O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


MAVZU: TIZIMLILIK TAMOYILI VA UNING TA’LIM SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI


Download 149.59 Kb.
bet2/25
Sana26.10.2023
Hajmi149.59 Kb.
#1725068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi z

MAVZU: TIZIMLILIK TAMOYILI VA UNING TA’LIM SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI
KIRISH
1BOB. TA’LIM TIZIMI VA UNING JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI
1.1. O‘zbekiston respublikasida ta’lim tizimi va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari
1.2. Ta’lim muassasalarini tizimli boshqarish masalalari
2 BOB. TA’LIM-TARBIYA JARAYONI SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA TAMOYILLARNING TUTGAN O‘RNI
2.1. Ta’lim tamoyillari haqida tushuncha va tizimlilik tamoyilining ustuvor jihatlari
2.2. Ta’lim va tarbiya tamoyillarining o‘zaro uyg‘unligi – barkamol shaxsni shakllantirishdagi muhim mezon sifatida
2.3. Pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar

UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Resvublikasi mustaqil davlat sifatida dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy hamda ta’lim sohasida keng ko`lamda hamkorliknn yulga qo`ygan. O`zining axborot almashinuvi va muloqot ko`lamini globallashtirib bormokda. Natijada tobora rivojlangan bozor iqtisodiyoti munosabatlari vujudga kelmokda. Bu esa o`z navbatida yuksak darajada ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy bilim, texnik va texnologik mahoratta ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalab yetishtirish zaruriyatini qo`ymokda. "O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatida ta’lim mazmunini muntazam yangilab borish, uning demokratik modelini vujudga keltirish muhim strategik masalalardan biri hisoblanadi. Axborot va texnologiyalar asri bo‘lgan XXI asrda esa bu muammo yanada ko`proqdolzarblik kasb etmoqda.
Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ta’lim samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlarining bajarilish sifatini ta’minlash, hozirda pedagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. YAngi o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta’lim standartlariga muvofiq holda ta’lim muassasalariga taqdim etildi. Ta’lim oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, ta’limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonining samaradorligini oshiradi. YOshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo‘naltiradi. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa - bunday davlat jahon taraqqiyoti yo‘lidan chetda qolib ketishi muqarrar. Buni chuqur anglab olgan davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar katoriga ko‘tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o‘sib kelayotgan farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bo‘lib hayotga kirib borishini o‘zi uchun eng ulug, kerak bo‘lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi” 1.
Pedagogika fani jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi tarqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. Ta’lim oluvchilar har bir mavzu bo‘yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi, axborot manbalaridan unumli foydalanishi, an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashi, internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishi va berilgan topshiriqlarning echimini belgilashi, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishlari zarur.
Davlat va jamiyat hayotini yangilash, rivojlantirish, uning ta’lim tizimini modernizatsiyalash, bu tizimni mazmun va tuzilish jihatdan yangilash orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, uning mazmunini takomillashtirish «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»da O`zbekiston Respublikasida davlat siyosati strategiyasi sifatida e’tirof etildi. Jamiyat a’zolarining jadal ko`payib boruvchi sarmoyasiga aylanadigan vositalardan biri yangi iqtisodiyotning tarakqiyotidir. Shuning uchun ta’lim mazmunini yangilashda mamlakat iqtisodiyoti ehtiyojlarini ham alohida hisobga olish kerak. Rivojlanayotgan jamiyat ehtiyojlari yangi sifatdagi, ijtimoiy munosabatlar va kadriyatlar talablariga mos keladigan ta’lim mazmunini tatbiq etishni taqozo qilmoqda.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda bitiruv malakaviy ishi mavzusini “Tizimlilik tamoyili va uning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli” deb nomladik.



Download 149.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling