O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi zahiriddin`muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti «Tasdiqlayman»
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodlari
- Dissertatsiya ishining farazi:Agar
Tadqiqot ishining ob‟ekti: to„liq yosh oilalarning vakillari bo„lmish 35
nafar ona va 35 nafar ota hamda ularning maktabgacha yoshli farzandlari xizmat qildi. Tadqiqotda jami 90nafar respondentlarishtirok etdilar. Tadqiqot ishining bazasi Andijon shaxar maya bag„cha MFY yashovchi oilalar. Tadqiqot ishining predmeti: maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining o„ziga xos ijtimoiy psixologik xususiyatlari va ularning rivojlanish darajasi, oiladagi munosabatlar xususiyatlarining o„zaro aloqasi hisoblanadi. Tadqiqot metodlari: 1. O„zini-o„zi va oila a‟zolarini baholash usuli sifatida Dembo-Rubinshteyn tomonidan taklif etilgan shkalali usul. 2. Maktabgacha yoshdagi bola o„zini-o„zi baholashining shakllanish xususiyatlarini o„rganishga yo„naltirilgan V.G.Shurning “Zinachalar” proektiv metodikasi. 3. Ye.I.Zaxarovaning “Ota-onalar munosabati” so„rovnomasi. 4. Ota-ona va bola munosabatlaridagi jinsiy identifikatsiyaning xususiyatini aniqlash uchun G.Filippovaning “Men va mening bolam” proektiv metodikasi. 5. R.F.Belyauskaytening “Oilaning kinetik rasmi” (OKR) metodikasi. 10 6. Bolaning o„zi to„g„risidagi tasavvurlarini aniqlashga mo„ljallangan “Kel, tanishamiz!” va “Sen kimsan?” so„rovnomasining muallif tomonidan ishlab chiqilgan varianti. Dissertatsiya ishining farazi:Agar 1.Maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining asosiy kognitiv mazmunida bilish faolligi negizida uning muhim tarkibiy qismi bo„lgan ijtimoiy psixologik yondashuv va akliy komponentlarning bola hohish istak va mayillarining o„zlikni anglash bilan belgilanadigan komponenti yetakchi rol o„ynaydiki, bu jihat oiladagi ota-ona va farzandlar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarning xarakteridan kelib chiqishi ehtimol. 2. Bola psixik taraqqiyotining keyingi bosqichlarida “Men” konsepsiyasi rivojlanishining asosiy omili sifatida ota-ona va bola o„rtasidagi munosabatlar bilan birga er va xotin o„rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari hamda er- xotinlik munosabatlarining bola tomonidan idrok etilishi darajasiga bog„liq bo„lishi mumkin. Ushbu asosiy taxminlarimizning mazmuni quyidagi ishchi taxminlar asosida o„z isbotini topadi: a) o„zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan ham baholanishi yuqori bo„lgan bolalar o„z ota-onasining har qanday bahosini, hatto tanqidiy bahosini ham qabul qiladi, ularning fikriga qo„shiladi, bunday bolalarda o„ziga nisbatan ishonch hissi mavjud bo„lib, bu ularning o„z ota-onalari bilan yaqin bo„lishini ta‟minlashi mumkin; b) o„zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan baholanishi o„rtacha bo„lgan bolalar – o„zini baholashda ota-onasining o„zi haqida fikri baland emasligini ifodalash orqali o„zi to„g„risida shakllanayotgan obrazni aniq tasavvur qilishi qiyin, shu sabab istiqbolda uning o„ziga munosabati salbiy bo„lishi ehtimol; v) o„zini baholashi o„rtacha va ota-onalar tomonidan ham baholanishi o„rtacha bo„lgan bolalarda ko„proq o„zaro noadekvat munosabatlar shakllanadi, chunki bu toifa bolalar o„z hissiyotlarini aniq namoyon qila olmaydilar; g) o„zi tomonidan baholashi o„rtacha bo„lgan, lekin ota-onalar tomonidan 11 baholanishi yuqori bo„lgan bolalardagi “Men” obrazi ijobiy bo„lib, ularning o„zi to„g„risidagi tasavvurlari ko„proq xolis hamda to„g„ri bo„lishi mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling