Kurs ishining dolzarbligi: bugungi kunda, nafaqat bugungi kunda balki ko’p yillar davomida atom yadrosining tuzilishi haqida maʼlumotlar qiziqish bilan oʻrganib kelinmoqda. Atom yadrosining tuzilishi haqida maʼlumotlar aniqroq boʻlgandan keyin yadroning massasi haqida maʼlumotlarga qiziqish uygʻondi. Atom yadrosining massasini oʻlchash va uning aniq qiymatini bilish bizga koʻplab tajriba va holatlarni aniq va ravshan tushunishga imkon beradi. Yadro fizikasining har bir sohasi atom yadrosining massasiga va uning qiymatiga o'zaro bog'liqdir. Masalan bogʻlanish energiyasini hisoblash uchun ham yadroning aniq massasini bilishimiz kerak va bu bizga energiya haqida yaʼni yadrodagi energiyalar haqida aniq maʼlumot olishga imkon beradi.
Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi shundan iboratki yadroning tuzilishi va yadroning massasini aniqlashning usullarini oʻrganishdan iborat.Yana shuni taʼkidlash lozimki ushbu kurs ishini maqsadi oliy taʼlim bakalavriyat bosqichida fizika kursining atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi yadro massasi va uning oʻlchashning turli usullarini talabalar uchun sodda usulda tushuntirishning strukturasi va mazmunini takomillashtirish, elementar zarralardagi saqlanish qonunlarini oʻrganishdan iborat. Yana ushbu kurs ishidan maqsad shuki yadro massasini oʻlchashning turli usullarini ozaro taqqoslashdan iborat. Mas-Spektormetir qurilmasining ishlash usuli va uning tuzilishi, undan olingan natijalarning ko'rinishi haqida yanada toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlamiz.
Kurs ishi vazifalari.
-kurs ishini vazifasi o’quvchilarni atom tuzilishi haqida olgan malumotlarini yanada mustahkamlash
-Atom yadrosi tuzilmalari va hususiyatlarini o’rganish
-O’quvchi yoshlarnib yadroning massasini hisoblash usullari bilan yaqindan taanishtirish
-Talabalarning yadro massasini mas spektrometr qurulmasi yordamida o’lchash usulini o’rgatish va bu qurulmani tuzulishi sxemasini qanday ekanligi haqida aniq malumotlar olishi.
Asosiy qisim
Do'stlaringiz bilan baham: |