi muzliklar erishining tezlashuvi-bular Orol fojiasi keltirib chiqargan og’ir oqibatlarning bir qismi, xolos. Ta’kidlash lozimki, bizda ham bu borada ahvol maqtagulik emas. Zero, bugunki kunda viloyatimizda ham bu masalada ayrim nuqsonlar ko’zga tashlanadi. Joylarda turli maishiy chiqindilar uyulib borayotgani sir emas. Katta mehnat va mablag’ sarflab tozalangan, tartibga keltirilgan joylarda yana chiqindi uyumi paydo bo’layapti. Yohud oqar suvlarning ifloslanishi kuzatilmoqda. Suv bo’ylarini o’zboshimchalik bilan egallab olish yoki bu joylarni “chiqindixona”ga aylantirish hollari uchrayotir. Abu Tohir Xo’janing “Samariya” asarida “Darg’om arig’ining boshi Ko’hak daryosidan ajralib, Shovdor, Anhor tumanlarini sug’orib, ortiqchasi Ko’hak daryosiga qo’shiladi. Shahar bog’lari va bo’stonlari shu anhordan yashil va tozadir”, deb eslatadi. Darhaqiqat, Darg’om kanali ham bir necha yirik shoxobchalarga bo’lingan. Masalan, Shovdor kanalining Darg’om kanalidan ajralgan qismi Jartepa qishlog’idan boshlanib, Samarqand va uning atrofidagi bir necha qishloqlarni suv bilan ta’minlaydi.
4-rasm

Samarqand shahri hududidan oqib o’tuvchi Siyob arig’ining atrofida yashovchi aholi tomonidan suvga oqizilayotgan turli kanalizatsiya tarmoqlari orqali tushayotgan chiqindi suvlar va tashlanayotgan axlatlarning suvning sifatini buzilishiga sabab bo’layotganligini hech bir yaxshi so’z bilan izohlab bo’lmaydi.

5-rasm


Sanoat karxonalari oqova suvlarni tahlil qilishda erigan va erimagan anorganik moddalarga, ifloslikning 60% miqdoriga to’g’ri keladigan organik moddalarga, muhitiga, suvning organoleptik xususiyatiga, oksidlanishi va oksigenga biokimyoviy ehtiyojga, azot, fosfor, ftor va ularning anionlari ammoniy, nitrit, nitrat, fosfat, ftoridlarga aylanishiga, xloridlarga, sulfatlarga hamda ularning ruxsat etilgan kontsentratsiyalarining me’yorida ekanligiga e’tibor beriladi.
Atrof-muhitning radioaktiv zararlanishi global tavsifdagi muammo hisoblanadi. Uning asosiy manbalari yadro portlashlari, yadro energetikasi korxonalarining radionuklid chiqindilari va yer osti zahiralaridan: iborat. Ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirida yemirilish asosida esa bir-biriga bog`liq bo`lgan kompleks jarayonlar yotadi. Atom va molekulalarning uyg`onishi va ionlar almashinuvi turli biologik tuzilishli to`qimalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Yuqori faollikka ega bo`lishi radikallarning hosil bo`lishiga zamin yaratadi. Kam differensiyallanadigan, yosh va o`suvchi to`qimalar ancha radiosezgir bo`ladi.
Samarqand viloyati Pasdarg’om tumanidagi Qorayantoq qishlog’i hududidagi yer osti suvlari namunalari tarkibidagi radon-222 izotopining mavjudlik spektrlari va u asosida radioaktivatsion faolliklari tekshirib ko’rildi. Bundan tashqari shu hududdagi yer osti suvlarining ichishga yaroqlilik xususiyatlari uning mineral tarkibini kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari yordamida analitik nazorat qilish asosida baholandi.
Yuqorida qayd etilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nafaqat shaharlar yer osti va yer usti ichimlik suvlarining, balki insonning turli faoliyati tufayli qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanayotgan tumanlar hududidagi suvlar ham tarkibiy jihatdan ijobiy tavsiflarga ega bo’lmayotganligini kuzatish mumkin.
O‘zbekiston uchun vaziyatni ikki holat og‘irlashtiradi. Birinchidan, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlardan keladigan suv ta'minotiga bog‘liqligi yuqori darajada (iste'mol qilinadigan suvning 80 foizi tashqaridan keladi). Shuning uchun ham suv tanqisligi muammosini ushbu davlatlar bilan kelishmasdan hal etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda ichimlik suvi juda samarasiz sarf qilinadi, ayniqsa, mamlakatdagi suv resurslarining 90 foizini iste'mol qiluvchi qishloq xo‘jaligida. Suv iste'molchilarga yetkazish vaqtida (o‘ta eskirgan va chirigan infratuzilma sababli sug‘orish tizimlaridagi yo‘qotishlar 35-40 foizni tashkil qiladi) va iste'mol jarayonida ham (sug‘oriladigan yerlarning faqat 3 foizida suv tejovchi texnologiyalar tatbiq etilgan) yo‘qotiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori Yuliy Yusupovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda ham iqlim o‘zgarishi mintaqadagi asosiy daryolarga suv yetkazib beruvchi tog‘dagi muzliklar erishiga olib kelmoqda. So‘nggi 50-60 yilda muzliklarning maydonlari taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, o‘rtacha yillik harorat 2 darajaga ko‘tarilgan taqdirda muzliklar o‘z hajmining 50 foizini yo‘qotishi mumkin, harorat 4 darajaga ko‘tarilgan taqdirda esa – bu hajm 78 foizgacha yetadi. Natijada mavjud suv resurslari hajmi ham qisqarmoqda. Masalan, O‘zbekiston tomonidan foydalaniladigan suvning yillik hajmi so‘nggi yillarda o‘rtacha yillik 51-53 kub metrni tashkil qiladi, bu esa o‘tgan asrning 80-yillariga qiyoslaganda 20 foizga kamdir. Shu bilan birga, mamlakat aholisi ushbu muddat ichida 1,5-2 baravar o‘sgan.
Germaniya yer tadqiqotlari markazi tadqiqotchisi Abror G‘ofurov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Markaziy Osiyodagi suv muammolari va uning yechimlari haqida fikrlarini bildirgan.
«Iqlim o‘zgarishining tog‘ muzliklariga ta'siri yuqori, negaki, muzliklarning o‘z massa balansi bo‘ladi. Ma'lumki, yozning issiq kunlarida tog‘dagi muzlarning qaysidir qismi eriydi, qish kelganda esa ustiga qor tushishi bilan yana to‘planadi. Agar muz ikki metr erisa-yu, yana shuncha to‘plansa, bu me'yoriy holat. Ammo iqlim isishi oqibatida muzning erishi to‘planishiga qaraganda ko‘proqni tashkil qilmoqda va muzliklar o‘z massasini yo‘qotmoqda. Muzga 6-7 metr uzunlikdagi maxsus belgi qo‘yiladi. Keyingi yil kelganimizda muzlik shu belgidan 3 metrga pastlagan bo‘ladi. Bu degani muzlik uch metrga erigan va shunga mos miqdorda massasini yo‘qotgan. Afsuski, balansi plyus bo‘lgan muzlik hali kuzatilmadi. Bu o‘z o‘rnida tog‘larimizdagi muzliklarimiz davomiy ravishda erib borayotganidan dalolatdir», - deb ta'kidlagan Abror G‘ofurov. 
Suv xo‘jaligi vazirligi mutasaddilarining ma'lumotiga ko‘ra, gidrometeorologik vaziyat tahlili va dastlabki baholash natijalari 2021 yilda Amudaryo va Sirdaryo havzalarining aksariyat daryolarida suv sarfi me'yorga nisbatan sezilarli kamayishini ko‘rsatmoqda.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling