O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Tаdqiqоtning o’rgаnilgаnlik dаrаjаsi


Download 0.59 Mb.
bet6/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

Tаdqiqоtning o’rgаnilgаnlik dаrаjаsi. Tadqiqot qilinayotgan muammoning mavjud holatini o’rganish pedagogika oliy o’quv yurtlari yoshlarni milliy ma’naviy etnik qadryatlar asosida tarbiyalashning ahamiyati, sharqning buyuk mutafakkirlari Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom al- Buxoriy, At – Termiziy, Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalarning ta’limiy ma’naviy-axloqiy asarlarida o’ziga xos misollarda ta’kidlanganligi orqali ochib berilgan.

Bo’lajak o’qituvchilarni va yoshlarni ijtimoiy dynyoqarashini shakllantirishda milliy qadryatlar, xalq an’analarining ma’naviy - axloqiy, tarbiyaviy imkoniyatlarini o’rganish muommolari O. Musurmonova, S.M.Nishonova, M.Inomova, S.K.Annamurotova, M.Kuronov, J. Hasonboyev, S. Oshilov, N. Ortiqov, U.I.Mahkamov, A.S.Ismailov, G.M.Volkov, N.S.H Almatov va boshqalar tamonidan tadqiq etilgan.

Ta’limiy etnik qadriyatlar va ularrning mazmun mohiyatini o’rganish masalasi SH.E.Qurbonov, E.A. Mardonovlarning ilmiy tatqiqotlarida o’z ifodasini topgan.

Yoshlarga o’zbek xalqining мilliy ma’naviy merosini, etnik qadriyatlarni, o’rgatish muammosini pedagog va psixolog olimlar bir qator tadqiqot ishlarida ma’lum ma’noda o’rgandilar. Ana shunday olimlarimiz sirasiga akademik A.Yu.Yakuboviskiy, akademik S.P.Tolstov, akademik Karim Shoniyozov, O.Musulmonova, X.Ziyoyev, T.Mahmudov, E.Yusupov, J.Tulenov, Q.Nazarov H.I.Ibrohimov, H.D.Norqulov va boshqa olimlar mustaqillikning mohiyati, uning ma’naviy asoslari, milliy qadriyatlarimiz, ilmiy merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo’llari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini tadqiq etishgan. Masalan, O.Musulmonova milliy qadriyat va an’analarni pedagogik jihatini talqin etib, uning tarbiyadagi ahamiyatini ochib bergan. Metodik tavsiyalar ishlab chiqishgan. Biroq aynan yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tizimli ravishda ochib berilmagan. Ushbu muammoning dolzarbligi, nazariy va amaliy jihatdan yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi dissertatsiya mavzuyimni “Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarihiy etnografik qadryatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari” deb nomlanishiga asos bo’ldi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling