O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter


Download 481.33 Kb.
bet8/14
Sana30.03.2023
Hajmi481.33 Kb.
#1309414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Санобарга

«.Kichik guruhlarda ishlash»
Ko‘pgina xollarda muammoni yechishda “Nima qilish kerak”ligini to‘g‘risida o‘ylanib qolmasligingiz kerak. Asosan muammo, uni yechishda “Buni qanday qilish kerak?”, “Qanday” asosiy savollar yuzaga kelishidan iborat bo‘ladi. “Qanday?” metodi- “qanday” savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi: muammoni yechish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo‘llarini ham tadqiq qilish, quyidan yuqori bosqichma-bosqich bo‘ysunadigan g‘oyalar tuzilmasini aniqlaydi. “Qanday?” metodi diagrammasi strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi. Muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning:

  1. Barcha g‘oyalarni o‘ylab o‘tirmasdan, baholanmasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozish kerak

  2. Diagramma hech qachon tugallangan bo‘lmaydi, unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin

  3. Agarda chizmada savol uning “Shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unga u bir necha bor qaytarilsa, unga u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni yechishning asosiysi bo‘lishi mumkin

  4. Yangi g‘oyalarni grafik ko’rinishda: daraxt yoki kaskad ko‘rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan o‘ngda qayd qilinishini o‘zingiz hal etasiz

  5. Agarda siz o‘zingizga to‘g‘ri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo‘nalishini namoyon bo‘lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi

Impuls - plakat metodi ta’rifi va tuzilmasi
-Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo'ladi.
-Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo'yilgan:
«Ushbu mavzuda meni hammasidan ko'proq qiziqtiradi», «Men shuni
aniqlashtirmoqchi edimki, », «Men orttirgan bilimlarimni .... qo'llayman»,
«Ushbu mavzuni o'rganish jarayonida men.... erishdim», «Men to'g'risida
ko'proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun murakkab bo'ldi», «Menga
yoqdi».
-Iloji bo'lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
-Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko'rib chiqib, boshlab qo'yilgan fikrlar ustida o'ylab ko'rish va shu plakatlarning o'zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
-Taxminan 15 daqiqadan so'ng plakatlar ilib ko'yiladi. Fikrlar eshittirib o'qiladi, kerak bo'lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o'z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo'lib qolishni o'zlari hal qiladilar.
Impuls - plakat metodi foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o'qitishda, o'quvchilarning bilimlari, qiziqishlarini tekshirish va aniqlash uchun.
Impuls - plakat metodi afzalliklari
Anonimlik o'quvchilar boshqa vaziyatda sukut saqlashni afzal ko'rib aytmagan fikrlarini bayon etishga yordam beradi. Bu mashqda bayon etilgan umidlar va istaklar o'qituvchiga kelgusida mashg'ulotlarni rejalashtirish va o'tkazish vaqtida o'z harakatlarini to'g'rilashga imkon beradi.
Impuls - plakat metodi foydalanish qiyinchiliklari
Agar o'quvchilardan ularning qiziqishlari va qiyinchiliklari to'g'risida so'rab, lekin kelgusida bu ma’lumotlarni e’tiborga olmasangiz, ular o'zlarini qandaydir so'roq qilingan, biroq jiddiy qabul qilinmagan odamlardek sezishlari mumkin.
3x4” texnologiyasi metodi- o’quvchilarni aniq bir muammoni yakka holda (yoki kichik jamoa bo’lib fikrlab hal etish,echimini topish, ko’p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni ummlashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo(yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek,fikrlarni ma’qullay olishga o’rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar bilan avval yakka holda,so’ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi.
3x4” texnologiyasi metodi maqsadi:talaba (yoki o’quvchi)larning erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga,jamoat bo’lib ishlashga,intilishga;fikrlashni jamlab,ularni nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga;qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olish o’rganish.
3x4” texnologiyasi metodi qo‘llanishi: seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o’tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini o’zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mo’ljallangan
Maqsad sari bir qadam metodi ta’rifi va tuzilmasi
Mashq qo'yilgan maqsadga erishish uchun amalga oshirish mumkin va lozim bo'lgan harakatlarni aniqlashtirishga qaratilgan. Ishtirokchilardan gorizontal chiziq
chizish va unda teng masofada 11ta nuqta qo'yish va ularni 0dan 10gacha bo'lgan raqamlar bilan belgilab chiqish iltimos qilinadi. Bu chiziq maqsadga erishish yo'lini ifodalaydi.CHap tomondagi nuqta (0) maqsadga umuman erishilmaganligini aks ettiradi, o'ng tomondagi chiziq esa (10) maqsadga butunlay va eng muvaffaqiyatli ravishda erishilganligi vaziyatidan darak beradi. Ishtirokchilardan ushbu har bir ikki nuqtaning oldida eng yomon va eng yaxshi vaziyatni ta’riflaydigan bir necha so'zlarni yozish iltimos qilinadi. SHundan so'ng ishtirokchilardan hosil bo'lgan shkala yordamida o'zlarining ishdagi ahvollarini - ular maqsadga qanchalik yaqinlashib qolganlarini baholash iltimos qilinadi. Ishtirokchilar tegishli raqamni belgilaydilar va uning yonida ishlarning joriy ahvolini ifodalaydigan bir necha so'zlarni yozadilar. Keyin esa ulardan ularning hozirgi vaziyatini aks ettiradigan nuqtadan navbatdagi nuqtagacha strelka chizish iltimos qilinadi. «Bu maqsadingizga erishish uchun eng qisqa yo'l. Hozircha bu maqsadga to'liq erishib bo'lmasa-da, biroq hech bo'lmasa bu qadamni amalga oshirish mumkin va kerak. Bu qadamni amalga oshirish uchun siz qanday aniq harakatlarni qilishingiz mumkin va aynan qachon siz buni bajarishingizni o'ylab ko'ring va yozib oling».
Maqsad sari bir qadam metodi foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o'qitishda, savollarni ma’lum o'quv mavzusi va turli yoshdagi o'quvchilar guruhiga moslashtirishda.
Maqsad sari bir qadam metodi afzalliklari
Ushbu mashq masalalarni aniqlashtirish qobiliyatini rivojlantirish va unga erishish yo'lidagi qadamlarni tushunishga hamda mulohazalar yuritishdan aniq harakatlarga o'tishga imkon beradi. Ko'pincha odam istayotgan maqsadiga kerakli xususiyatlar va sharoitlarga ega bo'lmaganligi uchun emas, balki maqsad uning uchun juda yrik bo'lib ko'ringanligi va odam unga erishish jarayonini hozirning o'zidayoq qilish mumkin va lozim bo'lgan aniq harakatlarga, bosqichlarga ajrata olmasligi uchun erisholmaydi. Mashq ushbu cheklovni hech bo'lmasa qisman bartaraf etishga imkon beradi. Maqsad sari bir qadam metodi qiyinchiliklari -mashqni bajarish uchun kerak bo'lgan vaqtni hisoblash chiqish.

Download 481.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling