O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 0.59 Mb.
bet20/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

Bob bo’yicha xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolariga to’g’ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’siri vositalarini bilish zarur.



Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma’lumki , shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi.

Yurtboshimizning ta’lim va tarbiya sohalaridagi mutasaddi tashkilotlar va har bir Vatandoshimiz e’tiborini shu masalaga qaratib, shunday degan edilar “... ulug’ ajdodlarimizni jahon madaniyati va svilizatsiyasiga qo’shgan buyuk xissasini yoshlarimiz biladimi? Albatta biladi. Afsuski, aksariyat hollarda umumiy, yuzaki tarzda biladi”.[25.-B.67] Darhaqiqat, milliy-ma’naviy qadriyatlarning barqarorligi ajdodlarimizning ma’naviy merosiga to’liq egalik bilan bevosita bog’liqligini e’tiborga oladigan bo’lsak, masalaning nechog’lik dolzarbligini yanada oydinlashadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, eng qadimiy davrlardan xalq ommasi ehtiyoji bilan shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivojlangan, muayyan vaqtlarda ta’qiqlangan, katta qarama-qarshiliklar, to’siqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan qadriyatlar uzoq va boy tarixga ega.

Har bir xalqning o’ziga xos milliy qadriyatlari ma’naviy ehtiyojlari va madaniy meroslari mavjud bo’lib, ularni yoshlar tarbiyasidagi o’rni beqiyosdir. Zero butun bir millat milliy qadriyatning asoschisi, ular asnosida yoshlarni tarbiyalovchi murabbiydir.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy, ma’rifiy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qolganligining sababi shundaki, ma’naviy qadriyatlarni tiklash milliy o’zlikni anglash, xalqning ma’naviy sarchashmalarini, uning ildizlarini chuqur o’rganish tabiiy jarayon bo’lishi kerak, deb hisoblanishidir.

O’zbekiston prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida davlatimiz va jamiyatimizning ravnaqi yo’lida barkamollik jamiyatning har bir a’zosi uchun muhim, zarur bo’lgan ma’naviy boyligimiz deyiladi. Shuning uchun ham erkin, ijodiy fikrlaydigan ma’naviy va ma’rifiy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz oldida turgan eng muhim, dolzarb vazifalardan biridir.

O’zbekiston bugungi salohiyati, iqtisodiy holati, xalqimizning aql-zakovati va idorasi bu mas’uliyatli, sharafli ishni bajarishda, el-yurtimizning ozod, farovon, baxtli kelajagini yaratuvchi yosh avlodni tarbiyalashdek vazifani bajarishda zamin va imkoniyatlarimiz beqiyosdir. Mana shunday imkoniyatlardan biri ota-bobolarimizdan qolgan boy, tengi yo’q ma’naviy-ma’rifiy merosdir. Ularning asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, axloq haqida g’oyat ibratli ilm-nazariy fikrlar bayon etiladi. Ajdodlarimizning ta’lim-tarbiyaga, ilm-fanga oid g’oyalarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan boyitib, yosh avlodning tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirishda, bunyodkorlik faoliyatini oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida manbaa bo’la oladi.

Ko’xna tarix qa’ridan bizning davrimizgacha yetib kelgan boy merosimizda donishmandlarimizning insonni aql-idrokli, bilimli, axloqiy fazilatlarga egadir.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish loizimki, ezgu fazilat va intilishlar xalqimizning qon-qoni va suyaksuyagiga singib ketgan. Uning tabiatiga xos bo’lgan yuksak ma’naviyat necha asrlarki bizni ne-ne balo-qazolardan, to’fon va bo’ronlardan sog’-omon asrab kelmoqda. Har qanday bosqin va istelolarga qaramasdan, har qanday va murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o’zligini yoqotmasdan, ma’naviy hayot mezonlari, odob-ahloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagan bugun ham barchamizga ibrat bo’lib, kuch-quvvat bag’ishlab kelmoqda. [26.-B.7]


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling