O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
F.Muqimova Barchin
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAKUNIY NAZORAT ISHI
- Topshirdi : B.Xolboyeva Qabul qildi: F.Muqimova
- 23-variant
- Murakkab uslubdagi ayollar kuylagini eskizini chizish va modellashtirish
- Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi
- Fartuk 1
- 1.Ro’molni tayyorlash texnologiyasi
- Bichishga qo’yiladigan talablar
- Tikilayotgan kiyim qismlarining sifatiga qo’yiladigan talablar
- Tayyor kiyimning sifatiga qo’yiladigan talablar
- Fartuk va ro’molni bichish Asbob va moslamalar
- 3.Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi modulining maqsadi va vazifasi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 321- GURUH MEHNAT TA’LIM YO'NALISHI 3-KURS TALABASI Servis xizmati fanidan
XOLBOYEVA BARCHINNING 23-VARIANT
Topshirdi : B.Xolboyeva Qabul qildi: F.Muqimova 23-variant 1. Ayollar ko’ylagining eskizini chizish. 2. Qiz bolalar fartugi va qalpoqchasining andozasini gazlamaga joylashtirish va
bichish 2. Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi modulining maqsadi va vazifasi
1. Ayollar ko’ylagining eskizini chizish Yelka qismi va yeng o`mizini modellash (kengaytirish, turli shakldagi yeng o`mizlarini o`zgartirish). 1-rasm. Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi 1-eng o’miziga burma uchun bahyaqator yuritish va yeng qirqimlariga ishlov berish; 2-qaytarma manjetni o’ngini ag’darish va dazmollash; 3-manjetni chok haqini yeng tomonga bostirib tikish; 4-elka va yon qirqimlariga ishlov berish.
1 2 3 4
Ko’ylaklar bichimi yeng konstruksiyasi tuzilishiga va yeng o’mizining o’yilishiga qarab o’tqazma yengli, reglan yengli, ort va old bo’laklari bilan yaxlit bichilgan yengli bo’lishi mumkin. Yenglar tor, keng, yeng uchi ulanma, qaytarma manjetli, manjetsiz, terib burma hosil qilingan, taqilmali, uzun, kalta bo’lishi mumkin. Ular bir, ikki va uch chokli bo’ladi. Bir choklining choki ostki tomonda, ikki choklining yeng oldi va tirsak chokli yoki ustki o’rta chok va ostki chokli bo’ladi. Bukib tikiladigan yeng uchlari andaza yordamida bo’rlanadi. Yeng uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm buqilib va bukish chizigi bo’ylab yana bukib 0,1-0,2 sm kenglikda bostirib tikiladi Ipak va jun gazlamadan tikilgan bo’lsa yopiq qirqimli qilib yashirin baxyali mashinada bukib tikiladi Yeng uchi qaytarmali bo’lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko’klanadi, yoki ko’klan-may maxsus igna bilan qadab qo’yiladi. Bukish haqi 0,5-0,7 sm. kenglikda teskariga bukiladi va ziyidan 0,1- 0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi. Eng uchida bukish haqi oldirmay bichiladigan yenglarning uchiga magiz qo’yib tikiladi. Magiz agdarma chok bilan yeng uchiga tikiladi, chok haqi magiz tomonga qaytarilib, agdarma chokdan 0,1-0,2 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo’lsa ochiq qirqimi yo’rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashinada tikiladi. Yeng uchini magiz chok bilan tikishda, magiz buklagich yordamida buqilib, 1 ta baxyaqator bilan tikiladi. Yeng uchiga elastik tasma qo’yilsa, yeng uchi yopiq qirqimli qilib buqilib, bir yo’la ichiga elastik tasma qo’yib tikiladi . Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. buqilib, bostirib tikiladi. Englar taqilmalarini tikish manjetli yenglarning taqilmalari tirsak chokining davomida yoki yaxlit detalning kesimida tiqilishi mumkin. Yaxlit detalning kesimi bitta magiz qo’yib tikila o’ng tomonga bukiladi. So’ngra ular ustma-ust qo’yilib, taxlama hosil qilinadi va to’g’ri qismi to’g’ri burchak shaklida baxyaqator yuritib puxtalanadi). Engning tirsak choki davomida taqilmani tikish uchun taqilma joyida ishlov haqi tashlab bichiladi. Ostki tomon qirqim shakliga bichilgan magiz bilan agdarma chok solib tikiladi, ichki qirqimi esa ochiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi. Magizga chok solib puxtalanadi Tirsak choki davomida (yoki kiritma chokida) planka qo’yib yo’rmalab tikish mumkin. Bunda magiz detalga o’ngini pastga qaratib maxsus moslama yordamida ulanadi. Magizning taqilma yuqori tomonini hosil qiladigan qismini teskari tomonga bukib, butun eni bo’ylab taqilma ziyiga burchak ostida 2 ta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Kesimdagi taqilmani magizsiz xam tikish mumkin. Bunda asosiy detal belgilangan chiziq bo’ylab tanda ipi yo’nalishida qirqiladi va oxirida tugri burchak ostida 0,5-0,7 sm. qirqma hosil qilinadi. So’ngra qirqimga parallel qalib 0,5-0,7 sm. naridan qirqmalar bukiladi. Taqilmaning ustki tomonini hosil qiladigan cheti teskari tomonga, ostki tomonini hosil qiladigan cheti esa manjet tikish va yengga ulash. Manjetlar qotirma bilan yoki qotirmasiz tikiladi. Ulanma manjet tikishda kotirma buklama chok bilan ulanadi. So’ngra yon tomonlari agdarma chok bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2 sm qoldirib ortikchasi qirqilib tashlanadi va manjet o’ngiga agdariladi. Manjetga 0,5 sm. kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi. Ulanma manjet choklash mashinasida yoki tikish-yurmash mashinasida yengga ulanadi. Manjetning ostki qismi yengga ulanib, chok manjet tomonga qaytarib qo’yiladi. Ustki manjet ulash baxyaqatorini yopadigan qilib 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi Tikish-yo’rmash mashinasida manjet yeng uchi bilan o’ngini ichkariga qilib mashinada yo’rmalanib ulanadi Qaytarma manjetli yengni tikishda bitta bo’lakdan iborat menjetning yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi. O’ngiga agdarilib ikki buklab dazmollanadi. Manjet yengning teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimi yo’rmalanadi. Chok haqi biriktirma chokdan 0,1- 0,2 sm. masofada yengga bostirib tikiladi. Yeng uchi dazmollanadi. Engni yeng o’miziga o’tkazish qo’yimlarini to’grilab agdarma chok bilan tikiladi. Chok haqini magiz tomonga bukib, agdarma chokdan 0,1 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Magiz detal teskarisiga o’tkaziladi va asosiy detaldan 0,1-0,2 sm. kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki tomonidagi qirqimi universal mashinada 0,1 sm kenglikda bukib tikiladi, yoki maxsus 51-A kl mashinasida yurmalanadi. Engni yeng o’mizi ichiga kiritib, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yeng tomondan maxsus 302 kl mashinasida ustki materialdan qiyalama qismida solqi hosil qilib, yeng o’miziga 1,2-1,5 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Hosil qilingan yeng solqilari dazmolda yoki pressda kirishtirib dazmollanadi (ip gazlamadan tikilgan bo’lsa kirishtirib dazmollanmaydi). Bir chokli yenglarni o’mizga o’tqazishda yeng choki yon chokiga to’gri keltirib o’tqaziladi, chok qirqimlari yurmalanadi.
Murakkab uslubdagi ayollar kuylagini eskizini chizish va modellashtirish Ko’ylakning ko’krak qismi va yubkasi alohida-alohida yoki yaxlit bichiladi. Ko’ylaklar etagi siluetiga qarab to’g’ri, toraytirilgan, past tomonga kengaytirilgan yoki bo’lak-bo’laklardan iborat bo’ladi. Ko’ylak yenglari uzun, kalta, sal uzaytirilgan yoki yengsiz bo’lib, ular asosiy bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yengli, reglan yengli, chala reglan yengli bo’lishi mumkin. Yeng uchlari manjetli, rezinkali va hokazo bo’ladi. Yoqalar qaytarma, shol yoqa, tik yoqa shaklida, old va orqa bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yoki turli xil bezakli bo’lishi mumkin. Yoqa o’mizi aylana, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak yoki turli shaklda bo’ladi. Ko’ylak cho’ntaklari ham turlicha bo’lib, qoplama, qirqma, biriktirma chokda joylashishi mumkin. Ko’chalik kiyim murakkabroq bo’lib, yeng yoqalari turli bo’laklar bilan bezatiladi. Tavsiya etilgan ko’ylakni tikishda oldin old bo’lak relef qirqimlarini biriktirib tikiladi, chok haqi bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Old bo’lak relef chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Modelga muvofiq old bo’lak o’ng tomonidan relef ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ko’ylak old bo’lagiga bezak uchun kiritilgan koketkani relef bo’laklari tikib tayyor qilingan old bo’lakka kertimlari asosida o’ngini-o’ngiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va biriktirib tikiladi. Choklar koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Koketka chok haqining qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Old bo’lak o’ngiga ag’darilib koketka ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ort o’rta bo’lak qirqimini shlitsa kertimigacha biriktirib tikiladi, choklar bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Shlitsa qismiga yelimli qotirma namlangan mato yordamida dazmollanib yopishtiriladi. Shlitsa qismi qirqimlari alohida-alohida maxsus mashinada yo’rmalanadi. Orqa bo’lak relef qirqimlari, koketkasi old bo’lak relef qirqimlari koketkasi kabi tikiladi. 1-rasm. Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi 1- Old va ort bo’lakka koketkani tikish; 2- Old va ort bo’lak koketka chok haqlarini yo’rmalash; 3- Old o’rta bo’lagini tikish; 4-Old va ort relef bo’laklarini tikish; 5-Ort o’rta bo’lagini tikish; 6-shlitsani o’ng tomondan puxtalash.
5 2 1 3 4 6 2. Qiz bolalar fartugi va qalpoqchasining andozasini gazlamaga joylashtirish va
bichish
Fartuk bir necha qismlardan,ya’ni ko’krak qismi, bog’ichi,belbog’I etagi vqa cho’ntagidan iborat bo’lib, bular alohida alohida tayo’rlanib, so’ngra o’zaro biriktiriladi. Kiyimlar qaysi vaqtda kiyilishiga qarab har hil gazlamalardan tikiladi.Umuman fartuk va ro’molni tikishda ochiq rangli sidirg’a yoki mayda gulli yoki paxta tolasidan to’qilgan gazlamalar tanlanadi.Bunday gazlamalarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lishidan tashqari, ular oson yuviladi, yaxshi dazmollanadi. Shuning uchun gazlamani tanlashda uning texnologik xususiyatlariga ham e’tibor berish kerak. To’qimachilik sanoatida eni har hil gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.Shuning uchun kiyimga ketadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni hisobga olinadi. Fason gazlamaga, uning bajaradigan ishiga, rangiga, fasliga, yoshga qarab tanlanadi. Fartuk va ro’molni tayyorlashda ularga turli usulda ishlov berish va tikish mumkin. Fartuk 1.Ko’krak qismli, jiyak bilan bezatilgan.Ko’krak qismiga cho’ntak va etak qismiga jiyak tikilgan. Fartuk 2.Ko’krak qismli,kashta bilan bezatilgan.Yon qismi, etyagi yopiq buklov chokida tikilib,ustidan bezak baxyaqatori berilgan. Fartuk 3.Kokrak qismsiz, katta cho’ntagi applikasiya bilan bezatilgan. Cho’ntak usti, etak qismi yopiq buklov baxyaqatorda tikiladi, ustidan bezak bazyaqator beriladi. 1.Ro’molni tayyorlash texnologiyasi -Bichish -Bichilgan buyumning qismlarini tikishga tayyorlash -Ro’molning chetlarini tikish -Ro’molga oxirgi ishlov berish va bezash
-Bichish -Bichilgan buyumning qismlarini tikishga tayyorlash -Fartukning qismlarini tikish -Fartukning qismlarini birlashtirish va bezash -Fartukka oxirgi ishlov berish
-Bichishdan oldin gazlamaga yaxshilab dazmollanadi va taxlab qo’yiladi -Gazlamaning bo’ylama ipini, gullarini, sirtidagi nuqsonlarni hisobga olib andaza qismlarini gazlamaga ketma-ket joylashtiriladi -Andaza qismlarining atrofini bo’r, sovun yoki oddiy qalam bilan chizib chiqiladi -Gazlamadagi qoldirilgan chok haqi andaza qismlarida qoldirilgan chok haqi bilan bir xil bo;lishi kerak -Andaza qismlarini aniq chizilgani bo’yicha qirqiladi -Bichish vaqtida andazani gazlamaga tejamkorlik bilan joylashtirish, mumkin qadar chiqindini kam chiqarish kerak
-Qo’l choklari bir xil uzunlikda tikiladi -Mashina choklari belgilangan joydan va chetidan bir xil masofada o’tishi, burchaklari tyokis chiqishi kerak -Salqi qaviqqator va to’g’nag’ich, ko’klangan qaviqqatordan keyin olib tashlanadi, bu ko’klash choki esa baxyaqatordan keyin olib tashlanadi -Hamma choklari va qismlari dazmollanadi Tayyor kiyimning sifatiga qo’yiladigan talablar: -Tayyor kiyimning tashqi ko’rinishi tanlangan moda bilan bir xil bo’lishi kerak -Kiyimning o’xshash qismlari o’zaro teng va simmetrik joylashgan bolishi shart -Tayyorlangan kiyim yaxshi dazmollanishi lozim.
lenta, dazmol, qaychi. Gazlamani bichishga tayyorlash: -Gazlamaning sifatini dog’lari, ipi uzilgan (yirtiq,teshik) joylari va boshqa kamchiliklari bor yo’qligini tekshirish -Gazlamaning enini va bo’yini o’lchash (andazani tejamkorlik bilan joylashtirish uchun)
-Gazlamaning guliga, bo’ylama ipininh yo;nalishiga qarab o’ngi va teskarisini aniqlash -Gazlamani dazmollash. Uzunligi bo’yicha milkiniu qirqib olib tashlash -Belbog’ining kengligini qo’yib (7 sm) bo’ylama ipi bo’yich va gazlamani o’ng tomonidan bo’r bilan chizib chiqish -Gazlamaning o’ngini o’ngiga qaratib, bo’r bilan chizilgan joyiga tushiriladi va to’g’nag’ich bilan qadab qo’yish -Gazlamaning ko’ndalang (en) tomonini tyokislab qirqish (chizg’ich yordamida bo’r bilan chizish va ortiqchasini qirqib tashlash) Bichish -Fartukning etak qismi andazasini gazlamaning buklangan joyiga ko’rsatilgan chok haqini hisobga olib joylashtirish.Andaza atrofini chizib chiqish. -Etak qismidan,yon choki va ishlov berish (tikish) uchun chok haqini qoldirib bo’r bilan chizib chiqish -Fartuk andazasining qolgan hamma
qismlarini gazlamaga ketma-ket joylashtiriladi,Ularning chetidan chiziladi va chok haqini qoldirib bo’r bilan chizib chiqish -Andaza qismlarining gazlamaga to’g’ri joylashtirilganini tekshirish: bo’ylama ipning yo’nalishi, gullari va andaza qismidagi chok haqini to’g’ri tushirish -Gazlamaning bir qavatini buklangan joyigacha qirqish va to’gi’irlab, ustiga ro’mol andazasini qo’yish (rasmda ko’rsatilgan) Chok haqlarini qoldirib andazaning atrofidan chizib chiqish -Qoldirilgan chok haqi bo’yich andazaning qismlarini qirqish,ya’ni bichish, Fartukning etagi, ko’krak qismi, cho’ntak, belbog’I ikki qavatli, bog’ichi bilan ro’mol esa bir qavatli -Andazani bichiq bilan birlashtirib turgan to’g’nag’ichlarni sug’urib andazani ajratib olish va to’g’nag’ichlarni bichiladigan ikki qavatli qismlarga qadab qo’yish Ishni bajarish tartibi 1.Hamma qismlarning o’rtasiga ko’klab, qaviqqator solish 2.Fartukning etak qismiga cho’ntak o’rnini belgilash uchun salqi qaviqqator solish 3.Salqi chokning o’rtasini qirqish-cho’ntak o’rnini belgilash 4.Belbog’ning o’rtasidan ikki tomonga nazorat chizig’i o’tkazish 5.Belgi va salqi choklarning to’g’riligini tekshirish 6.Nazorat chizig’ining aniqligini tekshirish
1.Tayyor cho’ntakni belgilangan joyiga qo’yib,to’g’nag’ich bilan qadab qo’yiladi 2.Cho’ntakni ko’klab chiqib, to’g’nag’ichni va salqi qaviqqatorni so’kib olinadi 3.Cho’ntakning chetidan 0,1-0,2 sm qoldirib mashinada baxyaqator bostirib tikiladi,yuqori burchagini uchburchak shaklida mustaxkamlab tikiladi 4.Cho’ntakning bstidan bostirib dazmollanadi 5.Fartukning etak qismini teskari tomoniga ko’krak qismining teskari tomonini, o’rtadagi qo’l choklarini bir-biriga tushirib, chetlarini tyokislab to’g’nag’ich qadaladi 6.Ko’krak qismining ustiga belbog’ni o’ng tomonining o’rtadagi qo’l choklarini bir- biriga tushirib, chetlarini to’g’rilab qo’yiladi.Etak qismining yon tomonini belbog’i belgilangan joyiga to’g’nag’ich bilan hamma qismlarini qo’shib qadab qo’yiladi 7.Etak qismini belgilangan joyiga hamma qismlarini qo’shib burmaga solingan chokni o’rtasidan ko’klab qaviqqator tikib chiqiladi va to’g’nag’ichlar olinadi 8.Ko’klash qaviqqatori ustidan fartukning etak tomoni chetidan 1 sm qoldirib, bostirma baxyaqator tikiladi 9.Ko’klash qaviqqatori so’kib tashlanadi. Belbog’ni aylantirib,o’ng tomondan choklari tyokislanadi 10.Belbog’ning ochiq tomoni chetidan 1sm ichiga buklanadi,to’g’nag’ich qadab chiqiladi. Buklangan joyining chetidan 0,1-0,2sm qoldirib, ko’klab chiqiladi va mashina baxyaqatorida bostirib tikiladi. Ko’klash qaviqqatori olib tashlanadi.
3.Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi modulining maqsadi va vazifasi Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab
etadi. Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan chuqur
bilimli ishchilar kerakligidan dalolat
beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda aniq
belgilangan. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan. Ko‘plab kasb-hunar kollejlarining tashkil topishi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi o‘quvchilarning mutaxassislik fanlarini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligidan dalolatdir. «Òikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan yozilgan ushbu o‘quv qo‘llanma kiyim haqida umumiy ma’lumotlar, tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bosqichlari, ya’ni tayyorlov-bichish jarayoni, tikuv buyum detallarini biriktirish usullari, ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari yoritilgan bo‘lib, bunda, ishlov berishning an’anaviy va takomillashtirilgan usullari berilgan Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi.
Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan chuqur
bilimli ishchilar kerakligidan dalolat
beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda aniq
belgilangan. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan. Ko‘plab kasb-hunar kollejlarining tashkil topishi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi o‘quvchilarning mutaxassislik fanlarini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligidan dalolatdir. «Òikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan yozilgan ushbu o‘quv qo‘llanma kiyim haqida umumiy ma’lumotlar, tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bosqichlari, ya’ni tayyorlov-bichish jarayoni, tikuv buyum detallarini biriktirish usullari, ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari yoritilgan bo‘lib, bunda, ishlov berishning an’anaviy va takomillashtirilgan usullari berilgan.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling