O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 149.59 Kb.
bet4/25
Sana26.10.2023
Hajmi149.59 Kb.
#1725068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi z

Ishning amaliy ahamiyati: to`plangan tajriba materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish va ijodiy yondashish asosida ta’lim sifatini oshirish yo‘llari aniqlandi. Tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi tadqiqot natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 6 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, jami 72 sahifani tashkil qiladi.

1BOB. TA’LIM TIZIMI VA UNING JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI
1.1. O‘zbekiston respublikasida ta’lim tizimi va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
  1. fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari;


  2. ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;


  3. har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;


  4. pedagogk faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi;


  5. ta’lim muassasasining haquqiy maqomi;


  6. ta’lim tizimi va turlari;


  7. ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;


  8. ta’lim tizimini boshqarish.


O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadi – jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.




Download 149.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling