O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti matematika fakul’teti
Download 111.27 Kb.
|
Matematik modellashtirish kurs ishi[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA FAKUL’TETI Amaliy matematika va informatika yo’nalishi 4-KURS ATI-AU-20 GURUH talabasi Tojinazarov Fatxullaning “Matematik modellashtirish” fanidan bajargan MAVZU: Bir o‘lchovli vaziyatda diffuziya jarayonini modellashtirish. Bajardi: Fatxulla Tojinazarov Qabul qildi, ilmiy raxbar: Nargiza ZokirovaNamangan-2023 yil Kirish Nima sababdan bu kurs ishini o'rganish kerak? Agar biz mulohaza qilib qaraydigan bo’lsak, talabaning o’quv jarayonida bu kurs ishining ahamiyati katta. Buning sababi shundan iboratki, talaba fanni o’zlashtirishi uchun ma’ruza va amaliy darslarning o’zi yetarli bo’lmaydi. Negaki u fanni to’liq o’rganib, shu fanga doir masalalarni mustaqil ishlay olishi uchun bu fanga doir bilimlarni ma’ruza o’qituvchidan o’rganishi, shu fanga doir o’qituvchi bergan kitoblarni o’qib o’rganishi, o’zi mustaqil ravishda fanga oid kitoblar, maqolalar, elektron fayllarni va hokazolarni izlab topib, ularni chuqur o’rganib olishi talab etiladi. Amaliy darslarda shu fan bo’yicha masalalarni fan o’qituvchisi yordamida ishlashi, o’zlashtirishi kerak. Fan bo’yicha berilgan kurs ishida esa bu fanga oid ma’lumotlar to’plab ularni tahlil qilishi, shu fanga oid masalalarni yechilishlari bilan bayon etishi va shular asosida kurs ishi hujjatini tayyorlashi kerak. Talaba kurs ishi topshirig’ini bajarish bilan fan bo’yicha mustaqil fikrlay boshlaydi, oldidagi to’siqlarni yengib o’ta oladi, masalalarni yecha oladi va kelajakda ilmiy ish qilishga foyda bo’ladi. Diffuziya jarayonini modellashtirish nega kerak? Kundalik hayotimizda diffuziya jarayonini ko’p kuzatganmiz. Masalan, choyga shakar aralashtirish, suv bilan tuproqning aralashishi, ikki xil rangli plastilinni bir-biri bilan yopishishi va hokazo. Odamlar eng qadimgi davrdan boshlab atrofida mavjud bo‘lgan narsalar – daraxt, tosh, tuproq, suvdan va h.k. lardan foydalanganlar. Keyinchalik foydali qazilmalardan temir, mis, kumush, oltin kabi metallarni ajratib olishni o‘rganganlar. Ularni qo‘shib eritib bronza, jez kabi qotishmalarni hosil qila boshlaganlar. Ba’zi hollarda qilich, qalqon kabi urush qurollari uchun qattiq material kerak bo‘lsa, ba’zan bezak sifatida ishlatishga (toj, uzuk va h.k.) boshqa xossalarga ega bo‘lgan materiallar zarur bo‘lgan. Ularni hosil qilish uchun modda tuzilishini o‘rgana borish jarayonida tabiatda mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘proq ishlata borganlar. Shu bilan birga inson o‘zining to‘plagan bilimlaridan foydalanib, yangi xossaga ega bo‘lgan sun’iy moddalarni yaratgan (plastmassalar, polimerlar va h.k.). Bunday bilim va tajribaga ega bo‘lish uchun insoniyatning buyuk daholari minglab yillar davomida zahmat chekib, ilmiy izlanishlar olib borganlar. Download 111.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling