O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Millat—milliy qadriyatlarning sohibi
Download 0.59 Mb.
|
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
Millat—milliy qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli—milliy qadriyatlarniing tanazzulidir.
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Qadriyatlarni bugungi kun yoshlarining tarbiyasida nechog’lik zarurligi, ularning O’zbekistonning porloq kelajagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadriyatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifadolovchi o’ziga xos dunyoqarashida ko’rishimiz mumkin. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan bo’lajak mutaxassislarning hozirgi zamon talablari asosida ‘uxta kasbiy tayyorgarlikka ega, o’z kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlariga asosiy e’tiborni qaratmoq zamonning muhim vazifasidir. ‘edagoglar, tarbiyachilar qanchalik ma’lumotli, mahorat egasi bo’lsa, u kelajak avlodni ham shunchalik bilimdon, har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay oladi. Yoshlarning ajdodlar merosini bilishi, mustaqil ishlay olish qobiliyati, fan nazariyalarini o’zlashtirganligi, bilgan narsalarini amaliyotda qo’llay olish-olmasligi, kashfiyotlar qilish qobiliyatlari, yangiliklar yaratish imkoniyatlari hech kimni qiziqtirmasdi. Bu esa ta’limning yuqori idoralar oldida hisobot berishga moslashgan ishlab chiqarish idorasiga aylantirib qo’ygan edi. Bularning barchasi o’z-o’zidan ta’lim sifatining susayib ketishiga olib keldi. Misol uchun, o’n yillar mobaynida chet tilini o’rganish uchun yoshlarga muntazam tarzda mashg’ulotlar o’tib kelingan bo’lishiga qaramay, chet tilida o’quvchilar ikki so’zni qo’shib jumlaga aylantirishi amrimahol bo’lardi. Shu bilan birga ta’lim tizimidagi "hamma narsaga ishonmay qara, shubhalan" degan yondashuv yoshlarda ajdodlar tomonidan yaratilgan ma’naviy merosga ham ishonmay qarash odatlarini tarkib to’tirdi. Natijada ajdodlar va avlodlar o’rtasidagi bog’liqlik rishtalari uzila boshladi. Millatning ma’naviy o’zligini asrovchi vorisiylik ko’prigi buzila bordi. Faqat istiqlol tufayligina xalqimiz erkinlikka erishdilar. Mustaqillik yillarida shaxsga yo’naltirilgan, bilim sifati va tarbiya asosiy mezon bo’lgan ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari hayotga joriy etildi. Endi qaysi maktab yaxshi bilim beradi, qaysi litsey va kollejda o’qilsa kasbni chuqur o’rganish yoki oliy ta’lim dargohlariga o’qishga kirishga yetarli darajada mustahkam bilimga ega bo’lish kafolatlanadi, degan hayotiy qarashlar shakllandi. Binobarin, an’ana va urf-odatlar, turmush tarzi millat o’zligining minoralari va binolariga qiyos qilinsa, vorislik millatning bor bisoti, ma’naviyatini qo’riqlovchi asosiy qo’rg’oni kabidir. Qo’rg’onsiz esa bino va minoralarni asrab bo’lmaydi. Millat mentaliteti, demakki, xalq xarakteri vorisiylik tizimida muhim o’rin tutadi. Hozirgi ‘aytda dunyo xalqlarining aksariyatida milliy xarakter o’zgarishi, mentalitet transformatsiyasi yuz bermoqda. Ayniqsa, millat o’zligining asosiy o’q ildizi bo’lgan vatan’arvarlik, siyosiy e’tiqod fazilatlari jiddiy talofat ko’rmoqda, deyish mumkin. Xususan, hozirda Rossiya maktablarida maqsadli shakllantirilayotgan 12 ta ijtimoiy fazilatlar qatorida vatan’arvarlik fazilati jamiyatdagi juda ‘ast, ya’ni ahamiyatiga ko’ra 10 o’ringa tushib ketganligi xususida ommaviy axborot vositalarida yozilmoqda. Xuddi shunday holat AQSh, Frantsiya, Belgiya, Italiya va boshqa davlatlarda ham yuz berayotganligi xorijiy siyosatshunos va sotsiolog olimlar tomonidan qayd etilmoqda. Eng tashvishlanarlisi, vijdon, oriyat, to’g’rilik singari insoniy jihatlar shaxsning jamiyatda ada’tatsiya bo’lishi, ya’ni muvaffaqiyatli moslashib, hayotga kirishib ketishi uchun yordam beruvchi fazilatlar sifatida emas, balki xalal beruvchi xislatlar sifatida baholanmoqda. Jamiyatda jamoaviy va insoniy fazilatlar o’rniga egoistik xislatlarning mustaxkam o’rin olishi, tabiiyki, shu mamlakatlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit o’zgarishlariga olib keladi. Jamiyatdagi yomonlashgan ijtimoiy madaniy muhitning davlat siyosati va amaldagi qonunlarga rioya etish tartiblariga zid kelishi shu mamlakatda ommaviy noroziliklar yuzaga kelishiga yo’l ochadi. Bunday holatdan esa davlatni egallash ‘aytida bo’lgan norozi kuchlar foydalanib qolishga urina boshlaydilar. Bugungi kunda dunyoning turli joylarida yuz berayotgan ijtimoiy tartibsizliklar, hokimiyat uchun talashish va konfliktlarning tub ildizlari aynan ana shunday vayronkor g’oyalardan kuch olmoqda. Prezidentimizning "Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch" asarida ma’naviy omillarning nafaqat jamiyatni barqarorlashtirish va rivojlantirishga, balki unga yetarli e’tibor bermaslik jamiyatni tanazzulga yetaklashi, davlat tartibotlarining ichdan nurab ketishiga ham sabab bo’lishi xususida takror takror aytilganligi bejiz emas. "Insoniyatning ko’p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, deydi Prezidentimiz dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi". [21.-B.53-60] Ta’kidlash joizki, O’zbekiston yoshlari orasida milliy qadriyat hodisasiga faol munosabatda oila, mahalla jamoatchilik va davlat muassasalarining pozitiv ta’siri ustuvor mavqega egadir. Respublika jamoatchilik fikrini o’rganish "Ijtimoiy fikr" Markazi tomonidan o’tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra hayotiy pozitsiyani belgilovchi, inson ma’naviyatiga jiddiy ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan omillar qatoriga yoshlar dastavval oila, ta’lim muassasalari, televidenieni qayd etganliklari e’tiborga loyiqdir. "Oila muhitida kimning fikri qaror chiqarish uchun asos bo’ladi?" degan savolga 76 foizdan ko’’roq yoshlarimiz ota-ona, bobo-buvilar, undan keyin o’a va akalarining fikrlari, deb javob berdilar. Shu o’rinda qayd etish joizki, voyaga yetmagan o’smir yoshlar biror-bir voqea yuzasidan shaxsiy xulosalarga kelishga va muayyan hatti harakatlarni sodir etishga turtki beradigan omillar qatoriga o’z tengdoshlarini, televidenie, maktabdagi do’stlari davrasini, maktab va kollejdagi jamoatchilik fikrini ham qayd etdilar. Bunday javoblar milliy qadriyatlar, an’analarining mustahkam, barqaror va bardavom bo’lishini ta’minlash uchun o’smir yoshlar ongiga internet va xorij televideniesi kuchli ta’sir etayotganligini e’tibordan soqit qilmaslik, tarbiyaviy ishlarda ogohlik va hushyorlikni qo’ldan bermaslikka undaydi. Bunday mulohazalardan yoshlarning mustaqil fikri umuman inobatga olinmasligi ma’qul, degan ma’no kelib chiqmaydi. Aksincha, tarbiya jarayonida ularni to’g’ri fikrlashga yo’naltirish, ular ongini zararli, yot ta’sirlardan asrash, turli mafkuralar ortida yoshlarga yomon fikrlarni singdirishga urinayotganlar niqob ostidagi xurujlaridan himoya qilish haqida so’z boryapti. Bu bizning eng muhim va hayotiy vazifamizdir, chunki yoshlar bizning farzandlarimiz, Vatan istiqboli, millat takdiri ularning kelajagida namoyon bo’ladi. Milliy ma’naviy qadriyatlar va an’analarining millat ma’naviyati va ruhida barqarorlashuvida badiiy adabiyot va tarixiy bilimlarning roli kattadir. Internet va televidenie hozirgi maktab va kollej bitiruvchilari va oliy o’quv yurti talabalari orasida badiiy asarlar o’qishga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish o’rniga muayyan darajada susaytirayotganligi, yoshlarning mustaqil ravishda kitob mutolaasi bilan shug’ullanishni turmush tarziga aylantirish zarurligi xususida fikrlar o’rtaga qo’yilmoqda. Kuzatishlar natijalariga nazar tashlab, bir qator yoshlar maktab va kollej darsliklarida berilgan badiiy asarlardan parchalarni o’qib olish bilan cheklanayotganligi, ba’zi yoshlar esa darsliklarda berilgan "O’tkan kunlar", "Mexrobdan chayon", "Alisher Navoiy", "Ufq", "Ulug’bek xazinasi" singari mumtoz asarlar bo’yicha yaratilgan badiiy filmlarni ko’rish bilan kifoyalanayotganini aytib o’tish mumkin. Bunday hol maktab va kollej ta’limi tizimida sinfdan tashqari tashkil etiluvchi badiiy estetik ta’limni kuchaytirish, o’kuvchilarda badiiy adabiyotga qiziqishni maqsadli shakllantirish va rivojlantirishga jiddiy zarurat borligini anglatadi, aniqrog’i, shu masalani kun tartibiga qo’yadi. Milliy ma’naviy qadriyatlarning kuch-quvvati ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob manaviy merosni farzandlarimiz nechog’li o’zlashtirganliklariga bevosita bog’liqdir. Yurtboshimizning talim va tarbiya sohalaridagi mutasaddi tashkilotlar va har bir vatandoshimiz e’tiborini shu masalaga qaratib shunday degan edilar: "... Ulug’ ajdodlarimizning jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga qo’shgan buyuk xissasini yoshlarimiz biladimi? Albatta biladi. Ammo, afsuski, aksariyat qollarda umumiy, yuzaki tarzda biladi". Darhaqiqat, milliy ma’naviy qadryatlarning barqarorligi ajdodlarimiz ma’naviy merosiga to’liq egalik bilan bevosita bog’liqligini e’tiborga oladigan bo’lsak, masalaning nechog’liq dolzarbligi yanada oydinlashadi. Milliy-ma’naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar ongiga samarali singdirish uchun quyidagilarni tizimli tarzda samarali omili deb o’ylaymiz: - xalqimizning asriy an’analari ijobiy mohiyatga egaligini dastavval oila muhitida tarkib toptirish, buning uchun esa ota-onalar, bobo-buvilarning farzandlar bilan bo’ladigan kundalik muloqot vaqtlarini ko’paytirishga e’tibor qaratish; - oiliy o’quv yurti mashg’ulotlari paytida bilim va tarbiya uyg’unligiga erishish, pedagoglar va jamoatchilik tomonidan yoshlarning internet tizimidagi muloqotlari mazmunini jiddiy nazoratga olish, ularni vayronkor g’oyalarni targ’ib etuvchi xorijiy saytlar ta’siridan himoya qilish; - oily o’quv yurti talabalari va boshqa yosh vakillar ishtirokida adabiyot, san’at, fan va madaniyat sohalarida o’tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish; - milliylik va milliy ma’naiy qadryatlar uyg’unligi mavzuida olimlar, yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlarni doimiy va rejali tartibda o’tkazish hamda bu uchrashuvlarni ommaviy shakldan ko’ra guruh tarzida tashkil etish; - ta’lim muassasalarida ulug’ ajdodlar merosini chuqur o’rganish uchun o’quvchi va talabalar tomonidan o’zlashtirishlari zarur bo’lgan badiiy, ilmiy va ma’rifiy tarbiyaviy adabiyotlar minimumini shakllantirish maqsadga muvofikdir.Yondashuvlar to’qnash kelsa... G’arb yoshlarining dunyoqarashi ularning ota-onalari ko’rmagan, bilmagan dunyo muhitida shakllanmoqda. Ularning aksariyati o’z ajdodlari yaratgan ma’naviy muhit, madaniy meros, an’analar doirasida emas, balki yoshlarning o’zlari tomonidan yaratilayotgan madaniyat va san’atning yengil va sayoz na’munalari asosida tarbiyalanmoqdalar. Hozirgi zamon Yevro’a yoshlarining ijtimoiy estetik, siyosiy va iqtisodiy mo’ljallari bugungi kun ehtiyojlarini qondirish, hozirda yashab qolish, hayotdan imkon darajasida ko’’roq lazzat olishga qaratilgan. Bunday yondashuv, o’z navbatida, ajdodlar merosi, an’analariga sodiqlik, vatanga muhabbat, ma’naviyat va ma’rifatga intilish harakatini chetga surib qo’ymokda. Xorijda nashr etilayotgan "Bugungi oliy ta’lim" jurnalining 2010 yil 11-sonida berilgan "sotsiologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra rossiyalik yoshlarning uchdan ikki qismi bozor iqtisodiyoti sharoitida inson hayoti uchun zaruriy hisoblanuvchi milliy qadriyatlar qatoriga ma’naviyatni ro’yxatlarga umuman ko’shmaganlar. Bu yoshlar o’zlari uchun beshta eng muhim sanalgan qadriyatlar qatoriga faqat sog’liq, oila, karera, xavfsizlik va muhabbatni kiritishgan. Ma’naviyat, madaniyat, do’stlik, vatanparvarlik singari qadriyatlar esa umuman tilga olinmagan. Shukurlar bo’lsinki, mamlakatimizda ma’naviyat omiliga ustuvor ahamiyat berib kelinganligini milliy o’zligimizni tiklash, o’zlikni tom ma’noda qaytadan kashf etish imkonini berdi. Ma’naviyatning hayotbaxsh kuchi Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, vorisiylik tamoyili orqali ma’naviyatning hayotbaxsh kuchi bilan qurollantirilgan bugungi avlod hech kimdan kam bo’lmagan millatga aylangani, rivojlangan davlatlar qatoriga kirib, buyuk kelajakka yuzlanadigan millat sifatida murakkab, sinovlardan zafar bilan o’tmoqda. Prizident I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Har qaysi xalq milliy qadryatlarini o’z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi”. [22.-B.97] O’zbekistonda istiqlolning ilk yillaridan boshlab, davlat va jamiyat manfaatlari birligi, moddiy va ma’naviy omillar uyg’unligini ta’minlash, kattalar va yoshlar dunyoqarashi o’rtasida mustahkam bog’liqlikni tarkib toptirish, tom ma’noda vorisiylikka erishish yo’lida ulkan ishlar amalga oshirildi. Natijada xalqimiz bugungi kun osudaligi, omonligidan xotirjam, ertangi kunga ishonch ruhi bilan umrini bezashga, yaratuvchanlik, bunyodkorlik rejalarini amalga oshirish zavqidan masrur kayfiyatda dorilomon hayot makoni va zamonida yashash baxtiga muyassar bo’ldi. Prezident I. A. Karimov “ endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa- ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’ri kenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ulrni yangi bosichga ko’tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fiklaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat” [23.-B.75] deb ta’kidlaydi. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi, biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy taqyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga hos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingran g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa,milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, foniy dunyo qarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xo’ja Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al- Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Tarixiy tajriba, an’analarining meros bo’lib o’tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog’i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma’naviy uyg’onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo’lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag’rikenglik hayot bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo’lgan davlatchilik an’analarini avaylab qabul qilganlar. Bundan tashqari yosh avlod vakillariga qadriyatga aylanib ulgurgan ayrim fazilatlarni sindirishga harakat qilganlar. Insoniyat madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari yaqin vaqtlargacha to’g’ri baholanmadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo’lsa, u hamma yangiliklarga va «g’oyat eski»likka nisbatan shuncha befarq bo’ladi. Unday odam o’zining eski odatlari bilan yashaydi. Bunday odam dunyoqarashi torligidan hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O’tmish madaniy qadriyatlarni, o’zga millatlar madaniyatini bilish, uni saqlash, va hurmat qilish, ommalashtirish, estetik qimmatini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim jarayonlari hisoblanadi. Insoniyat madaniyatining rivojlanishi tarixi – bu nafaqat yangi, balki eski mada¬niy boyliklarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o’zga xalqlar madaniyatini bilish, mahlum mahnoda, gumanizm tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Ayni paytda xalqlarga nisbatan hurmat, bag’rikenglik demakdir“. Mustaqillik tufayli O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishida fan sohasida yaratgan boy ilmiy merosini o’rganish va xalqimizga yetkazish borasida katta imkoniyatlar yaratildi, o’lkamizda ilm-fan, ma’rifat gullab-yashnaganligi, G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligi inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega”. [24.-B.30] Yangi tizimga o’tishdek murakkab jarayonda tarixga yangicha yondashish, uni haqqoniy aks ettirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalalarni hal qilishda bizning ularga munosabatimiz qanday bo’lishi kerak? Bugungi kunda ta’lim, tarbiya jarayonida ma’naviy-ma’rifiy merosimizning ta’sir doiralari, imkoniyatlari qanday bo’lishi kerak? Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling