O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


II Bob. YOSHLARNI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA ETNIK TARIXNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI


Download 0.59 Mb.
bet21/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

II Bob. YOSHLARNI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA ETNIK TARIXNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

2.1. Yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlarning etno’edagogik ahamiyati

Asrlar davomida ajdodlardan-avlodlarga meros bo’lib qolayotgan an’ana va udum, qadriyat va marosimlarning har birida tarbiyaning o’ziga xos ko’rinishi mavjud. Yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalashda shubhasiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanish zarur. Buning uchun etnopedagogikadan foydalanamiz.

Biz ma’naviy qadriyatlar va ularning shaxs ma’naviy madaniyatida tutgan o’rni xususida ushbu mavzuning oldingi bo’limlarida qisman to’xtalib o’tgan edik. Umuman olganda ma’naviy qadriyatlarning shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishda tutgan o’rnini quyidagilar orqali ifodalashimiz mumkin:

Ma’naviy qadriyatlar har bir millatning o’z ona tilida yaratilganligi tufayli ushbu tilning naqadar jozibali ekanligini namoyon etadi. Bu esa shaxsda o’z ona tiliga bepisand bo’lmaslik tuyg’usini rivojlantiradi.

Ma’naviy qadriyatlar har bir millatning o’zligini namoyon etadi. Chunki, ular bevosita shu millatning ruhiyati asosida shakllangandir. Ma’naviy qadriyatlar har bir shaxsni o’z xalqi va vatani tarixini sevishga, o’z ajdodlari bilan har lahzada faxrlanishga undaydi.

Ushbu aytib o’tilganlardan ko’rinib turganidek, ma’naviy qadriyatlarni qadrlash, ulug’lash va rivoj to’tirish har bir o’z xalqiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’ladigan ma’naviy barkamol insonning muqddas burchidir. O’zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish, tarbiyalanuvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol to’tirish, estetik did asoslarini shakllantirish va takomillashtirish; estetik tarbiyada tarbiyalanuvchilar o’yin folklorining o’rni va ahamiyati, tarbiyalanuvchilar folklor-etnografik dastalari-estetik tarbiya markazi ekanligi, ustoz-shogirdlik an’analarining ‘edagogik, axloqiy-estetik ahamiyati, yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish hamda badiiy-estetik tarbiyalashda xalq ommaviy tomosha san’ati-sirk, dorbozlik, askiya, baxshi-shoirchilik, dostonchilik, ertakchilik, qiziqchilik, taqlidgo’ylik, maddohlik, qiraotxonlik, qissaxonlik, otunlik, voizlik, bo’zaxo’rlik alyorlari kabi san’atlarining tutgan o’rni va pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq an’anaviy sporti, farzandlarimizning jismoniy baquvvatligi va yetukligining garovi ekanligi, chaqqonlik, epchillik va har tomonlama garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligi, tarbiyalanuvchilar o’yin folklorining pedagogik tarbiyaviy ahamiyati, xalq pedagogik tarbiyasida turizm va sayohatning, savdo-sotiq va tijoratning o’rni, jismoniy tarbiya va sport ko’nikmalarida xalq qiziqarli tomosha san’ati, axloq-odob va ta’limning uyg’unligi va o’ziga xosligi xalq sport va jismoniy tarbiyasida jinsiy tafovutlarga ahamiyat berishning axloqiy-aqliy ahamiyati, xalq an’anaviy pedagogikasida tabiat va inson uyg’unlashuvi muammolari, tabiat va tarixni e’zozlash, saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar dunyosi, qushlar olami hamda dov-daraxtlar, o’simliklar va giyohlarga; ruxsat, suv, borliq-atrofga insoniy munosabat-xalq pedagogikasining ekologik tarbiyasi asoslarining asosi ekanligi, odatlar, udumlar, rasm-rusumlar, marosimlar, irim-sirimlar, qarg’ish va olqish-duolar, tabiat, diniy bayramlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, xalq ommaviy bayram-sayllari “Navro’z”, “Mehrjon”, “Hayit-ro’za”, “Hayit bayrami” va boshqalarning, tarbiyalanuvchining dunyoga kelishi, qulog’iga azon aytish, tish chiqishi, ilk qadami, beshikka solish, birinchi kiyim-bosh kiydirish, besh, yetti kun, o’n bir kunligi, bir yilligi, uch, to’rt, besh yilligining alohida bayram qilinishi, o’quv muassasasiga borishi, sunnat qilinishi, kokil qo’yish, kokil oldirish, mo’ylov oshi, uylanish-nikoh to’yi, birinchi farzand ko’rish, qirq, ellik, oltmish yoshlar tantanalari, payg’ambar yoshi, yetmish, sakson, to’qson yillik yubileylari, kumush to’y, oltin to’y, marvarid to’y va boshqa bayram-sayllar, to’y-tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va an’analarning ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik yo’nalishi, ahamiyati va shu kabilar.

Res’ublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’tgan davrda mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalab yetishtirish eng dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmoqda. Bu borada o’tgan davrda juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Xalq ta’limi tizimini milliylashtirish, uni insonparvarlashtirish, xalqchillashtirish asosida Res’ublikamiz xalq ta’limi tizimini qayta qurish, milliy o’quv muassasalar barpo qilish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu ishlarni amalga oshirishda etnopedagogika yetakchi o’rin tutadi.

Shu o’rinda savol tug’iladi “Etnopedagogika” o’zi nima?, u qanday fan?

Etnopedagogika – yoshlar tarbiyasi va ta’limida etnik guruhlarning empirik tajribasi, oila, nasl, qabila, elat, milliy qadriyatlarga ahloqiy-estetik qarashlar haqidagi fandir.

Etnopedagogika xalq ta’limining mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi va undan hozirgi zamon sharoitlarida qanday foidalanish yo’llarini taklif etadi, xalq an’analarini tabiiy ravishda ko’p asrlik taraqqietiga asoslangan etnik (el-elatlik) guruhlari tajribalarini to’playdi va tadqiq qiladi. Etnopedagogikaning mavzu sohasi o’zgarmaydi: ijtimoyi o’z-o’zini anglash harakatiga taalluqli ijtimoiy shartlar o’zgarishiga bog’liq ravishda vazifalar shakllanadi va aniqlanadi.

Xalq pedagogikasi o’zaro hamkorlik va ijtimoyi ta’sir jarayonini o’rganadi, bu jarayon asnosida ijtimoyi qoidalar, qadriyatlar, tajribalarni o’zlashtiruvchi shaxs rivojlanadi, bolalarni tarbiyalash va o’qitish haqidagi diniy ta’limotlar, ertaklar, dostonlar, maqol va matallar, o’yinchoqlarda, oilaviy va ommaviy turlarida, an’analarida aks etgan xalq tafakkuri hamda falsafiy-ahloqiy, tarbiyaviy fikr va qarashlar haqidagi xalq bilimlarini to’playdi va bir tizimga soladi. Qisqacha qilib aytganda, shaxsning tarixiy-madaniy shakllanish jarayoniga ta’sir ko’rsatuvchi butun tarbiyaviy (pedagogik) quvvatini jamlaydi. Milliy qadriyatlar va uning barkamol insonni tarbiyalashdagi roli qay darajada?

Xalqda azaldan o’ziga xos axloqiy turmush, ma’naviy madaniyat tarkib topgan. Har bir xalqning o’z urf-odatlari va an’analari mavjud ular oddiy mehnatkash xalq hayotini farovonlashib kelgan. Ular tabiat munosabatda ham, dehqon mehnati she’riyatida ham, xalq og’zaki ijodi hamda savobli va xayrli ishlarda ham o’z aksini topgan. Tarixiy sharoitlardan kelib chiquvchi ziddiyatlar xalq tarbiyaviy an’analariga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazgan. Biroq, xalqning ma’naviy hayotini har doim halol mehnat, ruhiy iste’dod va insoniylik belgilab kelgan, aynan shular chinakam xalq xususiyatini tarbiyalashda asosiy omil bo’lgan. Masalan, ming yillik o’zbekona an’analariga ko’ra, yoqmaydigan ishni ham jon-dili bilan bajaradigan odamni mehnatsevar deb atashadi. Buning tagida olam - olam ma’no yotibdi. Xalq pedagogikasi (ta’limi)ning samaradorligi va xalq muallimlari faoliyatining samarali jihatlari nimada. Undagi intuitsiya (ichki tuyg’u), iste’dod, bilim o’zaro qanday munosabatda bo’ladi. Xalq ta’limi nazariyasi va amaliyoti o’zaro qanday aloqadorlikda.

Xalq an’analirini tadqiq etish vazifasi shundan iboratki, ularning qanday yuzaga kelganini, nima uchun saqlanib kelayotganini, bu an’analarni saqlab qolishgina emas, aytish mumkinki, doimiy tarzda qayta ishlashga qanday ehtiyoj bo’layotganini va ularning sharoitlarini kuzatishdir. Va nihoyat, muttasil mahvlik doimiy o’sib-unishdan ajralmagan holda ularning mavjudlik sirini bilishdir. Xalq pedagogikasi ko’hna urf-odatlarning yangicha sharoitlardagi imkoniyatlarini aniqlaydi va yangi urf-odatlarning shaxs tarbiyasidagi hamkorligini belgilaydi. U ko’pgina xalqlarning tarbiya tajribasini muallimlar bisotiga aylantiradi. Ta’lim yutuqlarining qiyosiy tahlili tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun eng samarador, eng xolisona va qimmatlilarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Shunday qilib, etno’edagogika amaliyot bilan baqamti va unga amaliyotda xizmat qiladi, mualliflarni sinalgan ko’p asrlik tarbiya amaliyotining tarbiya vositalari bilan qurollantiradi.

Etnopedagogika xalq ta’limining mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi va undan hozirgi zamon sharoitlarida qanday foydalanish yo’llarini taklif etadi, xalq an’analarini tabiiy ravishda ko’p asrlik taraqqiyotiga asoslangan etnik (el-elatlik) guruhlari tajribalarini to’playdi va tadqiq qiladi. Etnopedagogikaning mavzu sohasi o’zgarmaydi: ijtimoiy o’z-o’zini anglash harakatiga taalluqli ijtimoiy shartlar o’zgarishiga bog’liq ravishda vazifalar shakllanadi va aniqlanadi.

Xalq pedagogika ijtimoi o’zaro hamkorlik va ijtimoi ta’sir jarayonini o’rganadi, bu jarayon asnosida ijtimoyi qoidalar, qadriyatlar, tajribalarni o’zlashtiruvchi shaxs rivojlanadi, bolalarni tarbiyalash va o’qitish haqidagi diniy ta’limotlar, ertaklar, dostonlar, maqol va matallar, o’yinchoqlarda, oilaviy va ommaviy turlarida, an’analarida aks etgan xalq tafakkuri hamda falsafiy-ahloqiy, tarbiyaviy fikr va qarashlar haqidagi xalq bilimlarini to’playdi va bir tizimga soladi. Qisqacha qilib aytganda, shaxsning tarixiy-madaniy shakllanish jarayoniga ta’sir ko’rsatuvchi butun tarbiyaviy (pedagogik) quvvatini jamlaydi.

O’tmishdagi ko’plab mashhur xalq muallimlari xalqning ta’limiy dunyoqarashini va uning ta’lim sohasidagi tajribasini o’rganishga alohida e’tibor qaratganlar. Mumtoz olim muallimlar xalq ta’limi haqidagi fanni boyitishi, unga asos va tayanch bo’lib xizmat qilishi haqida qayta-qayta ta’qidlaganlar. Buyuk mutafakkir Alisher Navoyi hazratlari bola tarbiyasida onaning roli nechog’lik ahamiyat kasb etishini uqtirganlar zero, ongli, o’qimishli, tarbiyali onagina jamiyat va xalq, din va imon uchun yaroqli farzand ulg’aytiradi.

Xalq pedagogikasida tarbiyaning jonli tarbiyasi ustuvorlik qiladi. Bashariyat ma’naviy jarayonida muayyan tarbiyaviy bilimlar, muayyan tarixiy bosqichni aks etar ekan, xalq ta’limi tarbiya fani yuzaga kelgan va rivojlangan asos bo’lib xizmat qiladi.

Badiiy adabiyotning yuzaga kelishi xalq og’zaki ijodiga barham bermagani kabi tarbiya fani uning tarbiyavaiy qarashlarini ham xalqning kundalik hayotidan siqib chiqargani yo’q. Tarbiya fani va xalq tarbiyasi (ta’limi) bir-biri bilan o’zaro uzviy hamkorlikda rivojlanib bordi, yagona kenglik vujudga keltirgan holda bir biriga o’zaro qulaylik yaratdi. Bu kenglikni tarbiya madaniyati deb atash mumkin.

Xalqda azaldan o’ziga xos ahloqiy turmush, ma’naviy madaniyat tarkib to’gan. Har bir xalqning o’z urf-odatlari va an’analari mavjud. Ular oddiy mehnatkash xalq hayotini farovonlashtirib kelgan. Tarixiy sharoitlardan kelib chiquvchi ziddiyatlar xalq tarbiyaviy an’analariga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazgan. Biroq, xalqning ma’naviy hayotini har doim halol mehnat, ruhiy iste’dod va insoniylik belgilab kelgan, aynan shular chinakam xalq xususiyatini tarbiyalashda asosiy omil bo’lgan. Masalan, ming yillik o’zbekona an’analariga ko’ra, yoqmaydigan ishni ham jon-dili bilan bajaradigan odamni mehnatsevar deb atashadi. Buning tagida olam - olam ma’no yotibdi. Xalq pedagogikasi (ta’limi)ning samaradorligi va xalq muallimlari faoliyatining samarali jihatlari nimada. Undagi intuitsiya (ichki tuyg’u), iste’dod, bilim o’zaro qanday munosabatda bo’ladi. Xalq ta’limi nazariyasi va amaliyoti o’zaro qanday aloqadorlikda.

Xalq pedagogika mehnatkashlarining ta’lim tajribasini tadqiq etadi. Hozirgi zamon fan va amaliyotda xalqning taraqqiyparvar ta’lim g’oyalarini amalga tadbiq etish imkoniyatlari va samarali yo’llarini aniqlaydi, xalq hayotining u yoki bu jihatlaridagi ta’lim ahamiyatini tahlil etadi va ularning zamonaviy tarbiya vazifalariga nechog’li muvofiqligini ajrim qiladi. Xalq an’analarini tadqiq etish vazifasi shundan iboratki, ularning qanday yuzaga kelganini, nima uchun saqlanib kelayotganini, bu an’analarni saqlab qolishgina emas, aytish mumkinki, doimiy tarzda qayta ishlashga qanday ehtiyoj bo’layotganini va ularning sharoitlarini kuzatishdir. Va nihoyat, muttasil mahvlik doimiy o’sib-unishdan ajralmagan holda ularning mavjudlik sirini bilishdir. Xalq pedagogikasi ko’hna urf-odatlarning yangicha sharoitlardagi imkoniyatlarini aniqlaydi va yangi urf-odatlarning shaxs tarbiyasidagi hamkorligini belgilaydi. U ko’pgina xalqlarning tarbiya tajribasini muallimlar bisotiga aylantiradi. Ta’lim yutuqlarining qiyosiy tahlili tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun eng samarador, eng xolisona va qimmatlilarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Shunday qilib, etno’edagogika amaliyot bilan baqamti va unga amaliyotda xizmat qiladi, mualliflarni sinalgan ko’p asrlik tarbiya amaliyotining tarbiya vositalari bilan qurollantiradi.

Etnopedagogika quyidagilarni o’rganadi:

1) xalqning asosiy ta’lim tushunchasi (parvarish, tarbiya, o’z-o’zini tarbiya qilish,

qayta tarbiya, nasihat, o’qish, o’rganish);

2) bola tarbiyasi ob’ekt va sub’ekti sifatida (o’zining bolasi, asrandi, tengdoshlar,

do’stlar, begona bolalar, bolalar orasida);

3) tarbiya vazifalari (mehnatga tayyorgarlik, ahloqiy-irodaviy fazilatlarni

shakllantirish, aqlni o’stirish, sog’liqni o’ylash, go’zallikka muhabbat ko’nikmasi hosil qilish);

4) tarbiya omillari (tabiat, o’yin, so’z, do’stlashuv, an’ana, ish, turmush, san’at, din,

oliy namuna (shaxsiyatga oid ramzlar, hodisa-razmlar, g’oya-ramzlar));

5) tarbiya uslubi (ishontirish, namuna bo’lish, buyruq-u, tushuntirish, o’rgatish va mashq, niyat va duo, avrash, ont, iltimos, maslahat, sha’ma, rag’bat, gina, ta’na, yalinish, vasiyat, afsus, do’q, qarg’ish, jazo, kaltaklash, in’om va h.q.);

6) tarbiya vositalari (hazillar, sanoqlar, maqollar, matallar, doston, topishmoq, afsona, rivoyat va h.q.);

7) tarbiyani tashkil etish (bolalar va o’smirlar mehnat birlashmalari, yoshlar bayramlari, umumxalq bayramlari).

Bu muammolarning har biri zamirida ko’’lab masalalar, muallimlarning sinchikovlik bilan e’tibor berishini talab etuvchi daqiqalar bo’lib, ularni o’rganish milliy ta’lim va madaniyat xususiyalarini chuqurroq bilishga yordam beradi. Masalan, bola parvarishini olaylik - bu xalq ta’lim talablari, tushunchalaridan biridir. U bolani ovqatlantirishni, yo’rgaklashni, kiyintirishni, beshikda allalashni, cho’miltirishni o’z ichiga oladi. Ko’p asrlar muqaddam xalq bola parvarishida alohida shaxslarni, yozganini tasavvur qilishgina emas, ularga tayanadi ham.

Bizning avlodlarimiz, olim-u fuzalolarimiz dunyoviy fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, ularning ilmiy merosini o’rganishning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ularning fan sohasidagi yutuqlari va jasoratlari yoshlarimizning axloqiy tarbiyasida ibrat manbai bo’lmog’i zarur. Chunki bizning allomalarimiz “Siyosiy aql va idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar bo’lgan”.

Bugungi kunda, Prezident Islom Karimov tahkidlaganidek, “Sharq yoki G’arb mamlakatlari bo’ladimi, olis Afrika yoki Osiyo qit’asi bo’ladimi – jahonning qaysi burchagida bo’lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdid paydo bo’lsa, o’zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o’ylab yashaydigan har bir ongli inson, har bir xalq tashvishga tushishi tabiiy, albatta” [27.-B.12]

Haqiqatan ham jahon g’oyaviy kurash maydonida mahnaviy tahdidlar etnik birlik, milliy qadriyatlarga qarshi qaratilmoqda, diniy nizo va murosasizlik chiqarishga yo’naltirilmoqda. Geosiyosiy markazlar islom dini va musulmon mamlakatlarini ham mafkuraviy poligonga aylantirishga urinmoqda. Bu muqaddas dindan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga, uning o’sib borayotgan nufuzini pasaytirishga, qadriyatlarini obro’sizlantirishga harakatlar bo’lmoqda. Bunga yo’l qo’ymaslikni shu kungi ziddiyatli davrning o’zi taqozo etmoqda. Buning uchun dinga sog’lom munosabatni shakllantirish, bag’rikenglik tamoyilini hayot mezoniga aylantirish talab etiladi.

«Men istiqlol g’oyasini, -degan edi I.A.Karimov, - bugungi tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan tahlikali bir dunyoda o’zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o’sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog’i zarur, deb bilamiz» . Milliy iftixordek ulug’vor va teran tuyg’uning paydo bo’lishi esa, ajdodlarimizdan meros qolgan bebaho madaniyatni bilish, qadrlash va yanada boyitish bilan bog’liqdir. Mana shunday ezgu tuyg’u va bunyodkor g’oyalar ongimiz va qalbimizdan joy olishi uchun halqimiz yaratgan betakror madaniyat va ma’naviyatni egallashimiz juda muhimdir.

Xalqimiz yaratgan madaniyat tarixini bilish «biz hechdan kam emasmiz, hech kimdan kam bo’lmaymiz ham» degan g’oyani teran anglab yetishga, hozirgi avlodning salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. O’zbekiston jahonni, jahon O’zbekistonni taniy boshlagan, xalqaro aloqalar kengaygan, yoshlarimiz xorijga borib o’zga mamlakat va xalqlar madaniyati, turmush tarzi, udum-anhanalari bilan bir sharoitda, o’z madaniyati va mahnaviy merosini yaxshi bilmaslik kechirilmas holdir.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling