O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’limi vazirligi
Download 51.94 Kb.
|
Курс ишини намунаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
O`zbekiston Respublikasi OLIY VA O`RTA MAXSUS ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi kafedrasi Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta’lim yo`nalishi Maxsus sirtqi 3-kurs talabasi Amonova Nigora Ochilovnaning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o`qitish metodikasi fanidan “DARS KONSPEKTINI VA MASHG'ULOT ISHLANMASINI TUZISH.” mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: ___________ S.A.Shovdirov Navoiy -2019-20 MUNDARIJA
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi Respublikamizda joriy qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda ta’lim mamlakatimiz ijtimoiy hayotining ustuvor yo‘nalishi ekanligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonun, shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan o‘quv predmetlari qatori «Tasviriy san’at» ta’limining mazmuni ham jamiyatning ijtimoiy zarurati, talabi asosida qayta ishlab chiqildi. Unda miniatyura (6-sinf) bo‘yicha o‘quv materiallari ham o‘z aksini topgan. Biroq tasviriy san’at ta’limi 7-sinfda yakunlanishi, maktabdan tashqari ta’lim mazmuni va metodikasini bugungi kundagi ta’lim sohasidagi islohotlariga muvofiq qayta ishlab chiqish kunning dolzarb muammosi, ijtimoiy zaruratidir. Zero, umumiy o‘rta ta’lim tizimi o‘quvchilarning tabiiy moyilliklari, iqtidorlari, kasbiy xohish-istaklariga muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha ehtiyojlarini to‘laqonli qondira olmaydi. Shuning uchun ham maktabdan tashqari ta’limning, shuningdek, uning miniatyura san’ati mazmunini takomillashtirish muhim ahamiyatga molik. Miniatyura san’ati nafaqat O‘zbekiston san’ati tarixida, balki jahon madaniyati tarixida inson aql-zakovati, badiiy salohiyatining timsoli sifatida o‘z o‘rniga ega. Sharq miniatyura san’ati asarlari yosh avlodda vatanparvarlik, axloqiy poklik, mehnatsevarlik, badiiy-estetik madaniyat xislatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘zida mazkur xislatlarni tarkib toptirgan ma’naviy barkamol shaxs esa jamiyat taraqqiyotining poydevoridir. Shuning uchun ham miniatyura san’ati milliy va umumbashariy badiiy-madaniy qadriyat-sifatada yangicha mazmun va mohiyat kasb etmog‘i lozim. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir»1 degan so‘zlari bilan ma’naviyat cho‘qqisiga intilishga chorlamoqda. Buning uchun ta’lim olayotgan har bir talabani san’atga moyilligini, mavjud iqtidorlik va ijodiy qobiliyatini boyitib uni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan shakllantirish maqsad qilingan. Ta’limning samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berishi bilan belgilanadi. O‘rta umumta’lim va oliy maktablarida o‘quvchi yoshlarning badiiy ta’limi va estetik tarbiyasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Estitek sikldagi predmet o‘qituvchilarining, shu bilan bir qatorda tasviriy sa’nat o‘qituvchilarini ham yuqori saviyada tayyorlash zaruriyati hozirgi vaqtda eng dolzarb muammo hisoblanadi. Bu muammo o‘z navbatida tasviriy sa’nat predmetining boshlang‘ichdan tortib to oliy badiiy-pedegogik ta’lim va tarbiyaning ilmiy metodik asoslarini ishlanganligi darajasi bilan bog‘liqdir. Biroq, bu qiyin va ko‘p qirrali muammolarning ayrim tamonlari oliy-pedagog E.B.Shoroxov ta’kidlashicha «…hali ham ilmiy-nazariy asoslanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari ochilishi, shu bilan bir qatorda, o‘qitish metodikasi ishlab chiqilishiga muhtoj». Bu birinchi navbatda bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari tayyorlashda xalq ijodiyotining tasviriy va dekorativ amaliy san’atini o‘ziga mujassamlashtirgan boy an’analaridan foydalanishni, taniqli olim B.S.Kuzin ifodalashicha «... estetik tarbiyaning asosiy faktorlaridan biri sifatida maydonga chiqadi». Bu borada o‘sib kelayotgan yosh avlodni estetik tarbiyasi va badiiy ta’limida jahon madaniyati tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan nodir miniatyura san’atining imkoniyatlari beqiyos kattadir. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning «… biz o‘z tariximizni xolisona va haqqoniy baholab, ma’naviy merosimizni boyitish va rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz, shu asosda bugungi jahon ilm-u fani va ma’daniyatining yuksak cho‘qqilarini egallashdek buyuk vazifaga har tomonlama munosib va qodir bo‘lishimiz darkor»2 – deb aytgan fikrlari o‘rinli. Yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda tasviriy san’at, xususan, qalamtasvir fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqozo etadi, pedagog, olim va rassomlar zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Shuni takidlash lozimki, o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega bo‘lgan sharq rangtasvirinining o‘ziga xos janri oliy-metodistlarning etiboridan chetga qolib kelgan. Shu sababli taniqli olim-pedagog, oliy va o‘rta badiiy pedagogik ta’limning tashkilotlaridan biri H.H.Rastovsev O‘zining «Maktabda tasviriy san’atni o‘qitish medotikasi» kitobida tadqiqotchilar oldiga bevosita vazifa qilib yozadiki» Qadimgi Xitoy, Hindiston va boshqa qadimgi sharq madaniyati masalalarini ko‘rib o‘tmaymiz, chunki ularning spesifek va o‘ziga xos san’atlarini o‘rganish talab etiladi. « Haqiqatdan ham sharq miniatyurasining o‘ziga xos badiiy-obrazli til tasviriy san’atning bu turini o‘rganishga oddiy bo‘lmagan yondashishni o‘quvchi yoshlarni badiiy ta’limi va estetik tarbiyasida sharq miniatyurasidan foydalanishda o‘qitish metodikasini tashkil etish masalalariga alohida yondashishni talab qiladi. Shu sababli H.H.Rostovsev tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot vazifalari haqidagi so‘zida yozadiki, qayerdaki, «nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashtirilsa. Hozirgi va oldingi vaqtlardagi yuksak nozik didli maktablarning ilg‘or tajribalari o‘rganilsa. Xususan samarali bo‘ladi». Bu hozirgi zamon talablariga ham muvofiqdir. Talabalarga O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarining tasviriy san’atni o‘qitish tarixi va nazariyalari haqidagi bilimlarni bermay turib, bo‘lajak rassom-pedagoglarda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi bo‘yicha chuqur va mustahkam bilimlarni, shakllantirish mumkin emas. Bu borada N. N. Rostovsevning qadimgi Yegipet, Gresiya, Rim, O‘rta asrlar, G‘arbiy Yevropa va Rossiyada tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi tarixi va nazariyasini tarixiy va sotsiologik planda ochib bergan chuqur tadqiqotlari misol bo‘la oladi. Yosh avlodni estetik tarbiyasida sharq san’atining ahamiyatini chuqur tushungan A.D.Alyoxin o‘zining «Tasviriy sanat, Rassom, Maktab» kitobida, Toj Mahal ansambilining yaratilishi tarixini 5-7 sinflarda san’at haqida suhbat darslarida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Mustaqil Hamdo‘stlik mamlakatlari maktablarida badiiy ta’limni tubdan yaxshilash masalasi birinchi o‘rinda chiqadi. Buning shartlaridan biri bo‘lib». Oldingi davrlarda badiiy maktablarning rasmni o‘qitish jarayonidagi yutuqlarini tanqidiy o‘zlashtirish va barcha yaxshi tomonlarini hayotga tadbiq etish» dir. N. N. Rostovsevning bu so‘ziga XV -XVI asrlardagi Hirot, Tabriz, XV-XVIII asrdagi Buxoro va Samarqanddagi ajoyib rangtasvir maktablari. Mo‘g‘ul rangrasvirining eng yaxshi yutuqlari, XVI -XVII asr Dehli va Agra rangtasvir va bir qator boshqa maktablarning ajoyib an’analaridan foydalanish vazifalari butunlay va to‘liq mos keladi. Bularning hammasi sharq miniatyurasini sistemalashtirish va Shu asosda tarixiy obraz berilishiga olib keldi. XIV-XIX asrlarda o‘qitish va tarbiyalash metodlari haqidagi ma’lumotlar yetarli darajada tarqoq va amaliy tadqiqotlar bizda va chet ellarda butunlay ishlab chiqilmagan. Bizning mustaqillik madaniyatimizning o‘zining rivojlanish, yuksalish, tobora takomillashish jarayonida o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan va bizga hadya etgan ulkan buyuk xazina-bebaho madaniy merosning barcha ilg‘or progressiv tomonlarini qonuniy ravishda qabul qilib oldi va ulardan yangi sharoit, davr talabi, taraqqiyot taqozosiga ko‘ra ijodiy foydalanaveradi. Download 51.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling