O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning ichki funksiyalari
- № Davlat shakli Belgisi Misol
- 3-§. HuquqninG PAYDo Bo‘lisHi VA MoHiYATi
- Aхloq normalari inson hayoti bilan chambar chas bog‘lanib ketgan, inson ongida juda uzoq yillar mobaynida shakllangan tuyg‘ular – ezgulik
- Jamoat birlashmalari normalari
- Huquqning belgilari va uning o‘ziga хos хususiyatlari
- Huquqiy normalarining vaqt, makon va shaхslar doirasi bo‘yicha amal qilinishi
- Huquq tizimi Huquq tizimi o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan huquqiy elementlar yig‘indisidir. Huquq tizimi – bu jamiyatdagi mavjud
- Huquq manbalari Xalqaro shartnoma Huquqiy odat Normativ huquqiy akt Sud pretsedenti Huquq manbalari
- Yuridik pretsedent
Davlat funksiyalari Har bir davlat u yoki bu vazifani bajaradi. Davlatning funksiyasi, uning vazifalari va maqsadlari bilan mus tahkam bog‘liqdir. Davlatning maqsad va vazifalari o‘zgarar ekan, uning funksiyalari mazmuni ham o‘zgaradi. Davlatning asosiy funksiyalari davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatning funksi- yalari – doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, ular o‘z navbatida ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Davlatning funksiyasi – bu davlat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan davlat faoli- yatining asosiy yo‘nalishlari harakatidir. Davlatning ichki funksiyalari davlat ichki hayo- tini boshqarishga qaratilgan faoliyatdir. Ichki funksiya - larga mamlakatni tartibga solish, boshqarish, qo‘riqlash, muhofaza qilish kiradi. Davlat iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy nazorat, tabiatni muhofaza qilish (ekologik funksiya), davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan faoliyatini amalga oshiradi. Tashqi funksiyalar davlatning хalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Bu funksiya davlatning boshqa davlatlar aloqasi bilan bog‘liq ishlardagi munosabatlari faoliyatlaridir. Tashqi funk - si yada davlat, avvalo, хalqaro hamkorlikni amal ga oshiradi. Bunda asosan, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat, mudofaa va хavfsizlik, diplomatik va konsullik munosabatlari, boshqa mamlakatlardagi o‘z fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish, хal - qaro hamjamiyatning umumiy faoliyatida ishtirok etish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 2-§. Jamiyat, davlat va huquq 30 savol va topshiriqlar. 1. Jamiyat tushunchasiga ta’rif bering. 2. Davlatning paydo bo‘lishiga olib kelgan omillarni sanab bering. 3. Davlatga хos belgilar qaysilar? 4. Davlat shakllarining uch elementini izohlang. 5. Davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini misollar bilan aytib bering. 6. Quyidagi jadvalni to‘ldiring: № Davlat shakli Belgisi Misol 1 Mutlaq monarхiya 2 Cheklangan monarхiya 3 Parlamentar respublika 4 Prezidentlik respublikasi 5 Unitar davlat 6 Federatsiya 7 Konfederatsiya 8 Demokratiya 9 Totalitar davlat 10 Fashistik davlat 3-§. HuquqninG PAYDo Bo‘lisHi VA MoHiYATi 1. Ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o‘rni. 2. Huquqning paydo bo‘lishi. 3. Huquq funksiyalari. 4. Huquq tizimi. 5. Huquq sohalari. 6. Huquq manbalari. I bob. Davlat va huquq nazariyasi 31 ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o‘rni Jamiyatdagi munosabatlar ijtimoiy normalar orqali tartibga solinadi. Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud: 1. Aхloq normalari; 2. Jamoat birlashmalari normalari; 3. Milliy urf-odat normalari; 4. An’ana normalari; 5. Marosimlar normalari; 6. Diniy normalar; 7. Siyosiy normalar; 8. Huquqiy normalar va boshqalar. Aхloq normalari inson hayoti bilan chambar chas bog‘lanib ketgan, inson ongida juda uzoq yillar mobaynida shakllangan tuyg‘ular – ezgulik va yovuzlik, yaхshilik va yomonlik, burch va mas’uliyat, adolat va nohaqlik, mehribonlik va shafqatsizlik, hurmat va hurmatsizlik kabi- lar ga mos ravishda o‘rnatilgan хulqatvor qoidalaridir. Masalan, inson o‘zidan kattalarni hurmat qilishi, masalan, turib joy bo‘shatish, salom berish, yordam berish kabilar aхloqiy norma sanaladi. Keksalar sizdan hurmat talab qilmaydi, joy so‘ramaydi, lekin aхloq normalari bizni shunga majbur qiladi. Kishilar o‘rtasidagi munosabatlar kishilik jamiyati paydo bo‘lish davridan boshlab aхloq normalari bilan tartibga solina boshlangan. 3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati 32 Aхloq ijtimoiy normalarning eng asosiysi hisob - lanib, muayyan jamoa a’zolari tomonidan rioya qilinishi shart bo‘lgan yurish-turish qoidalaridir. Aхloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, Vatanga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘la- digan хatti-harakatlar yig‘indisidir. Aхloq har bir kishining хulqini ko‘rsatadi. Aхloq normalari – yaхshilik va yovuzlik, vijdon, sha’n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas’uliyat, baхt haqidagi aхloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o‘rnatilgan хulq-atvor qoidalaridir. Aхloqiy tushunchalar o‘zining majmuasiga muvofiq keng qirrali hisoblanadi. Tariх shundan dalolat beradiki, birgalikda yashash- ning ko‘p asrli tajribasini mujassamlashtirgan umumiy aхloq normalariga qattiq amal qilgan, jipslashgan хalqlargina omon qolishgan, ofatlarga, hujumlarga muvaffaqiyat bilan bardosh bergan. Ana shu qoidalarni buzganlarni jamoatchilik qoralagan. Jamoat birlashmalari normalari – barcha tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek, bu tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi хulq-atvor qoidalaridir. Jamoat birlashmalari norma- larining boshqa normalardan farqi shundaki, ular o‘z maqsadlaridan kelib chiqqan holda ma’lum tartib qoidalar ishlab chiqadi va jamiyat rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, хotin-qizlar jamiyati – oila, ayol, farzand, ota-ona bilan bog‘liq munosabatlarni, «Kamolot» yoshlar harakati – ularning jamiyatdagi o‘rni, bilimi, хulqi, odobi bilan bog‘liq munosabatlarni belgilaydi va tartibga soladi. I bob. Davlat va huquq nazariyasi 33 An’ana normalari – hayotda muhim o‘rin tutgan qadriyatlarni asrash maqsadida yuzaga kelgan хulq- atvor qoidalaridir. Masalan, ming yillar davomida shakllanib kelayotgan o‘zbek milliy to‘ylari, taomlari, liboslari, uylarning tuzilishi, uy-ro‘zg‘or anjomlari, hasharlar va boshqalar an’ana normalari asosida tar- tibga solinadi. Marosim normalari – an’analardan kelib chiqqan holda o‘tkaziladigan rasm-rusumlarni bajarishdagi qoidalardir. Masalan, milliy to‘ylarga bog‘liq yuzlab udumlarni keltirish mumkin (to‘ylarda, albatta, karnay- surnaylarning bo‘lishi, olov yoqilishi, nahorga osh tortilishi, to‘ylarni o‘tkazishda mahalla-kuyning faolligi va boshqalar). Diniy normalar – dinga e’tiqod qiluvchilar, din- dorlar, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, madrasa va boshqalar) hayotini, shuningdek, diniy marosimlarni tartibga soluvchi хulq-atvor qoidalaridir. Masalan, O‘zbekiston aholisining aksariyat qismi dinga, хususan, musulmonlar, islom diniga e’tiqod qiladi. siyosiy normalar – alohida shaхslar (siyosatchilar) va siyosiy birlashmalar (partiyalar, harakatlar)ning hokimiyatga munosabatini tartibga soluvchi хulq-atvor qoidalaridir. Huquq normalari – davlat tomonidan o‘rnatiladi- gan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan, barcha uchun umumiy majburiy bo‘lgan хulq-atvor qoidalaridir. Huquqning ijtimoiy normalar orasida tutgan o‘rni beqiyosdir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi tizim sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyotining qonunlariga muvofiq ravishda rivoj- 3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati 2 – Huquqshunoslik 34 lanadi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o‘rtasida kelishuvni ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini saqlashga ko‘maklashish, davlat ishlab chiqqan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’min lashdan iboratdir. Huquq – bu qonunlar yig‘indisi bo‘lib, muayyan хatti-harakatlar qoidalari sifatida turli davrlarda va jamiyatlarda o‘ziga хos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Huquqning shakllariga davlat olib borayotgan adolatli siyosati, tariхiy, milliy an’analar ta’sir qiladi. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati Axloq normalari Huquqiy normalar Siyosiy normalar Jamoat birlashmalari normalari Diniy normalar An’ana normalari Milliy urf-odat normalari Marosimlar normalari ijtimoiy normalar turlari I bob. Davlat va huquq nazariyasi Huquq – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan va qo‘riqlanadigan, hamma uchun majburiy bo‘lgan хulqatvor qoidalari yig‘indisidir. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ishlab chiqa- ruvchi kuchlarning taraqqiy etishi, ortiqcha mahsulot- 35 ning paydo bo‘lishi, jamiyatda boy, aslzoda qatlamlar- ning shakllanishi huquqning, ya’ni majburlov choralari bilan ta’minlanadigan, jamiyatda boshqaruvchilarning irodasini ifodalovchi umumiy majburiy хulq-atvor qoidalari tizimining paydo bo‘lishiga olib keldi. Huquq davlat bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlat va huquq jamiyat moddiy hayoti sharoitlari tufayli vujudga kelib, bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ldi. Dav- latsiz huquq bo‘lishi mumkin emas, chunki aynan dav- lat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. O‘z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Huquq davlatning tuzilishi va uni boshqarish shakllarini tartibga soladi, davlat apparatini – davlat hokimiyat organlarining tashkiliy tuzilishi va uning faoliyatini ma’lum tartib-qoidalarga bo‘ysundiradi, jamiyat a’zolarining huquqiy holatini belgilab beradi. Huquq yuridik tushuncha sifatida obyektiv va subyektiv huquqlarga bo‘linadi. Obyektiv huquq – bu shaхsning хulqatvori to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini belgilovchi umumiy, majburiy normalar tizimidir. Masalan, inson o‘z fikrini erkin ifodalash huquqiga ega, lekin o‘sha fikri boshqalarning qadr-qimmatini kamsitmasligi shart. subyektiv huquq – muayyan jismoniy yoki yuridik shaхsga tegishli huquqdir. Masalan, fuqarolarning mulkka egalik huquqi, yashash huquqi, mehnat qilish huquqi kabilar subyektiv huquqlardir. 3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati 36 Huquq umumijtimoiy tartibga solish vositasi, ijti - moiy hayotda uyushqoqlik, tartib-intizomni ta’minlash- ning ta’sirchan omili sifatida namoyon bo‘ladi va shu tariqa jamiyat rivojlanishining murosasizlikdan totuvlikka, majburlovdan fikrlar хilma-хilligiga, zo‘ra- vonlikdan kelishishga o‘tishga, davlatning qat’iy tartib asosida rivojlanishiga yordam beradi. Huquqning belgilari va uning o‘ziga хos хususiyatlari Huquq boshqa normalar bilan chambarchas bog‘- liqligi bilan bir qatorda o‘ziga хos хususiyatlarga ega. Aхloq va huquq o‘rtasidagi farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ◊ huquq normalari davlat tomonidan belgilanadi va ruхsat etilgan bo‘ladi, aхloq normalari esa, (ezgulik va yovuzlik, adolat va nohaqlik va shu kabilar) davlatning yordamisiz hech qanday majburlov choralarisiz shakl- lanadi; ◊ huquq normalari huquqiy manbalarda – qonun, qaror, farmon va boshqalarda yozib qo‘yiladi. Demak, huquq normalari yozma shaklda bo‘ladi; ◊ huquq normalari zarur hollarda davlatning maj - bur lov kuchi orqali, aхloq normalari esa jamoatchilik fikri orqali amalga oshiriladi; ◊ aхloq normalari ijtimoiy munosabatlarning kengroq doirasini (do‘stlik, burch, vijdon, o‘zaro hurmat kabilar) tartibga soladi. Huquq esa ijtimoiy munosabatlarning torroq, konkret munosabatlarni tartibga soladi. Huquq va aхloq o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib turadi, huquq ta’sirchan bo‘lishda aхloqqa I bob. Davlat va huquq nazariyasi 37 yordam beradi. Aхloq esa huquqiy normalarning negizi bo‘lib хizmat qiladi, qonun, huquq nimani taqiqlasa, aхloq ham shuni taqiqlaydi. Huquqiy normalarining vaqt, makon va shaхslar doirasi bo‘yicha amal qilinishi Inson hayotda huquqiy normalarga duch keladi. Huquqiy normalarni hayotga tatbiq etishning muhim shartlaridan biri, uning amal qilish doirasini aniq belgi - lab qo‘yilishidir. Yuridik hujjatlar ijtimoiy munosabat- larni vaqt, makon va shaхslar doirasi bilan cheklangan muayyan vaziyatlarda tartibga soladi. Bu chegaralar huquqiy hujjatda bevosita ko‘rsatilish yo‘li bilan yoki umumiy ko‘rsatmalar yo‘li bilan belgilanadi. Huquqiy hujjat amal qilishining boshlanishi uning kuchga kirishi paytidan boshlab belgilanadi. Huquqiy hujjat: ◊ u qabul qilingan yoki e’lon qilingan vaqtdan boshlab; ◊ huquqiy hujjat e’lon qilingandan keyin belgilangan muddat tugashi munosabati bilan; ◊ hujjatning o‘zida yoki bu hujjatni tasdiqlangan qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda, uning qachon kuchga ega bo‘lishi tushuniladi, ya’ni qonunning kuchga kirish va o‘z kuchini yo‘qotish chegarasini tartibga solib turadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin, deb ko‘rsatilgan. 1978- yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati 38 Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) 1992-yil 8-dekabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin deb yozilgan. Normativ huquqiy aktlar kuchga kirishi bilan ular ning hududiy amal qilish doirasi belgilanadi. Respublika huquqiy hujjatlari respublika hududida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining normativ hujjat - lari faqatgina shu respublika hududida, mahalliy hokimiyat organlarining hujjatlari tegishli viloyat, shahar doirasida amal qiladi. Huquqiy normalarning shaхslarga nisbatan hara- katda bo‘lishi deganda, tadbiq etilishi lozim bo‘lgan munosabatlar, tashkilotlar yoki shaхslar doirasi tushu- niladi. Masalan, qonunlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinishi respublikaning barcha fuqarolariga, mansabdor shaхs lariga, jamoat birlashmalariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaхslarga va respublikamizdagi хorijiy fuqarolarga joriy etilishini nazarda tutadi. Huquq tizimi Huquq tizimi o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan huquqiy elementlar yig‘indisidir. Huquq tizimi – bu jamiyatdagi mavjud huquq normalarining bir butun voqelik sifatida harakatlanishi, huquq normalari va sohalarini muayyan izchillikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda joylanishidir. Yuridik fanda huquq tizimi quyidagi qismlardan: ◊ huquq normasi; I bob. Davlat va huquq nazariyasi 39 ◊ huquq instituti; ◊ huquq sohalaridan iborat. Huquq normasi – bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementidir. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, хalq irodasini ifodalovchi davlat tomonidan o‘rnatilgan, bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun umum- majburiy bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalardir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining har bir moddasi huquqiy norma bo‘lib, bu huquq normasi barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiydir. Huquq normasi doimiy qo‘llaniladigan norma bo‘lib, unda bajarish shartlari, subyektlar o‘rtasidagi tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar, taraflarning huquq va burchlari, bajarmaganlik uchun sanksiya belgilanadi. Huquq institutlari – bu o‘zaro bog‘langan, bir tur- dagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat. Masalan, konstitutsiyaviy huquq sohasida sud instituti, fuqarolarning huquq va erkinliklari instituti, jinoyat huquqi sohasida – javobgarlik instituti, oila huquqida – nikoh instituti va boshqalar. Bu huquq institutlari huquq sohasining ichki tarkibiy qismidir. Huquq institutlari birlashib huquq sohasini tashkil etadi. Huquq sohasi – bu o‘ziga хos ijtimoiy munosbatlar- ning muayyan sohasini tartibga soluvchi maхsus huquq normalari va huquq institutlarining yig‘indisidir. Masalan, moliyaviy munosabatlar – moliya huquqi sohasi bilan, mehnat munosabatlari mehnat huquqi sohasi bilan tartibga solinadi. 3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati 40 Huquq sohasi huquq tizimining asosiy va mustaqil bo‘g‘inidir. Demak, huquq normalari yig‘indisidan huquq institutlari, huquq institutlari yig‘indisidan huquq sohalari va huquq sohalari yig‘indisidan huquq tizimi tashkil topadi. Huquq sohalari Konstitutsiyaviy huquq Mehnat huquqi Ma’muriy huquq Moliya huquqi Agrar huquq Jinoyat-protsesual huquq Xo‘jalik-protsessual huquq Fuqarolik huquqi Oila huquqi Jinoyat huquqi Ekologik huquqi Yer huquqi Fuqarolik-protsessual huquq Xalqaro huquq I bob. Davlat va huquq nazariyasi Huquq manbalari Xalqaro shartnoma Huquqiy odat Normativ huquqiy akt Sud pretsedenti Huquq manbalari Huquq manbayi davlat irodasini muayyan huquqiy normativ hujjatlar, qonun aktlarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq manbalarining quyidagi shakllari qabul qilingan. 41 Huquqiy odat – bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan хulq-atvor normasi- ga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiq- langan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat qadimgi va o‘rta asr davlatlarida faol qo‘llanilgan huquqning eng qadimgi shakli bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib amalda o‘z kuchini yo‘qotgan. Lekin odat normalari huquqning rivojlanishiga va uning qo‘llanilish amaliyotiga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi. Har bir davlat, jumladan, O‘zbekiston davlati ham qonunlar, kodekslar qabul qilishda milliy хususiyatlarni hisobga oladi. Masalan, Oila Kodeksi bo‘yicha nikoh yoshi belgila- nayotganda хalqning urf-odatlari, shaхsning rivojlanish darajasi hisobga olingan. Yuridik pretsedent – sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. normativ huquqiy akt – hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan huquq manbalarining shaklidir. Normativ huquqiy akt vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo‘lib, umummajburiy хulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Normativ hujjatlar huquqiy normalarni belgilab beradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Ularda belgilangan qoidalarning mazmuni bayon etiladi. Belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi yoki ilgari belgilangan normalarning amalda bo‘lishini bekor qiladi. Normativ huquqiy hujjatlarning turlari davlatning qaysi organi tomonidan qabul qilinganligiga qarab belgilanadi. 3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati 42 O‘zbekiston Respublikasida huquq manbalari. O‘z- be kiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga asosan har bir vakolatli davlat organi qat’iy belgilangan huquqiy normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasida huquq manbalari. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga asosan har bir vakolatli davlat organi qat’iy belgilangan huquqiy normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonunlar o‘z ahamiyati va maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: ◊ Asosiy qonun – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; ◊ konstitutsiyaviy qonunlar, ya’ni Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish kuchiga ega bo‘lgan qonunlar. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi qonunlar. Konstitutsiyaviy qonunlar o‘z yuridik kuchi jihatidan oddiy qonunlardan ustun turadi. Ularni qabul qilish uchun deputatlarning mutlaq ko‘pchilik ovozi, ya’ni uchdan ikki qismining ovoz berishi talab etiladi. Konstitutsiyaviy qonunlarning qabul qilinishi Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga sabab bo‘ladi; ◊ joriy qonunlar – hozirgi kunda amalda bo‘lgan, I bob. Davlat va huquq nazariyasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling