O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Download 0.59 Mb.
|
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
KIRISH
Mаvzuning dоlzаrbligi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon–e’tiqodli farzand nafaqat ota–onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” [1.-B.173+]- deya ta’kidlaydi. Shuning uchun yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakillantirish, ularda milliy g’ururni tarkib toptirish davlat ahamiyatiga molik masala. Istiqlol sharofati bilan milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyojga aylandi. Xususan, mamlakatimizdagi mustaqillik yillarida ro’y bergan muhim o’zgarishlardan biri ma’naviy yangilanish, kishilarning ongi, tafakkuri va dunyoqarashining boyib, kengayib borayotganligi hamda erkinlik kasb etayotganligidir. Jumladan, yoshlarimizning el-u yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuxratini yanada oshirish, ilm-u fanni va madaniyatini hamda san’atini gullab yashnatish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, o’tmishini, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va qadriyatlarini o’rganish, munosib baholash borasidagi faoliyatlari ayniqsa kishini quvontiradi. O’zbek xalqi azal – azaldan o’ziga xos tarbiya metodlariga ega bo’lgan, xususan, yoshlarga nasixat qilish, yaxshi insonlarni na’muna qilish, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish, ota-onaga mehr-oqibatli bo’lishni va shu kabi bir qator ezgu fazilatlardan foydalanilgan. Muhtaram Prezidentimizning “ O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi” nomli asarida “Mehr-oqibat tushunchasi faqat o’zbek xalqida bor, desam, balki bu bir tomonlama yondashuv bo’lar, biroq aynan mehr-oqibatning boshqa qadriyatlardan ustun turishini men boshqa millatlarda kamdan – kam uchratganman. Agar hozirgi kunda hayotga kirib kelayotgan yoshlarimiz ana shu qadriyatlarimizni asrab-avaylasa, shu orqali o’zining kimligini, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini anglasagina chetdan juda katta xuruj sifatida hamla qilayotgan, farzandlarimizning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g’oyaviy va mafkuraviy ta’sirlarga ham qarshi tura oladi”,[2.-B.85] bu fikrlar bilan yurtboshimiz eng avvalo yoshlarni oqibatli, yurtiga sadoqatli, ona tuprog’iga mehrli bo’lib tarbiya topishlari uchun barchani birdek sergaklikka chorlagandeklar. Xususan, yosh ota-onalarga. ustoz va murabbiylarga, tarbiyachilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. “Bugun yoshlarimiz - deydi, prezidentimiz Islom Karimov dunyoning qaysi davlatida bo’lmasin – u rivojlangan yoki qoloq mamlakat bo’ladimi – bundan qat’i nazar, nima o’zgarishlar bo’layotgan bo’lsa, barchasidan xabardor. Kim qanday yashayapti, qaysi xalq yoki davlat qanday taraqqiy etyapti, kim nima bilan band – hozirgi yosh avlod hammasini biladi. Shuning uchun yoshlarimizning ongida, hayolida turli fikrlar paydo bo’lishi mumkin. Binobarin, ularga to’g’ri tarbiya berish, ular bilan ochiq muloqat olib borish biz ota-onalar, ustoz – tarbiyachilar uchun bugun oson emas. Nega deganda, agar inson ko’p narsani bilmasa, unga tushuntirib berish yoki yangitdan o’rgatish oson. Lekin hamma narsadan xabardor kishi bilan muloqatga kirishish, uni biror – bir narsaga ishontirish-bu hammaning ham qo’lidan kelavermaydi” [4.-B.56] Bunday qiyinchilikka ro’baro kelmaslik uchun eng avvalo bo’lajak mutaxasis (pedagog) larni tarbiyalashimiz lozim. Hozirgi shunday tinch zamonda ayrim yoshlarimizni “To’xlikka – sho’xlik” qilayotganlarini guvohi bo’lmoqdamiz, “Davring kelganda o’ynab qol” qabilida ish ko’rayotgan bunday yoshlarimiz orasida mayda o’g’rilik, yolg’on, omonatga xiyonat, turli soxta din oqimlarining kuchayib ketishi va ularning ishtirokiga aylanib qolishlari, giyohvandlikning avj olishi, axloqiy buzuqlik, aroqxo’rlikning avj olishi, asosan maishiy hayotning birlamchi bo’lib qolishi, jamiyatdagi azaliy qadriyatlarning o’z qadrini yo’qotishiga olib kelmoqda, halollik o’rnini pulga bo’lgan hirs egallashi, pulga sig’inish kabi qator illatlar tufayli insoniyat ma’naviy inqirozga duchor bo’lmoqda. Mustaqilik tufauli yangicha boshlangan yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini o’lkamizda nafaqat umuminsoniy qadryarlar va siyosiy-huquqiy ta’limotlar, balki o’zimizning juda boy o’tmish tajribamiz asosida to’plangan noyob g’oyaviy merosimizga suyangan holda oshirmog’imiz lozim Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini skakillantirishda tarixiy etnografik qadryatlardan foydalanar ekanmiz, etnogenez va etnik tarix haqida ma’lumotga ega bo’lmog’imiz zarurdir. Har bir xalqning tarixi uning etnogenezi va etnik tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Etnogenez va etnik tarix esa tarix fanining bosh masalasidir. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi O’zbekiston xalqlari tarixining tarkibiy qismini tashkil etadi. U tarixiy yozma manbalar, etnografiya, arxiologiya, antrapologiya, lingvistika, toponomika, epigrafika, numizmatika, kabi fanlar bilan o’zaro aloqada va uzviy bog’liq bo’lib ularsiz o’zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixini mukammal ilmiy o’rganib bo’lmaydi. Ayniqsa ushbu muammoning etnogenez qismini o’rganishda ulardan olingan ma’lumotlar masala yechimiga ko’p oydinliklar kiritadi. O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko’zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo’lda bizga doimo mash’ala bo’ladigan, yo’limizni charog’on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari bor. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Yurtimizda buyuk rejalar va bunyodkorlik ishlari tarixiy an’ana va tajribalarga asoslanib, aql-u idrok bilan amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda yurtboshimiz I.A.Karimovning “Shuni aytishimiz lozimki, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda” [5.-B.65] degan fikrlarini eslatishni o’rinli deb hisoblaymiz. Har bir xalqning ta’lim –tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik fikr taraqqiyotiga xizmat qilib, bola tarbiyasi haqidagi tasavvur va qarashlarni ifodalaydi. Har bir ota-ona o’z farzandini barkamol bo’lishini istaydi. Shuning uchun ham xalqimizda “Farzandlar kamoli – ota-ona jamoli” degan naql bor. Huddi mana shu narsa, ota-onalarning orzu-umidi ham, an’ana sifatida avloddan-avlodga o’tib keladi. Dunyodagi har bir millatning, shu jumladan, o’zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti, o’ziga xos tarixiy–etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo’lgan munosabati ham turlicha bo’lishi shubhasiz. Zero, milliy o’ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar tabiiy geografik o’rnashuv, o’zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy-psixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi. Shu ma’noda hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning samaradorligi ta’lim, shaxs ma’naviyati hamda uning yuksak kasb mahoratiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ularni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tarbiyalash muhim masala sifatida olg’a surildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim sohasidagi islohatlarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan: “Kelajak bugundan boshlanadi, hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz! Ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi. Zero, bugungi yosh avlodga o’tmishimiz kim ekanligini anglatish, biz kimning avlodi ekanligimizni yetkazish eng dolzarb masalalardan biridir”[6.-B.5.6], deb ta’kidlaydi va bugungi kunda jamiyatning yangilanishi, hayot taraqqiyoti va istiqboli barcha sohadagi islohatlar samaradorligi yuqori malakali ongli mutaxassislar tayyorlashga bog’liq ekanligini alohida uqtirib o’tadi. Diniy ekstremizm tahdidi real havfga aylangan hozirgi davrda diniy-ma’naviy qadriyatlarni shiorlardan farqlashga o’rgatishni, sog’lom e’tiqod tarbiyasini bolalikning ilk yillaridan boshlash zarur. Zero, prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “...bugungi murakkab ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo’nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimiz, hayot tarzimizga zid bo’lgan ma’naviyat, madaniyat bayrog’i ostida kirib kelayotgan zararli g’oyalar va tahdidlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi”. [7.-B.20] Faqat ana shunday asosda yoshlarni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. Mustaqil O’zbekistonda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishga o’ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O’zlikni anglash va ma’naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy ma’naviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etdi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ulug’ ajdodlarimizning jahon fani, madaniyati, ma’naviyati ravnaqiga qo’shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida ta’kidlanganligi bejiz emas. Chunki, mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yosh avlodga vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o’z yaqinlariga mehribonlikni, tanlagan yo’li–kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir. Hozirgi kunda Respublikamizda milliy qadriyatlarni o’rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Sababi boy milliy qadriyatlarimiz tarixini o’rganmay turib, ularning bugungi holatini tahlil qilish va kelajagi haqida fikr yuritish qiyindir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko’p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy ma’naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo’lganlari qadriyat deyiladi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling