O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 0.59 Mb.
bet5/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

Moddiy qadriyatlar deb, kishilar moddiy ehtiyojlarini qondirib, o’ziga xos xususiyati va shakllariga ko’ra odamlarda alohida his-tuyg’u uyg’otuvchi moddiy narsalarga aytiladi. Ularga buyuk inshoatlar, bog’ va hiyobonlar, antiqa uy ro’zg’or buyumlari, tarixiy buyumlar va shunga o’xshash narsalar kiradi.

Ma’naviyat – kishilarning egallagan bilimlari va bu bilimlarning hayot tarziga aylanganlik darajasi; qadriyat - ma’lum bir shaxs yoki kishilar guruhida alohida ahamiyatga ega bo’lgan ma’naviyat turi;

Madaniyat - inson olgan bilimlarini hayotda qo’llayotganida boshqalarni zavqlantira olish holati; san’at-avvallari bo’lib o’tgan madaniyat turlaridan birini, shu kunda, sun’iy ravishda tiklab, odamlarda zavq uyg’otuvchi faoliyat turi bo’lsa, madaniy va ma’naviy meros ajdodlar avlodlarga qoldirgan ma’naviyat hamda madaniyat ichidan millatning shu kuniga asqotib turgan qismiga aytiladi.

Ota-bobolarimizning ummonday ma’naviy va madaniy xazinasidan bizga faqat bir qismigina yetib kelgan. Ularning ko’plari tarix sahifalarida qolib ketgan sababi, ular o’z vaqtida xizmatini bajarib bo’lib, bugungi kunimizga yaramay qolgan ular faqat ma’naviy va madaniy yodgorlik sifatida xotirlanadi. Misol uchun, millatimizning ko’rki bo’lgan paranji (yopinchiq) o’z davrida zo’r qadriyat bo’lgan. Ba’zilar paranji yopinishni madaniyat darajasiga ham olib chiqqanlar. Ammo, bu bizga meros bo’lib qolmadi. U millatimizning ma’naviy yodgorligi.

Turli marosim va urf-odatlarimiz milliy asosga ega bo’lib, milliy madaniyatni tashkil etuvchi bo’laklardan biridir. Yoshlarni faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanish, ularni o’quvchilar ongiga singdirish, vatanimiz taraqqiyoti va istiqboliga zid bo’lgan yot qarashlar ta’siridan saqlash bilan jamiyatda insoniy fazilatlarni yanada kamol toptirishga xizmat qilishiga ishona olsak bo’ladi.

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol inson qilib tarbiyalash bugungi mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun zaruriy vazifadir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi fikrlari ibratlidir: “... unib, o’sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo’lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko’tarishning ahamiyati beqiyosdir”.[8.-B.3]

Zero, ma’naviy-axloqiy barkamollik yangi qurilayotgan huquqiy demokratik jamiyatning ravnaqiga samarali ta’sir qiladi. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” kitobida “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak” [9.-B.173] deb ta’kidlaganlar. Shu ma’noda ta’lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, fanlarni o’qitish nuqtai nazaridan o’rganish zaruriyati mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
O’zbekistonning ertangi porloq kelajagi qanday bo’lishi yoshlarning yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda ma’naviy meros imkoniyatlaridan foydalanishga, ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashiga, ijtimoiy, siyosiy, demokratik jarayonlardagi faolligiga bog’liq bo’ladi.

Prezidentimiz I.Karimov takidlaganidek: “Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaitirish masalasini o’z oldimizga asosiy vazifa qilib qilib qo’yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir ko’rsatadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o’rin tutishini anglab olishimiz maqsadga muofiq bo’ladi”.[1.-B.29-30]

Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos surf-odat va an’analari, hayotiy qadryatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, ta’biiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar va etnik qadryatlar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.

Yoshlar ma’naviyatini tarbiyalashda ma’naviy merosning ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ma’naviy yangilanish dasturini asosiy qismini o’zbek xalqi tomonidan barpo etilgan buyuk tarixiy ma’naviy me’rosni saqlash va nashr qildirish tashkil etadi. Bu sohoda mustaqillik yillarida katta ishlar qilinmoqda. Ma’naviyat turli xalq vakillarini, taqdirlarini yaqinlashtirib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Yoshlar hayoti muammolari, ularning ijtimoiy hayotga kirib kelishi faqat pedagoglar va psixologlarni qiziqtirib qolmay, balki faylasuflarni, sotsiologlarni, demograflarni ham qiziqtirib kelganligiga ishonchimiz komil. Yoshlardagi milliy an’analarning halollik, adolat, gumanizm-insonparvarlik kabi umuminsoniy qadryatlarning qaror topishi muammolariga e’tiborimizni qaratishimiz lozim deb topdik.

Insoniyat etnik jixatdan rang-barang. Insonlar o’z taraqqqiyotlarida umumiy qonuniyat va qadryatlar asosida rivojlanadilar. Jahondagi hech bir birja yohud jarayon sof bir shaklda namoyon bo’lmaydi.

Ro’yi zaminda bir-biriga tabiati va harakteri, xulq-atvori va xis tuyg’ulari, orzu armonlari mos tushadigan zotni topish mutlaqo xayoliy bo’lganidek, etnoslar ham bir-biriga to’la o’xshamaydi. Biroq tabiat-geografik muhit ijtimoiy-iqtisodiy sharoit ta’sirida tarixiy umumiylikka ega bo’lgan xo’jalik ma’daniy va tarixiy etnografik tiplar vujudga kelgan.

Etnogenezning - kelib chiqishi

Etnik jarayonni o’rganisgda turli manbalar-arxiv xujjatlari

Etnopedagogika davrimizning ko’p qirrali murakkab etnik jarayonini, millatlar va elatlar orasidagi munosabatlarni, oila-nikox va maishiy turmush muammolarini,

bolalar tarbiyasi, odob-axloq masalalarini jiddiy tadqiq qiladi.

Etnos: millat, irq, qabila, xalq, millat gurux.

Etnos tushunchasi kengrok, dunyoni etnik manzarasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. O’zbek millati ham bir hil emas, masalan Xorazmliklar bilan Namanganliklarni tashqi ko’rinishi, turmush tarzi, shevasi bilan farq qildi.

O’zbeklar orasida moviy ko’zlilar, sariq ko’zlilar, evropoid, mongloidlar uchraydi.

Etnos faqat ijtimoiy xodisa bo’libgina qolmay, tabiiy, biologik xodisa hamdir.

Etnopedagogika xalqlar ularning ta’lim va tarbiyasini o’rganuvchi fandir.

Xar bir xalqning o’z tarixi va madaniyati bor. Xar bir xalq va xatto kichik etnoslar ham jaxon madaniyati xazinasiga oz bo’lsada o’z xissasini qo’shadi.

Xar bir xalqning o’z tarixi va madaniyati bor. Har bir xalq va xatto kichik etnoslar xam jaxon madaniyati xazinasiga oz bo’lsada o’z xissasini qo’shadi.

Fanda “Xalq tushunchasi” turli ma’noda o’rgatiladi. Uni aniqlovchi omillar: til, etnik xudud, turmush va madaniyatdagi o’ziga xoslik, kelib chikishi, umumiyligi, etnik o’zligini anglashi xisoblanadi.

Taraqqiyotning turli davrlarida ulardan biri yoki bir nechtasi aniqlovchi omil hisoblanishi mumkin.

Taraqqiyotning turli davrlarida ulardan biri yoki bir nechtasi aniqlovchi omil hisoblanishi mumkin.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling