O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlilgi z. M. Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti “Tabiiy fanlar” fakulteti
Muammoning o'rganilganlik darajasi
Download 1.04 Mb.
|
O‘zbekiston florasida jiyda turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Kurs ishi obekti
- I BOB. JIYDA O’SIMLIGIGA UMUMIY TAVSIFI VA BIOMORFOLOGIYASI
Muammoning o'rganilganlik darajasi: Hozirgi vaqtda O’zbekistonda 1 660 ming ga yaqin to’qayzorlar bo’lib, bularning ichida jiyda yog’ochligini xisobga olingan xolatda 90 ming m3 tashkil etadi [24]. Ana shunday jiydazorlar Zarafshon soxillarida ham tarqalgan. Bular to hozirgi vaqtgacha ilmiy jixatidan juda oz o’rganilgan. Ko’pchilik olimlar [12, 16, 41] tomonidan Zarafshon soxillarida uchraydigan jiydalarning morfologiyasini, sistematikasini, formasiyasini, assosiasiyasini o’rganishgan lekin madaniy xolatda o’sadigan jiyda formalarini juda kam o’rganishgan.
Ishning maqsadi Jiydadoshlar - Elaeagnaceae Juss. oilasini ilmiy adabiyotlar va shaxsiy kuzatishlar orqali boshqa xususiyatlarni ochish va ommaga taqdim qilish. Ishning vazifalari: - Jiydadoshlar - Elaeagnaceae Juss. oilasiga tavsif berish; - turkum vakillarining kelib chiqish o‘rganish; - bioekologik xususiyatlarini aniqlash; - turkum turlarining ahamiyatini ochib berish Kurs ishi obekti: Jiydadoshlar - Elaeagnaceae Juss. oilasi o‘simliklari Kurs ishi predmeti: sistematika, morfologiya, bioekologiya Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ma‘lumotlar ilmiy adabiyotlar asosida taxlillar qilinib, ular asosida to‘plangan ilmiy ma‘lumotlardan biologik maqsadlarda hamda o‘quv jarayonlarida va boshqa sohalarda hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin. I BOB. JIYDA O’SIMLIGIGA UMUMIY TAVSIFI VA BIOMORFOLOGIYASI Jiydani ta’riflab o’tirishga hojat yo’q. Nega deganda, jiydani kattayu kichik birdek sevib iste’mol qiladi biroq, uning shifobaxshlik xususiyatlarini har kim ham bilmasa kerak. Ma’lumki, jiyda daraxtining bo’yi 4 metrgacha boradi. Tanasi qizg’ish- kulrang, yosh novdalari hamda bargi kumush-oqrangda bo’lgani uchun u uzoqdan bo’lsa ham tez ko’zga tashlanadi. Mevasi sariq-qizil, cho’ziq-dumaloq va danakli bo’lib, kuzda pishadi. Qadimda ota-bobolarimiz jiydaning hosilini yig’ib, qish fasliga g’amlab qo’yishgan. Chunki, bumeva tarkibida oz miqdorda suv saqlangani uchun sarxil holatda uzoq saqlanadi. Jiyda mevasi tarkibida qand, oqsil, yog’, organik kislotalar, oshlovchiva bo’yovchi moddalar, kaliy tuzlari va fosfor mavjud. Shuningdek, B1, B2, PP, Е darmondorilari ham bor. Bargida esa C askorbin kislotasi mavjud. Jiyda yurtimizning barcha go’shasida joy tanlamay yaxshi o’sadi va hosilga kiradi. Sharq jiydasining ensiz bargli jiyda, kumushsimon jiyda, keng bargli jiyda, qizil jiyda, chilon jiyda turlari tarqalgan. Ushbu meva o’ziga xos shifobaxsh xususiyatga ega bo’lib, bu haqida tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino ham ko’p bora to’xtalib o’tgan va tibbiyotda keng foydalangan. Jumladan, ibn Sino jiyda borasida shunday degan: «...Har qanday oqayotgan narsani to’xtatadi. Kishining ichki a’zolariga quyilayotgan safroni yo’qotadi... Issiqdan bo’lgan yo’talga foydalidir. Qusishni to’xtatadi. Jiyda ko’p peshob chiqarishga qarshi foydalidir. » Bundan tashqari jiyda mevasi yoki uning damlamasi bolalarda uchraydigan ichketishiga qarshi davo hisoblangan. Shuningdek, uning damlama nafas yo’llari shamollaganda ham tavsiya qilingan. Qaynatmasi me’da-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatsa, qizitilib tuyilgan jiyda bargi hamda zig’ir yog’i aralashmasidan tayyorlangan malham bilan yaralar davolangan. Ushbu mevaning gulidan olingan efir moyi ham shifobaxsh bo’lib, yurak faoliyatini yaxshilash uchun bemorlarga hidlatilganda ijobiy ta’sirqilgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling