XULOSA
ILOVA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXAT
KIRISH
“Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
“Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlandi.
Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Taʼlim turlari quyidagilardan iborat:
• maktabgacha taʼlim va tarbiya;
• umumiy oʼrta va oʼrta maxsus taʼlim;
• professional taʼlim;
• oliy taʼlim;
• oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
• maktabdan tashqari taʼlim Umumiy oʼrta taʼlim I–XI sinflarni oʼz ichiga oladi.
Oʼrta maxsus taʼlim akademik litseylarda 9 yillik tayanch oʼrta taʼlim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi
Professional taʼlim boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim darajalariga ajratiladi
Boshlangʼich professional taʼlim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi taʼlim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi
Oʼrta professional taʼlim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki toʼlov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha amalga oshiriladi.
Oʼrta maxsus professional taʼlim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki toʼlov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha amalga oshiriladi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʼrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |