III. PSIXODIAGNOSTIK TEKSHIRUVDA QO‟LLANADIGAN ASOSIY METODLAR
HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Reja:
1.Metod va metodika haqida tushuncha.
2.Standartlashtirilgan va ekspert (klinik) metodlarning asosiy farqlari.
3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari.
4. So‗rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‗rovnomalar turi .
Maqsad:
Talabalarda psixodiagnostik tekshiruvda qo‘llaniladigan asosiy metodlar haqida tushuncha hosil
qilish.
Vazifa:
1.Metod va metodika haqida tushuncha hosil qilish.
2.Standartlashtirilgan va ekspert (klinik) metodlarning asosiy farqlarini ochib berish.
3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlarini bayon etish.
4. So‗rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‗rovnomalar
turlarini
yoritish.
Tayanch tushunchalar:
1.
Eksperiment (tajriba) - ruhiy jarayonlarni o`rganish uchun zarur sharoitlarni ataylab
vujudga keltirib, o`rganishga yo`naltirilgan psixologik tadqiqot uslubi.
2.
Psixologik laboratoriya - inson ruhiy jarayonlarini o`rganish maqsadida jihozlangan
maxsus tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy muassasa.
3.
IntervYu (interview – suhbat) - bu ijtimoiy psixologiya metodi bo`lib, qo`yilgan
savollarga berilgan javob tariqasida axborotlarni to`plash usuli.
4.
Kontent - analiz (ing.contents mazmun, Yunon. Analysis bo`laklarga ajratish) – ma`lum
mazmunlarni ro`yxatga olish yo`li bilan matnlarning o`ziga xos xarakterli tomonlarini aniqlash.
5.
Korrelyatsion tahlil (lot, sorrelativus - o`zaro munosabat) - tekshirilayotgan hodisalar yoki
omillarning shakllari, belgilarining aloqadorlik darajasini (bir - biriga bog`liqligini) baholashning
statistik metodi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: