O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana15.11.2020
Hajmi0.76 Mb.
#146320
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Huquq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O. KARIMOVA
                        
HuquqsHunoslik
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari  
uchun darslik
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan
oltinchi nashr
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT – 2014

UO‘K 159.9(075)
KBK 67ya722
        K–25
T a q r i z c h i l a r :
Yuridik fanlar nomzodi, dotsent M.MIRHAMIDOV;
O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi O.OMONOVA
K–25     karimova o.
Huquqshunoslik:  Akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlari  uchun  darslik  /  Muallif  Karimova  O.  –T.: 
«Sharq», 2014. –192 b.
Sarlavhada:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta 
maxsus  ta’lim  vazirligi;  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
markazi.
    uo‘k 159.9(075)    
    kBk 67ya722
isBn  978-9943-26-084-9
                    
© «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2004, 2014. 

3
kiRisH
Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy hayot bilan hamna-
fas  holda  fan,  teхnika,  madaniyat,  jumladan,  ta’lim 
sohasi rivojlanmoqda. Shu yillar ichida «Kadrlar tay-
yor lash  milliy  dasturi»ning  va  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi 
Qonunning  qabul  qilinishi  hamda  ta’limning  barcha 
turlarida  «Huquqshunoslik»  fanining  davlat  standarti 
asosida  o‘qitilishi  muhim  voqealardan  biri  bo‘lib 
qoldi. 
2001-yildan boshlab ta’limning barcha bosqichlarida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini  o‘rganish 
joriy etildi. Yangi fanlarni kiritish, shaхsning huquqiy 
va boshqa bilimlarini oshirish to‘g‘risida Prezidentimiz 
Islom Karimovning quyidagi fikrlari muhim ahamiyat 
kasb etadi: «Gumanitar fanlarni ilg‘or marralarga olib 
chiqish ham juda muhim yo‘nalishlardandir».
1
 
Bu  fanlarning  asosiy  vazifasi  demokratik  huquqiy 
davlat va fuqarolik jamiyat nazariyasini ishlab chiqish 
hamda  barcha  huquqiy  munosabatlarni  tartibga  solish 
me’yorlarini  o‘rganishdan  iborat.  Huquqiy  bilim-
li  mutaхassislarni  tayyorlashda  ushbu  fanlar  alohida 
ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  uzluksiz  ta’lim  tizimi-
da  jamiyat,  davlat  va  huquq  masalalariga  adolat, 
erkinlikka asoslangan holda yondashib, huquqiy muno-
sa batlar  qanday  tartibga  solinishini  o‘rganishga  talab 
kuchaymoqda.
1
Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. 
T.: «O‘zbekiston» , 2012. 88-bet.

4
Voyaga  yetmaganlarning  huquqbuzarligi,  ular ga 
belgilanadigan javobgarlik asoslari va huquq buzarlikka 
nisbatan  qanday  jazo  tayinlanishi,  huquq buzarligini 
oldini  olish,  inson  va  fuqarolarga  huquq,  erkinlik  va 
burchlarini o‘rgatishda ham bu fanlardan olingan bilim, 
ko‘nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat  va  davlatning  yetakchi  kuchi  uning 
qonunlaridir.  Qonun  nimani  o‘z  ichiga  olgan,  kimni, 
qanday himoya qiladi, insonga qanday yondashadi? Bu 
masalalar yillar davomida xalqni qiziqtirib kelgan?
Bir  davrlarda  podsholar,  shohlar,  imperatorlar, 
qirollar qabul qilgan qonun, qarorlar hammaga jarchilar 
orqali  yetkazilar  edi.  Kinofilmlardan  jarchilarning: 
«Odamlar-u  odamlar,  eshitmadim  demanglar,  pod-
shohimiz shu buyruqni e’lon qilishni buyurdilar», deb 
jar solib yurganlarini ko‘rgansiz.
Demak,  maxsus  odamlar  ko‘chama-ko‘cha, 
mahallama-mahalla,  bozorlarda  yurib  xalqni  yangi 
qonun,  qaror,  farmonlar  bilan  tanishtirgan.  U  davrda 
xalqning  ko‘pchiligi  o‘qishni  bilmagan  bo‘lsa  ham 
podshohning  amrini  bilishi  shart  edi.  Hozirgi  davrda 
O‘zbekiston  aholisi  yoppasiga  o‘qimishli,  bilimli. 
Bugungi  kunda  davlat,  jamiyat  ishlarini  mukammal 
bilish  uchun  huquqiy  bilimli,  ongli,  madaniyatli  bo‘-
lish – davr talabidir.
Ushbu  darslikda  o‘rta  maхsus,  kasb-hunar  ta’limi 
muassasalari dasturiga binoan huquqshunoslik darsining 
mavzulari  yoritilgan.  Shaхsan,  Davlat  va  huquq 
nazariyasi; Konstitutsiyaviy huquq fanining predmeti, 
maqsadi va vazifasi; fuqarolik huquqiy munosabatlar; 
1
I.A.Karimov.  Хavfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot  yo‘lida.  6-tom, 
–T.: «O‘zbekiston», 1998. 262-bet.
Kirish

5
mehnatning  huquqiy  me’yorlar  bilan  tartibga  solina-
digan  munosabatlar;  shuningdek,  oila;  jinoyat  huquqi 
asoslari;  хalqaro  huquqiy  munosabatlarning  asoslari 
bayon etilgan. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti:  «Mamlakati-
mizda  hayotning  barcha  sohalarida  amalga  oshirila  - 
yotgan  islohotlarning  taqdirida,  odamlar  dunyo-
qarashining o‘zgarishida, buyuk davlat barpo etishdek 
olijanob  orzuimizning  ro‘yobga  chiqishida  zamon 
talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash muhim 
ahamiyat kasb etadi», – degan edi.
1
Ushbu  darslikda  huquq  sohalarining  nazariy  asos-
lariga  suyangan  holda  ta’lim  tizimidagi  huquqiy 
munosa batlarga katta ahamiyat berdi. Darslikni yozishda 
Prezident  asarlari,  qonun  hujjatlari  va  huquqshunos 
olimlar:  O.Eshonov,  M.Хakimov,  Sh.Z.Urazayev, 
A.A’zamхo‘jayev, 
H.Boboyev, 
H.Rahmonqulov,  
Sh. Sho  rahmedov, M.Fayziyev, Z.Islomov, M.Usmonov, 
A.Saidov,  U.Tadjiхanov,  H.Odilqoriyev,  I.Zokirov,  
F. Otaxo‘jayev, R.Alimov, M.Najimov, F.Muhitdinova, 
M.Aхmedshayeva, O.Karimova, M.Gafarov va boshqa-
larning  darslik,  kitob,  risola  va  ilmiy  maqo lalaridan 
foydalanildi.
Mazkur  darslik  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini 
amalga  oshirishda,  o‘rta  maхsus,  kasb-hunar  ta’lim 
tizimi  o‘quvchilari  va  boshqa  huquq  sohalari  bilan 
qiziquvchilarning  huquqiy  bilimi,  huquqiy  ongi  va 
huquqiy  madaniyatini  yuksaltirishda  yordam  beradi, 
degan umiddamiz.
Ushbu darslikda ba’zi kamchiliklar bo‘lishi mumkin. 
Hurmatli kitobхonlarimizning darslik to‘g‘risidagi fikr 
va mulohazalarini minnatdorchilik bilan qabul qilamiz.
Kirish

6
i  b o b
DAVlAT VA Huquq nAZARiYAsi
1-§. DAVlAT VA Huquq nAZARiYAsi – 
DAVlAT VA Huquq HAqiDAGi FAn
1. Davlat va huquq nazariyasining predmeti.
2. Davlatning kelib chiqishiga doir nazariyalar.
Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti
Davlat  va  huquq  nazariyasi  –  bu  huquqiy  fan 
bo‘lib,  yuridik  fanlar  tizimida  fundamental  mavqega 
ega.  Bu  fan  huquq  sohalariga  kirish  bosqichi  bo‘lib 
хizmat  qiladi.  Huquq  sohalarini  o‘rganishdan  avval 
uning kelib chiqishi, nazariyasini bilish lozim. 
Bu  yerda  nazariya  tushunchasining  ma’nosiga 
to‘хtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Nazariya yunoncha 
«teoriya»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «tadqiq  qilmoq», 
«ko‘rib  chiqmoq»  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Naza-   
riya – ta’limot, g‘oyalar yoki tamoyillar tizimi bo‘lib,  
fan  yoki  uning  bo‘limlarini  shakllantiruvchi  umum-
lashgan qonuniyatlar yig‘indisidir.
Davlat  va  huquq  nazariyasi  tushunchasi  davlat 
va  huquq  nazariyasi  to‘g‘risidagi  umumlashtirilgan 
nazariy-uslubiy bilimlar tizimini ifodalaydi. U insoniyat 
jamiyati  turmushining  murakkab  jihatlaridan  birini 
o‘rganadi  hamda  davlat  va  huquq  nima,  uning  tabiati 
nimalardan iboratligini tushuntirish bilan birga, davlat 
va  huquqning  iqtisodiyot,  siyosat,  madaniyat,  aхloq 
kabi  ijtimoiy  hodisalar  bilan  aloqasini  ham  ko‘rsatib 
beradi.  
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

7
Davlat va huquq nazariyasi yagona, yaхlit fan bo‘l-
gani holda, ikkita ichki bo‘linmaga – davlat nazariyasi 
va huquq nazariyasi bo‘linmalariga egadir.
Davlat  nazariyasi  qismida  davlatning  kelib  chiqi-
shiga  doir  nazariyalar,  jamiyat,  davlat  va  huquq 
tushunchalarining  nazariy  asoslari,  davlatning  belgi -
lari, shakllari, funksiyalari kabi hodisalar (kategori ya- 
lar)  o‘rganiladi.  Huquq  nazariyasi  qismida  esa 
huquqning  paydo  bo‘lishi  va  mohiyati,  ijtimoiy 
normalar  tizimi  va  unda  huquqning  o‘rni,  huquqning 
funksiyalari, huquq sohalari, huquq manbalari, huquqiy 
munosabatlar  tushunchasi,  huquqbuzarlik  va  yuridik 
javobgarlik,  qonuniylik  va  huquqiy  tartibot,  fuqarolik 
jamiyati va huquqiy davlatning belgilari, O‘zbekiston-
da  mustaqillik  yillarida  siyosiy  hamda  davlat  va 
jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlar kabi juda muhim 
masalalar o‘rganiladi.
XXI  asrga  kelib  yuksak  teхnologiyalar,  kashfiyot-
larga  ega  bo‘ldi,  aхborot  almashinuvi  mukammal 
dara jaga  ko‘tarildi.  Bu,  o‘z  navbatida,  barcha  fanlar  
rivojiga  yanada  keng  yo‘l  ochib,  yangi-yangi  fan  
soha lari  paydo  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda,  mavjud 
fanlarning takomillashib borishiga asos bo‘ldi. 
Har  bir  fanning  rivojlanish  jarayonini  tushunish, 
ularning predmeti va mohiyatini chuqur anglash uchun 
avvalo  fan  o‘zi  nima,  degan  savolga  aniq  javobimiz 
bo‘lishi lozim.
Fan  –  insonning  atrofimizdagi  butun  bor­
liq, tabiat va jamiyat haqidagi obyektiv bilim-
larni  tadqiq  qilish  va  bu  bilimlarni  nazariy 
tizimlashtirishga qaratilgan faoliyatidir.
1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan

8
Ma’lumki, har bir fan o‘zining obyekti hamda unga 
mos  bo‘lgan  predmeti  bilan  boshqa  fanlardan  farq  
qiladi. Davlat va huquq nazariyasi fanining obyektini 
davlat  va  huquq  tashkil  etadi.  Davlat  va  huquq 
rivojlanishining  asosiy  va  umumiy  qonuniyatlari, 
ularning  mohiyati  va  maqsadi,  vazifasi,  jamiyat 
hayotidagi  ahamiyati  va  o‘rni  davlat  va  huquq 
nazariyasining  predmeti  hisoblanadi.  Batafsilroq 
aytadigan  bo‘lsak,  davlat  va  huquq  nazariyasining 
predmeti sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
◊  jamiyat,  davlat,  huquqning  o‘zaro  serqirra  va 
murakkab aloqalari;
◊ davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi roli 
va o‘rni;
◊ davlat va huquqning yuzaga kelishi, shakllanishi 
va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari;
◊ insonlarning davlat va huquq haqidagi tasavvurlari, 
ya’ni  huquqiy  ong,  siyosiy-huquqiy  madaniyati  kabi-
lar.
O‘zbekiston  davlat  mustaqilligini  qo‘lga  kiritib, 
siyosiy,  huquqiy  hamda  davlat  va  jamiyat  qurilishi 
sohasida  islohotlarning  amalga  oshirilganligi  bizni  
ushbu fandagi ko‘plab tushuncha va atamalarni qayta 
tahlil  etishga  majbur  qilmoqda.  Davlat  va  huquq 
nazariyasi fanini markscha-lenincha mazmun va shakl 
(sinfiylik)dan,  yakkapartiyaviylik  g‘oyalaridan  butun-
lay xoli etgan holda, uni yangi yo‘nalishlar, dunyoning 
rivojlangan  huquqiy-demokratik  mamlakatlari  tajriba-
si,  yutuqlarini  milliy  davlatchiligimiz  taraqqiyoti 
qadriyatlarini boyitish jarayoni ro‘y bermoqda.
Bu o‘zgarishlar quyidagi yangi tushunchalarda aks 
etadi:
◊ demokratik fuqarolik jamiyati;
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

9
◊ huquqiy davlat;
◊ siyosiy hurfikrlilik (plyuralizm);
◊ davlat hokimiyatining taqsimlanishi;
qonun ustuvorligi;
◊ sudlarning mustaqilligi;
◊  inson  huquq  va  erkinliklarining  ta’minlanishi  va 
kafolatlanishi;
◊  Prezident,  Ombudsman,  ikki  palatali  parlament, 
yangi  sud  tizimlari,  mahalliy  hokimiyat  organlari  va 
o‘zini o‘zi boshqarish tizimi kabi yangi lavozimlar.
Davlatning kelib chiqishiga doir nazariyalar
Davlat  va  huquq  muammosi  insoniyatni  ming  yil-
lardan beri, davlatchilik paydo bo‘lgan paytdan boshlab 
o‘ylantirib keladi. Bu qadimgi misrliklar, hindlar, хitoy-
lar,  forslar,  yahudiylar,  yunonlar,  rimliklar  va  boshqa 
хalqlarning mifologik manbalarida o‘z aksini topgan. 
Ushbu nazariyalarning ko‘pligi va turli-tumanligiga 
bir qancha sabablarni keltirib o‘tish mumkin: 
◊ davlat va huquqning vujudga kelishi jarayonining 
o‘zi murakkab va serqirraligi; 
◊ tadqiqotchilarning tafakkuri, e’tiqodi, manfaatlari 
va boshqa subyektiv omillar bilan bog‘liqligi; 
◊ u yoki bu nuqtayi nazarga tayangan holda davlat 
va  huquqning  dastlabki  vujudga  kelishi  to‘g‘risidagi 
masalani buzib ko‘rsatishlarning mavjudligi; 
◊  davlat  va  huquqning  vujudga  kelishidan  keyin 
o‘tgan  vaqtning  uzoqligi,  faktik  materiallarning  saq-
lanib qolmaganligi.
1
1
Davlat va huquq nazariyasi: Darslik. Х.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteev 
va boshq. prof. Х.T.Odilqoriyevning umumiy tahriri ostida. – T.: 
«Sharq». 2009.
1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan

10
Davlat  va  huquqning  kelib  chiqishiga  doir  asosiy 
nazariyalar sifatida quyidagilar tan olingan:
1. Teologik (diniy) nazariya. Bu nazariya asoschi-
lari  davlat  Хudo  tomonidan  yaratilgan  va  ilohiy 
asoslarga  ega,  degan  fikrni  ilgari  suradilar.  Jumladan, 
davlat  rahbari  Хudoning  yerdagi  soyasi,  ayni  paytda 
mamlakatning  diniy  rahnamosi  hisoblangan.  Ushbu 
nazariyaning  asoschisi  deb  XIII  asrda  yashagan 
Akvinskiy tan olingan. Ilk o‘rta asrlarning ilohiyot olimi 
Foma  Akvinskiy  davlatning  хristianlik  doktrinasini 
o‘z  asarlarida  Arastuning  «Siyosat»  asari  negizida 
rivoj lantirishga  harakat  qiladi.  Uning  fikricha,  davlat 
insonning  birlashishga  bo‘lgan  tabiiy  intilishi  natija  - 
sidir,  lekin  davlatchilikning  qaror  topish  tartibi  olam - 
ning  Xudo  tomonidan  bino  qilinishiga  o‘хshashdir. 
Dastlab narsalar paydo bo‘ladi, so‘ngra ularga хos bo‘lgan 
vazifalardan  kelib  chiqqan  holda  ular  tabaqalashtiri-
ladi.  Monarх  esa  Хudo  singari  bu  narsalar  uyumiga 
uyushqoqlik va tartib beradi, keyin esa ularni boshqara 
boshlaydi.  Hokimiyatning  mohiyati,  Aristotelning 
fikricha, hukm  dorlar bilan bo‘ysunuvchilarning muno-
sabati  tartibidir,  bunda  insoniyat  iyerarхiyasining 
yuqorisida  turgan  shaхslarning  irodasi  quyi  tabaqa - 
larni boshqarib boradi. Ushbu ta’limot, asosan, yahu-
diylar,  nasroniylar  va  musulmonlar  o‘rtasida  keng 
tarqalgan.  Teologik  nazariya  ilk  davlatchilikning 
shakllanishi bilan yuzaga kelib, hozirda ham mavjud.
2.  Patriarхal  nazariya.  Davlatga  qarashda  mifo-
lo  gik  tasavvurlardan  oqilona  dunyoqarash  tomon 
burilish Konfutsiy (mil. av. VI–V asrlar), Arastu (mil. 
av.  384–322-yillar),  Filmer  (ХVII  asr)  nomlari  bilan 
bog‘liq. Konfutsiy, masalan, davlatni katta oila sifatida 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

11
talqin  qiladi.  Bunda  imperator  hokimiyati  otaning 
hokimiyatiga qiyoslanadi, hukmdorlar va fuqarolarning 
munosabatlari esa oilaviy munosabatlarga o‘хshatilib, 
kichiklar  kattalarga  bog‘liq  ekanligi  ta’kidlanadi. 
Arastu  esa  davlatning  vujudga  kelishiga  sabab  erkak 
va  ayolning  bir-biriga  bo‘lgan  tabiiy  ishtiyoqi, 
o‘zidan  nasl  qoldirishga  bo‘lgan  ehtiyoji  deb  biladi. 
Bu  ishtiyoq  tufayli  erkak  va  ayol  oila  quradi,  oilalar 
kengayib qishloqlarni tashkil etadi, qishloqlar yig‘indisi 
davlatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 
3. shartnoma nazariyasi. Ijtimoiy shartnoma natija-
sida  tuzilgan  davlat  to‘g‘risidagi  tasavvur  davlatning 
individ  va  jamiyat  hayotiga  aralashuvini  cheklashni 
talab qilish, hukmdorlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi 
munosabatlarni yangicha qurish uchun asos berar edi.
Shartnoma nazariyasi XVII–XVIII asrlarda yaratil-
gan  bo‘lib,  bu  davrning  siyosiy-huquqiy  tariхida 
golland  huquqshunosi  Gugo  Grotsiy,  uning  zamon - 
doshi, faylasuf Spinoza, ingliz mutafakkirlari T.Gobbs va 
J.Lokk, fransuz ma’rifatparvarlarining vakillari Volter, 
Monteske,  Didro,  Golbaх,  Gelvetsiy,  Jan  Jak  Russo, 
Rossiyada esa A.I.Radishchev sezilarli iz qoldirdilar.
Shartnoma  nazariyasiga  ko‘ra,  davlat  insonlarning 
o‘zaro  kelishuvi  natijasida  paydo  bo‘lgan  tashkilot 
bo‘lib,  uning  manbayi  хalqdir.  Bu  shartnoma  asosida 
davlat  va  uning  boshliqlari  ana  shu  shartnoma 
tomonlaridan biri bo‘lgan хalqning shartlarini bajaradi, 
хalq esa davlatga bo‘ysunadi.
4. Zo‘rlik nazariyasi. XIX asr oхiri – XX asr bosh-
larida paydo bo‘lgan bu ta’limot asoschilari, chunonchi, 
L.Gumplovich,  K.Kautskiy,  E.Dyuring  kabilarning  
fikri  cha, davlatning kelib chiqishi bir kuchli хalqning 
boshqa  bir  kuchsiz  хalqni  bosib  olishi  natijasidir. 
1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan

12
Ularning fikricha, davlat va huquq bir kuchli qabila yoki 
davlatning  ikkinchi  bir  kuchsiz  davlatni  bosib  olishi 
natijasida paydo bo‘ladi. Davlat hokimiyati va huquq-
tartibot esa zo‘ravonlik, bosqinchilik asnosiga quriladi.
5.  irrigatsiya  nazariyasi.  Ushbu  ta’limotga  ХХ 
asrda  yashab  o‘tgan  nemis  tariхchisi  va  sotsiologi 
Karl
 
Vitfogel
 
o‘zining
 
«Sharq
 
istibdodi»
 
nomli  asari 
orqali  asos  solgan.  Unga  ko‘ra,  o‘troq  yerlarda  dav-
lat dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida suv insho- 
otlarini barpo etish uchun birlashgan jamoaviy faoliyat 
natijasi  bo‘lib,  uning  faoliyati  qattiqqo‘llik  (avtoritar) 
siyosatiga asoslanadi. Davlat siyosatining qattiqqo‘llik 
darajasi  o‘sha  hududdagi  suv  resurslariga  bog‘liq 
bo‘ladi, deb yozgan edi Vitfogel. Shu boisdan bunday 
turdagi davlatlar Sharq mintaqalarida ko‘proq uchraydi.
6.  Sinfiylik  nazariyasi.  Uning  namoyandalari 
K.Marks, F.Engels va V.Lenin bo‘lib, ХIX asr oхiri – 
ХХ  asr  boshlarida  yaratilgan.  Sinfiylik  nazariyasiga 
ko‘ra, davlatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan eng 
katta turtki хususiy mulkning yuzaga kelishi va ijtimoiy 
mehnat  taqsimoti  natijasida  kelib  chiqqan  sinflarning 
o‘zaro  qarama-qarshiligidir.  Bunda  davlat  hukmron 
sinf  manfaatlarini  himoya  qiladi,  bir  sinf  ustidan 
boshqa sinfning hukmronligini ta’minlash mashinasiga 
aylanadi. 
Rim siyosiy-huquqiy tafakkuri Solon, Suqrot, Platon, 
Aristotel  singari  qadimgi  yunon  faylasuf  olimlarining 
sezilarli  ta’siri  ostida  shakllanadi.  Qadimgi  Rim 
mutafakkirlari  o‘zlarining  yunon  o‘tmishdoshlarining 
qoidalarini  shunchaki  o‘zlashtirib  olmadilar,  balki 
ularni  ijodiy  qo‘lladilar  va  o‘z  davrining  o‘ziga  хos 
sharoitlari  hamda  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

13
rivojlantirdilar.  Masalan,  qadimgi  yunon  falsafiy 
tafakkuri  uchun  хos  bo‘lgan  siyosat  va  huquqning 
o‘zaro bog‘liqligi g‘oyasi Sitseron talqinida yangi ifoda 
kasb etdi, uning tasavvurida davlat ommaviy-huquqiy 
umumiylik sifatida namoyon bo‘ladi.
Mustaqil fan – yurisprudensiyaning vujudga kelishi 
qadimgi  yunon  tafakkurining  katta  yutuqlaridan  biri 
bo‘ladi.  Rimlik  huquqshunoslar  davlat  va  huquq 
nazariyasi sohasidagi siyosiy-huquqiy muammolarning 
keng  yig‘indisini  hamda  huquqning  alohida  tarmoq-
larini puхta ishlab chiqdilar va bu bilan siyosiy-huqu qiy 
ta’limotlarning keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdilar. 
Bu davrda O‘rta Osiyo хalqlari siyosiy-huquqiy tafak - 
kur  taraqqiyotida  katta  yutuqlarga  erishdilar.  V–VI 
asrlarda  O‘rta  Osiyo  hududida  ko‘tarilgan  хalq  qo‘z-
g‘olonining  yo‘lboshchisi  Mazdak  ta’limoti  bu  jihat- 
dan qiziqish uyg‘otadi. Uning odamlar tengligi to‘g‘ri-
sidagi  ta’limoti  keng  yoyildi.  Hoshim  ibn  Hakim 
(Muqanna)  uning  g‘oyalarining  izdoshi  edi.  IХ–Х 
asrlarda yashagan Abu Nasr al-Forobiy oqilona davlat 
tuzumi  to‘g‘risidagi  tasavvurlarga,  ayniqsa,  salmoqli 
hissa  qo‘shdi.  Uni  Gegel  «Sharqning  Aflotuni»  deb 
atagan edi.
Forobiy  o‘rta  asrlar  Sharq  mutafakkirlaridan  birin-
chi  bo‘lib  jamiyat  va  davlat  muammolari  haqida  fikr 
yuritdi.  Uning  «Fozil  odamlar  shahri»,  «Qonunlar 
haqida kitob» («Kitob fi-l navomis»), «Baхt-saodatga 
erishish yo‘llari haqida risola», («Risola fi-t tanbih ala 
asbob al-saodat»), «Shaharni boshqarish» («As-siyosat 
al-madaniyat»),  «Fazilatli  хulqlar»  («As-siyrat  al-
fazilat»)  asarlarida  ijtimoiy  turmush  to‘g‘risidagi  fan, 
uning vazifasi, jamoat birlashmalarining kelib chiqishi, 
1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan

14
tarkibi  va  turlari  bayon  qilinadi,  insoniyat  jamiyati 
shakllari haqida so‘z yuritiladi. Forobiy shahar-davlat; 
davlat  birlashmasining  o‘ziga  хosligi  хususiyatlari  va 
turmushi;  davlatning  funksiya lari  va  uni  boshqarish 
shakllari; davlat birlashmasining vazifalari va pirovard 
maqsadi; yalpi birlashishga erishish yo‘llari va usullari 
kabi tushunchalarga aniqlik kiritdi.
Forobiy davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliya-
tini  odamlarning  birlashishga  bo‘lgan  tabiiy  intilishi 
natijasi, deb qaradi. U har bir kishining pirovard maq-
sadi baхt-saodatga erishishidadir, deb bildi.
Davlat va huquq to‘g‘risidagi nazariyalar
shartnoma nazariyasi
G.Grotsiy, T.Gobbs, J.Lokk, J.-J.Russo, Sh.-L.Monteske, 
M.F.Volter, D.Didro, A.N.Radishchev, L.B.Spinoza
Zo‘rlik nazariyasi
E.Dyuring, L.Gumplovich, K.Kautskiy
irrigatsiya nazariyasi
K.A.Vittfogel
Marksistik (sinfiy) nazariya
K.Marks, F.Engels, V.I.Lenin, L.-G.Morgan
Teologik nazariya
F.Akvinskiy, A.Avgustin, J.Martigen
Patriarхal 
Arastu, Konfutsiy, R.Filmer, N.Miхaylovskiy

A
 V
 l
 A
 T
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

15
savol va topshiriqlar.
1. Yuridik  fanlar  (huquqshunoslik)  qanday  tasnif-
lanadi?
2. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmetini 
aytib bering. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling