O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi termiz davlat universiteti


Download 0.57 Mb.
bet3/3
Sana17.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
#107004
1   2   3
Bog'liq
Normurodov Navro'z


MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………….3-7

I. O’zbekistonda opera janrlarini tashkil topishi va rivojlanishining tarixiy va nazariy asoslari ……………………………………..7-9

1.1. Opera janrining О’zbekistonda paydo bо’lishi va rivojlanishi …9-19

1.2. Opera janri o‘quvchilarni ma‘naviy – axloqiy tarbiyalashda

muhim vosita sifatida ……..19-28

II. Sulaymon lyudakovning “Maysaraning ishi operasi” ……….28-29

2.1. Sulaymon Lyudakovning hayoti va ijodi…………………………29-32

2.2. Maysaraning ishi operasi xususida…………………………32-37



XULOSA……………………………………………………..37-39

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR………………………39-42

ILOVALAR………………………………………………….42-47

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Prezident Islom Karimov ma‘naviyatni avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuchga qiyoslaydi.

―O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma‘naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va Jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratish musiqiy ta‘limni yanada rivojlantirish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Chindan ham yoshlarimiz qalbida ularning musiqiy nafosat dunyosiga oshno etmasdan turib ularning ma‘naviyati haqida so‘z yuritish quruq safsata desak yanglishmaymiz.

Yoshlar qalbida musiqa orqali yuksak nafosat ―nafis his-tuyg‘ular , sog‘lom did, vatanga muhabbat, insonparvarlik, yuksak milliy g‘urur, milliy iftixor o‘sib shakllanib boradi. Asta-sekin ona yurtimizda aqlli, didli, madaniyatli, ma‘naviyatli avlod o‘sib etishadi. Shu holatni teran anglagan va uzoqni ko‘ra olgan prezidentimiz ―bugungi kunda musiqa san‘ati navqiron avlodimizning yuksak ma‘naviyat ruhida kamol topishida boshqa san‘at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta‘sir ko‘rsatmoqda deb ta‘kidladilar.

Prezidentimiz I.A.Karimov – ―Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch ― asarida: - ―Agar insonning qulog‘i engil-yelpi ohanglarga o‘rganib qolsa, borabora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma‘naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir oqibatda bunday odam ―Shashmaqom singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi- deb ta‘kidlangan. Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni yuksak idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina qolmay balki ma‘naviy dunyoqarashlarini shakillantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli e‘tibor, kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasidir. Buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Al Forobiy "Bu fan hammamiz uchun foydalidir" degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diyning shunday so'zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir". Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositadir.

Shu bois o'quvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan

musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo'lib

qoladi.

Maktabda o‘quvchilarga qo'shiq kuylatish, opera va balet asarlarini tinglash orqali yoshlarni ma‘naviy va axloqiy tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Musiqaning axloqiy-estetik tarbiyadagi roli falsafa, musiqashunoslik va ijrochigagina doir adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan bo'lsa -da, lekin opera va balet janrlarining shaxsni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli haligacha ilmiy yoritilmagan. Buning sababi bizningcha opera va balet janrining murakkabligi va uning inson ongiga ta'sirining ko'p qirraliligidir. Biz ushbu ishimizda opera va balet san'atining tarbiyaviy jihatlarini va uning yangi insonni kamol toptirishdagi rolini yoritishga harakat qilamiz.



Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz bitiruv malakaviy ishimiz

mavzusini quyidagicha belgiladik: ―O'quvchilarda opera va balet janrlarini

idrok etishni o‘rgatishning musiqiy pedagogik xususiyatlari.

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi - barkamol avlodni yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalashda o`zbek musiqa madaniyatida kompozitorlar ijodidan kengroq tanishtirishdan iboratdir.

Kurs ishining vazifalari - o‘zbek musiqa madaniyatida bastakorlar va kompozitorlarning ijodi. bilan yaqindan tanishish, musiqashunos olimlarning ushbu mavzuga oid fikrlarini o`rganib chiqish.

O‘zbek musiqa madaniyatida bastakorlar va kompozitorlarning ijodi. va ularni xususiyatlari orqali o`quvchilarda badiiy didni o`stirish.

O‘zbek musiqa madaniyatida bastakorlar va kompozitorlarning ijodi orqali vatanparvarlik, tinchliksevarlik, do`stlik tuyg`ularini shakllantirish, yuksaltirish yo`llarini ishlab chiqish.

Musiqiy – badiiy vositalar orqali o`smir yoshlarda milliy istiqlol g`oyalarini shakllantirish.

Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti sifatida Termiz Davlat universiteti kafedrasi, Termiz san’at kolleji, o’quv qo’llanmalar, darsliklar, ilmiy risolalar, maqolalardan iborat.

Kurs ishining predmeti. O‘zbek musiqa madaniyatida bastakorlar va kompozitorlarning ijodi bilan tanishtirish orqali o`quvchilarda kompozitorlik ijodida shakllangan asarlar haqida tushunchalarini singdirishning turli shakl va metodlaridir. Yurtimizda olib borilayotgan ko’plab ishlar bu - o’lmas durdonalarimiz bo’lmish asarlarimiz hisoblanadi. Biz ularni yo’qolib ketishdan asrash va avaylash maqsadida turli yo’llar va yo’nalishlar orqali uni xalqqa yetkazib berish. Mazkur kurs ishida o’zbek musiqa ijodi tarixi, kompozitorlar ijodi va ularning o’ziga xos xususiyatlari, kompozitorlarimizning hilma-hil janrdagi va turli harakteridagi rang-barang asarlari xususida alohida e’tibor berilgan.

I. O’zbekistonda opera janrlarini tashkil topishi va rivojlanishining tarixiy va nazariy asoslari

Opera-musiqa san‘atining eng yirik janri hisoblanadi.U bastakorning talabiga javob beradigan libretto, ya‘ni she‘riy dramatik pyesa asosida yaratiladi. Opera ham teatr tomoshasidir, barcha sahna bezaklari, kiyim kechaklar, raqs harakatlari va boshqalar asar mavzusini, bo‘lib o‘tayotgan voqea davrini ochishga xizmat qiladi. Operada voqealar, gapiriladigan so‘zlar- u kuylanadigan qo‘shiqlar, hamma-hammasi musiqaga asoslangan bo‘ladi.

Opera-lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, mehnat mahsuli, asar degan ma‘noni bildiradi. Opera qorishma (sintetik)janr hisoblanadi, u o‘zida bir necha san‘at turlarini mujassam etadi: Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san‘at va raqs san‘ati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bog‘lanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Operaning adabiy asosilibrettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan,avvalo vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi.Qaxramonlarning hissiy kechinmalari asosan yakkaxon xonanadalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida o‘z ifodasini topadi. Xor esa ro‘y berayotgan voqealarning izohlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi . Operada orkestr ham katta o‘rin egallaydi: vokal sikllarga jo‘r bo‘ladi, mustaqil cholg‘u qismlarida vaziyatning mazmunini ochib beradi. Operaning tuzilishi uning g‘oyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog‘liq.

Opera XVI asrning oxirlarida Italiyada paydo bo‘lgan. U mavzusi va musiqa tiliga qarab, asosan ikki turga ya‘ni jiddiy operalar va hajviy operalarga bo‘linadi.

Italiyalik bastakor Juzeppe Verdi, Avstriyalik bastakor Volfgang Amadey Motsart opera yaratishning eng yaxshi namunalarini yozib ketganlaridan so‘ng, bu janrning taraqqiyoti XIX asrda Rossiyada yuksaklarga ko‘tarildi. Buni butun dunyo xalqlari tan oladi. Bastakor Mixail Glinka (1804-1857-yillarda yashab, ijod qilgan)- Ivan Susanin, Ruslan va Lyudmila operalarini yaratib rus opera san‘atiga asos soldi.

JuzeppeVerdi 1813-1901-yillarda yashab, ijod qilgan Italiyalik buyuk bastakordir. Uning –Aida , Rigoletto, Traviata, Otello kabi operalari shu janrda yaratilgan 27 ta asari ichida eng durdonalari hisoblanadi. Verdi operalari sahnaga qo‘yilib, birinchi ijro bo‘lgan kun Italiyada bayramga aylanib ketardi. Xalq muallifni olqishlab, hozirgina tinglab- tomosha qilgan operalaridan kuy-qo‘shiqlarini, yodlab olib, ko‘chalarda baralla aytib uylariga qaytishardi.

Albatta, bunday muvaffaqiyatlarning sababi, J. Verdi o‘z xalqining kuy ohanglarini yaxshi bilishi va o‘tkir didli ijodkor sifatida tinglovchilar ehtiyojini yaxshi sezishidir. Juzeppe Verdidan so‘ng butun dunyo xalqlaridan chiqqan bastakorlar uning darajasida operalar yaratishni havas qilishadi, orzu qilishadi... Demak, jahon opera san‘atida J.Verdi ijodining o‘z o‘rni bor va ahamiyati katta.

Asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan opera durdonalari mualliflarining nomlari bugungi kunda ham butun dunyoga taniqli.

Volfgang Amadey Motsartning Volshebnaya fleyta ( Sehrli nay) Jorj Bizening Karmen operasi, Pyotr Chaykovskiyning Pikovaya dama(‖Toppon xonim) , Evgeniy Onegin operalari, N.Rimskiy Korsakovning Snegurochka(Qorqiz), Satko, Shoh Sulton haqida ertak, Oltin xo‘rozcha operalari butun dunyoda mashhurdir.

Turkistonda uzoq yillar davomida rus ziyolilarning yashab turganlari, ularning san‘atga bо’lgan qiziqishlari natijasida Toshkentda rus opera teatri ochiladi. Opera teatrining tashkil topishida asosiy turtkilardan yana biri Italiya opera guruhining 1900 yilda Toshkentda qilgan gastrollari (ijodiy safarlari) bunda asosiy sababchi bо’lgan. Italiyaliklar Toshkentda «Rigoletto», «Traviata», «Trubadur», «Karmen», «Faust» kabi operalarni rus ziyolilariga tanishtirganlar. Shu bilan birga rus ziyolilari о’z konsert dasturlarida g’arb va rus klassik kompozitorlarining simfonik asarlarini operalardan parchalarni, simfonik syuitalarni ijro etishlari bilan rus opera teatrining tashkil topishida poydevor yasaganlar. Opera teatrining birinchi spektakllari Dargomijskiyning «Rusalka», Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operalari bо’lgan. Opera janrining keng ommaga tarqalib borgani tufayli rus opera teatri sahnasida Verdining «Rigoletto», Sharl Gunoning «Faust», Rubenshteynning «Demon», Chaykovskiyning «Pikovaya dama», Musorgskiyning «Boris Godunov», Boroddining «Knyaz Igor», Verdining «Traviata», «Aida, Puchchinining «Bogema», Rossinining «Seviliya sartaroshi» asarlari sahna yuzini kо’rdi. Rus opera teatrining san‘atkorlari O‘zbekiston viloyatlariga chiqishlar tashkil qilib opera san‘atini o‘zbek xalqi orasida targ‘ibot eta boshladilar va bu xizmatlari o‘zbek operalarini tashkil topishiga asos bо’ldi.30- yillarning 1-yarmisidan boshlab birinchi o‘zbek operalari vujudga kela boshladi. Bular S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Bо’ron» operasi bilan R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operalari edi.«Bо’ron» operasi besh pardali katta asar bо’lib uning mazmunida 1916 yilda Jizzaxda bо’lib о’tgan o‘zbek xalqining chor hukumati bilan bо’lgan tо’qnashuvlari о’z aksini topgan. Qо’zg’olon bostirilgan bо’lsa ham lekin o‘zbek xalqining ozodlikka chiqish uchun intilishlari asarda asosiy maqsad bо’lib qolgan.

Operaning qisqacha mazmuni. Boydan qarzdor bо’lgan Bо’ron ismli dehqon yerlarini tortib oladilar. Lekin shu vaqtda Bо’ron Jо’ra ismli о’g’lini Norgulga о’ylantirish kerak edi. Yon qо’shnilar Bо’ronga moddiy yordam berib tо’yni boshlaydilar. To‘y avjida mahalliy amaldorlar kelib o‘zbek yigitlarini boshqa shaharlarga «Mardikorlikka olib ketmoqchi bо’ladilar. Lekin amaldorlar о’z farzandlarini qoldirib kambag’allar bolalarini jо’natmoqchi bо’ladilar. Dehqonlar qarshilik kо’rsatib о’nboshini о’ldiradilar. Bо’ron boshchiligidagi bir guruh dehqonlar toqqa chiqib ketadi. Ularga Jо’ra ham qо’shiladi. Podshoh tomonidan yuborilgan qо’shinlar qishloqda ancha qon tо’kadilar va shular qatorida Norgul ham nobud bо’ladi. Bо’ronning hovlisiga о’t qо’yadilar. Shu vaqtda Bо’ron boshchiligidagi dehqonlar qishloqqa kirib kelib podshoh qо’shinlarini quvib yuboradi.

1.1. Opera janrining О’zbekistonda paydo bо’lishi va rivojlanishi

Operaning qisqacha mazmunini (librettosini) Komil Yashin yozgan. Unda ikki tuzim qarama-qarshiligi, xalqlar orasidagi dо’stlik aniq" о’z ifodasini topgan. Operadagi asosiy qahramon bu xalq. Xalq Bо’ron boshchiligida podshoh tuzumiga qarshi kurashadi.

Operada juda kо’p xalq qо’shiqlari «Gul о’yini», «Girya », «Chamanda gul», «Tanovor», «Oq oydin kechalar», «Farg’onacha» kompazitorlar tomonidan orkestlashtirilib asar mazmunini boyitishga sababchi bо’lganlar.

«Bо’ron» operasida Hamzaning «Ishchi bobo», «Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar» qо’shiqlaridan foydalanilgan. «Bо’ron» operasida ariyalar uncha kо’p bо’lmasada lekin bor ariyalar obrazlari xarakterlarini yoritishida salmoqli musiqiy asarlar jumlasiga kiradi.

S.Vasilenko bilan M.Ashrafiy bu operani olti oy davomida ijod qilib 1939 yilning 25 martida tugallaydilar. «Bо’ron» operasini sahnalashtirishda ancha qiyinchiliklar ham bо’ladi. Birinchidan bu yangi janrni sahnada ijro etishda xonandalarga noqulayliklar tug’dirdi, chunki musiqali drama bilan opera orasida katta farq bor edi. Lekin shu bilan birga milliy uzbek og’zaki an‘analari bilan bog’liq bо’lgan sahnalar ham ijrochilarga va tinglovchilarga ham maroq bag’ishlagan edi.

«Bо’ron» operasini sahnalashtirishi bu ikki (rus va o‘zbek) millat orasidagi birodarlikni mustahkamlashda va ikki kompazitorlar S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning ijodiy hamkorliklarini timsoli bо’ldi.

Opera 1939 yilda Toshkentda sahnalashtirilib o‘zbek musiqali drama teatri O‘zbek Davlat opera va balet teatriga aylandi. Asosiy rollarni Halima Nosirova (Norgul), Karim Zokirov (Bо’ron), Fotima Boruxova (Zebiniso)lar ijro etganlar.

O‘zbek operasining dunyoga kelishi bu zamon talabi bо’lib respublikamizning madaniy rivojiga yana bir katta qadam hisoblanadi.

«Bо’ron» operasi bilan bir qatorda G.M.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operasi ijod qilindi va bu asar A.Navoiyning shu nomli dostoni asosida yaratilgan edi.

Operaning qisqacha mazmuni arab qabila boshlig’ining Layli ismli qizi Qays nomli yigitni sevadi. Layli Qaysning ishqiy she‘rlariga, xotin-qizlarni e‘zozlaydigan asarlariga mahliyo bо’lgan edi. Lekin shariat qoidalariga kо’ra Qays islom diniga xiyonat qilgan, chunki ayollarni erkaklar bilan tenglashtirgan. Ruhoniylar Qaysni-Majnun, ya‘ni devona deb kamsitiadilar. Odamlarning diqqati tushib qolgan Qays Layli bilan bо’lgan muhabbatini oxirigacha yetishiga ishonch hosil qilmagach dashtu-sahrolarga yovvoiy hayvonlar orasiga chiqib ketadi. Layli esa otasining ixtiyori bilan badavlat kishi Ibn-Salomga turmushga chiqishi kerak bо’lganda sevgan yigiti Qaysni qo‘msab qо’ladi. Uning qabri ustida Qays ham jon beradi. Ular motamlarini faqat yaqin qovmu-qarindoshlari tutadilar. Ikki sevishgan qabrida ikkita qizil gul о’sib chiqadikim, bu-о’lmas sevgi va hamisha yoshlik timsoli edi.

«Layli va Majnun» operasida obrazlar ariyalarida o‘zbek musiqa merosi maqomlar, xalq kuy va qо’shiqlari asos bо’lib unda «Iroq», «Segoh», «Ushshoq», «Chorzarb», «Chorgoh», «Bayot», «Chapandozi gulyor»lar ishatilgan.

40-50 yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri sahnasida bir necha opera asarlari sahnalashtiriladi. Uning repertuaridan rus va chet el opera va balet asarlari о’rin olib shular qatoriga qardosh xalqlar kompozitorlarining asarlari ham teatr sahnasidan joy oladi. (Yu.Kabalevskiyning «Taras oilasi», T.Xrennikovning «Bо’ronda», G.Mayborodaning «Arsenal» va A.Kozlovskiyning О’zbekistonda ijod qilgan «Ulug’bek» operalari shular jumlasiga kiradi. Lekin kо’zga tashlangan muammolardan eng asosiysi bu milliy o‘zbek operalarini ijod qilish va ularni sahnalashtirishdan iborat edi. Shuning uchun ham 1947 -1967 yillar davomida bir necha o‘zbek milliy operalari ijod qilinib teatr sahnasida qо’yildi. Oldingi yillar sahnalashtirilgan operalar: S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Ulug’ kanal», R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Gulsara», T.Jalilov va B.Brovtsinlarning «Tohir va Zuhra», G.Mushel va V.Uspenskiylarning «Farhod va Shirin» operalari bilan bir qatorda Yangi ijod qilingan o‘zbek milliy operalari ham asta-sekin musiqa san‘atining opera janrida ijod qilinib sahna yuzini kо’radi. Bular M.Ashrafiyning «Dilorom», T.Sodiqov, B.Zeydman, Yu.Rajabiy, D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon», S.Boboyevning «Hamza», M.Yusupovning «Xorazm qо’shig’i», M.Ashrafiyning «Shoir qalbi», R.Hamroyevning «Zulmatdan ziyo» asarlaridir.Yuqorida nomlangan asarlar orasida A.Navoiyning «Sabbai sayyor» poemasidan «Dilorom» operasi dramaturglar K.Yashin va Mumtoz Muxammedovlar bilan kompozitor M.Ashrafiyning o‘zbek klassik adabiyotidan zamonaviy asar yaratishda qilgan xizmatlari o‘zbek musiqa madaniyatida alohida о’rinni egalladi.Tо’rt parda va yetti kо’rinishdan iborat «Dilorom» operasi A.Navoiy nomli Davlat opera va balet teatri sahnasida qо’yiladi. Voqealar shoh va amaldorlarning xalqqa nisbatan shafqatsizligi va zulmdan xalq norozi bо’lib qо’zg’olon kо’tarishidir.Diloromni kuch ishlatib olmoqchi bо’lgan shoh Bahrom va uning sheriklariga qarshi kо’tarilgan kurash fonida yuz beradi. Dilorom shafqatsiz shohga bо’ysynmaydi va о’z hayotini qurbon qilib nomus va muhabbatini saqlab qoladi.



1.2. Opera janri o‘quvchilarni ma‘naviy – axloqiy tarbiyalashda

muhim vosita sifatida

Jahondagi eng buyuk musiqa janrlaridan bo‘lmish opera san‘ati o‘zbek xalqining ham turmush madaniyatiga kirib kelishi, jahon xalqlari o‘rtasida o‘ziga yarasha obro‘-e‘tiborini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Opera-lotincha so‘zdan olingan bo‘lib,mehnat maxsuli, asar degan ma‘noni bildiradi. Opera qorishma (sintetik)janr hisoblanadi, u o‘zida bir necha san‘at turlarini mujassam etadi:unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san‘at va raqs san‘ati shakllari yaxlit saxnaviy jarayonda uzviy bog‘lanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Operaning adabiy asosi- librettodagi voqealar musiqiy darmaturgiya vositalari bilan,avvalo vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi.Qaxramonlarning hissiy kechinmalari asosan yakkaxon xonanadalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida o‘z ifodasini topadi.

Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar) larda qahramonlarning o‘z aksini topadi. Xor esa ro‘y berayotgan voqealarning izohlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestir ham katta o‘rin egallaydi:vokal shakllarga jo‘r bo‘ladi, mustaqil cholg‘u qismlarda vaziyatning mazmunini ochib beradi. Operaning tuzilishi uning g‘oyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog‘liq.

O‘zbekistonda opera janri XX asr boshida o‘zbek musiqali dramasining rivoji asosida, shuningdek chet el mumtoz operasining ta‘sirida yuzaga keldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Toshkentda gruzin,italyan, tatar, rus va ozarbayjon opera truppalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Rus opera teatri o‘z faoliyatini boshladi

1929-yilda Muhiddin qori Yoqubov tashabbusi bilan o‘zbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari asosan musiqali dramalardan iborat bo‘lgan. Mazkur teatr sahnasida o‘zbek tilida birinchi bo‘lib M.Magomaevning “Nargiz”, E.Brusilivskiyning “Er Targ‘in” operalari qo‘yildi. O‘zbek opera va balet truppasi O‘zbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, o‘z faoliyatini kompozitorlar S.Vasilenko va M.Ashrafiy yaratgan “Bo‘ron” (1939) operasi bilan boshladi. Operaning prem‘erasi 1939-yil 11-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tdi. K.Yashin librettosi. Bu asarning sahnalashtirilishi O‘zbekistonning musiqali teatr hayotida katta voqea bo‘ldi. Aynan, “Bo‘ron” operasi premerasidan so‘ng musiqiy dramatik teatr O’zbek Davlat opera va balet teatri nomini oldi.

“Bo‘ron” operasida o‘zbek xalqining chorizmga qarshi 1916-yilgi qo‘zg‘oloni davri o‘z aksini topgan. Operaning bosh qahramoni xalq bo‘lganligi sababli ommaviy sahnalar muhim ahamiyatga ega, har bir pardaning avjini xalq sahnalari tashkil etadi. Opera xorlarida kuy materiali ko‘proq statali bo‘lib, u xalq kuylari va Hamza qo‘shiqlaridan olingan. Masalan, 1-pardadagi dehqonlar xori Hamzaning ‖Ishchi bobo‖, 2-pardaning fenal sahnasida “Biz ishchimiz” qo‘shig‘i yangraydi.

Asarda xalq musiqa ijodiyoti namunalari orqali gavdalantirilgan lavhalar muvaffaqiyatli chiqqan, biroq rechitativlarda musiqa va nutqni ohangga solishda nomuvofiqlik seziladi. Kompozitorlar mazkur asarda dramatik spektaklni musiqalashtirish uslubiga barham berdilar. Bu asarda musiqa jo‘r bo‘libgina qolmay, balki tashkiliy ahamiyat kasb etadi. Ariyalar oddiygina ijro etiladigan qo‘shiq sifatida emas, balki qahramon obrazini yorituvchi vosita bo‘lib keldi.

“Bo‘ron” bilan deyarli bir vaqtda A.Navoiy dostoni asosida “Layli va Majnun” operasi ustida ham ish olib borildi. 30-yillarda “Layli va Majnun” musiqali drama sifatida namoyish etilgan edi. Tomoshabinlar e‘tiborini qozongan bu asar qaytadan ishlanib operaga aylantirildi. Librettosiga juda ko‘p voqealar kiritildi. Ushbu asar musiqa tuzilishiga ko‘ra o‘zbek musiqali dramasi an‘analarini davom ettirdi. Operaning asosi yakka kuylashdan iborat bo‘lib, ansambl va xorlar ham o‘rin egallagan. Orkestr ko‘proq xonandalarga jo‘r bo‘ladi. Ariyalar og‘zaki an‘anadagi kasbiy musiqa namunalariga asoslangan.

Operada musiqiy tavsiflar kam. Emotsional jihatdan bir rejaligi, mazmuni va musiqa rivoji sustroq bo‘lganligiga qaramay, “Layli va Majnun” operasi tinglovchilar e‘tiborini qozondi. Asar partiturasida mavjud bo‘lgan qisman opera dramaturgiyasi elementlari o‘zining milliy badiiy an‘analar bilan uzviy bog‘langanligi uchun qimmatlidir.

Shunday qilib, rus va o‘zbek kompozitorlarining hamkorligida yaratilgan birinchi opera “Bo‘ron” va “Layli va Majnun” o‘zbek musiqa teatrining keyingi rivojiga asos bo‘ldi, zamonaviy professional san‘atning murakkab janrlarini o‘zlashtirishga yordam berdi. O‘zbek musiqali teatri o‘zining o‘n yillik (1929-1939) faoliyati davomida Musiqali etnografik ansambllardan musiqali nomerlarga ega dramatik spektakllar orqali musiqali drama hamda undan operagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Dastlabki o‘zbek operalari o‘zbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda O‘zbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivojlandi. XX asrning 40-yillaridan boshlab o‘zbek opera san‘atining yo‘nalishida yangi davr boshlandi. Birin-ketin turli mavzularda yaratilgan operalar paydo bo‘la boshladi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida vatanparvarlik va tarixiy qahramonlik mavzularida A.Kozlovskiyning “Ulug‘bek”, O.Chishkoning “Mahmud Torobiy” operalari yaratildi.

Urushdan keyingi dastlabki yillarda ko‘proq musiqali drama rivojlangan bo‘lsa, 50- yillarning ikkinchi yarmida kompozitorlarning opera janriga qiziqishlari sezilarli darajada kuchaydi. Ushbu davrda yaratilgan musiqaviy sahna asarlarini xarakterlar ekanmiz, Birinchidan, dramaturgiya mazmuni voqelikning muhim tomonini aks ettirishga intilishi natijasida zamonaviy mavzuda keskin burilish kashf etgani, ikkinchidan esa o‘zbek kompozitorlarining mustaqil ijod qila boshlanishi ko‘zga tashlanadi. 1950-1967-yillarda teatr repertuari bir qator asarlar bilan boyidi. Sahnada namoyish etilgan operalar qayta ishlanib yangi tahrirda yuzaga keldi.Masalan, M.Ashrafiy va S.Vasilenkoning “Ulug‘ kanal” deb nomlangan operasi yangi tahrirda “Baxt vodiysi” deb o‘zgartirilib namoyish etildi. R.Glier va T.Sodiqovning “Gulsara”, T.Jalilov va B.Brovtsinning “Tohir va Zuhra”, G.Mushel va V.Uspenskiyning “Farhod va Shirin” kabi operalari shular jumlasidan.

1958-yildan boshlab yangi teatr mavsumi boshlandi, o‘zbek kompozitorlari sahnalashtira boshladilar. Bular M.Ashrafiyning “Dilorom”(1958), T.Sodiqov, Yu.Rajabiy, B.Zeydman va D.Zokirovlarning “Zaynab va Omon” (1958), S.Yudakovning “Maysaraning ishi” (1959), S.Boboevning “Hamza” (1961), M.Ashrafiyning “Shoir qalbi” (1962), M.Yusupovning “Xorazm qo‘shig‘I”, R.Hamroevning “Zulmatdan ziyo” (1966) operalaridir.

Mavzu va badiiy saviyasi har xil bo‘lgan mazkur asarlar tomoshabinlar tomonidan turlicha qabul qilindi. Ba‘zilari sahnadan tezda tushib ketdi, boshqalari esa teatr repertuaridan muhim o‘rin egalladi.



II. Sulaymon lyudakovning “Maysaraning ishi operasi”

1.1 Sulaymon Lyudakovning hayoti va ijodi

O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Sulaymon Aleksandrovich Yudakov XX asr o‘zbek musiqasi san’atini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.

Sulaymon Yudakov 1916-yil 14-aprel qo‘qon shahrida kambag‘al kosib oilasida tug‘ildi. U 7 yoshidan poyafzal tozalovchi bo‘lib ishlaydi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi: “ishim yurishib, pul topadigan bo‘ldim. Kunlardan bir kun qomati kelishgan, ovro‘pacha kiyingan odam kelib o‘tirib, etigini tozalattirdi va meni gapga soldi. oilaviy ahvolimni va kechki maktabga endigina borganimni bilib, meni 1928-yili etim bolalar uyiga joylashtirdi. menga otalik qilgan odamning ismi sharifini surishtirsam, Hamza ekan”.

Sulaymon Yudakov bolalar uyida damli cholg‘u asboblar orkestriga qatnashib, fleyta chalishni o‘iganadi. 1932-yili Moskva davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqa “Rabfak”ni fleyta sinfiga o‘qishga kirdi. 1934-yilda “Rabfak” bekilib, konservatoriya qoshida moskva davlat musiqa texnikumi oehiladi. Sulaymon Yudakov mazkur texnikumning kompozitorlik bo‘limiga o‘qishga qabul qilinadi. Kompozitsiyadan avval M.Mesnerda, so‘ngra M.Gnesinda ta’lim oldi. 1938-yil texnikumni bitirganidan so‘ng, R.Gliyer sinfida kompozitsiyadan saboq oldi.

Sulaymon Yudakov 1941-yildan boshlab asosan, ijod bilan shug‘ullanib, o‘zbek musiqa madniyati rivojiga o’z hissasini qo‘shdi. U yurt qahramoni qo‘chqor Turdiyevga bag‘ishlab, “do‘stlar”, “oldinga bosing”, “Chavandozlar qo‘shig‘i” kabi qo‘shiqlar, “Xabibi tu manammromansi, 1942-yil “Farzand” musiqali dramasi, torli kvartet uchun uchta pyesa, simfonik orkestr uchun “Syuita” asarlarini yaratdi. 194l–42-yillarda ijod qilish bilan birga Hamza nomidagi san’atshunoslik ilmiytadqiqot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1943-44-yillarda Tojikiston filannoniyasida badiiy rahbar sifatida faoliyat olib bordi. Kompozitor Tojikiston davlat madhiyasining musiqasini ham yozgan.

1946-yilda u Toshkentga qaytib kelib, o‘z ijodini davom ettirdi. Xor, yakkaxon, sirnfonik orkestr uchun “G‘alaba” kantatasi, “Kuylama sohibjamol”, “Guliston tepaliklarida”, “Bulbul”, “Inezilya men bu yerdaman” kabi romanslari, A.Lohutiy so‘ziga “Afsonayi dil”, “Tasfiri tu” romanslari, skripka va fortepiano uchun “sharqpoemasi” shular jumlasidandir.

Kompozitor turli janrda ko‘plab asarlar yaratdi. Uning skripka, violonchel va fortepiano uchun “Syuita”si (1946), simfonik orkestr uchun “Tantanavor uverturasi” (1949), torU kvartet uchun “syuita”si (1949), simfonik orkestr uchun “Xorazmcha bayram marshi”(1951), “mirzacho‘l” vokalsimfonik syuitasi (1951), “Tinchlik kabutari” syuitasi (1954), “mening Vatanim” kantatasi (1955), “muborakbod” kantatasi (1972), “o‘zbekiston” yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun poema-kantatasi(1973), “G‘alaba” oratoriyasi(1975) hamda bir qancha qo‘shiqlari o‘lkamizni zamonaviy musiqa san’atiga yana bir iste’dodli kompozitor kirib kelganidan darak beigan edi.

Kompozitor Sulaymon Yudakovga eng katta shuhrat keltirgan asari “Maysaraning ishi” nomli birinchi o‘zbek komik operasi bo‘ldi. 1958-yilda alisher Navoiy nomidagi (o‘zbekiston davlat katta akademik opera va balet teatrida sahna yuzini ko‘rgan mazkur asar teatrning asosiy repertuatlaridan biri bo‘lib, hozirga qadar ijro qilimnoqda.

Kompozitor 1997-yilda “Nasriddin afandining yoshligi” nomli birinchi komik baletni yaratdi, U R.Hamroyev va M.Melkumov bilan hamkorlikda “Oq yo” musiqali dramasini yozdi. “Furqat”, “Gullar ochilganda”, “Temirchi bayrog‘i” kabi kinofilmlarga ham musiqa bastalagan. U kamer-cholg‘u ansambl va orkestrlariga ham asarlar yaratgan.

Kompozitor Sulaymon Yudakovning buyuk xizmatlari ordenlari, bir necha medallar bilan, “o‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi”, “o‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.



2.1. Maysaraning ishi operasi xususida

“Maysaraning Ishi”. Alisher Navoiy nomidagi akademik katta opera va balet teatr jamoasi kompozitor Sulaymon Yudakov, shoir -dramaturg Sobir Abdulla va M.Muhamedovlar hamkorlikda“Maysaraning ishi” nomli hajviy operani 1959-yilning 6 –yanvarida tomoshabinlarga havola qildi. Opera premyerasi juda katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tdi. Respublikamizning madaniy - ma’naviy hayotida ulkan voqeaga aylandi. Operaning sahnalashtirilishida ishtirokchilar: dirijor Fazliddin Shamsuddinov, baletmeyster Mukarrama Turg‘unboyevaga, asosiy rollami ijro etuvchilar: Maysara - Halima Nosirovaga, Oyxon - Saodat Qobulova, Cho‘bon Ali - Sattor Yarashevga, Mulla do‘st - Karim Zokirovga, qozi - Xusan Ismoilovga, Hoji Darg‘a - Jamol Nizom Xo‘jayevga, Hidoyat - Mixail Davidov. Mazkur opera, bir necha avlodlar ko‘rish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. “Maysaraning ishi” operasining musiqiy tili yorqin milliy ohangdorligi, jo‘shqin - jozibadorligi va musiqiy dramaturgiyasining badiiy baquvvatligi bilan alohida ajralib turadi. Musiqa muallifi S.Yudakov atoqli shoir va bastakor Hamzaning shu nomli pyesasi asosida yozilgan librettoga musiqa bastalashda operada ishtirok etuvchi asosiy personajlarni xatti -harakat va munosabat, niyatlaridan kelib chiqqan holda yondashib, ijobiy va salbiy obrazlarni har biriga, alohida o ‘zbek xalq qo'shiq, lapar va yallalarga juda yaqin turadigan, original, yorqin “Musiqiy portref’lar yaratgan. Ya’ni hajviy opera janrning barcha tipik xususiyatlariga yondashib, kompozitor tez harakat rivojlanuvchi hajviy epizodlar, sahna voqealarini uzviy ravishda o'zgarishlari va bog'lanishlari, burro - burroli rechitativ dialoglarni mantiqligi, yorqin - milliy xushchaqchaq musiqiy sadolarni ta’sirchanliklari bilan tomoshabin - tinglovchilarni maftun qildi.

Opera musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida, partituraga kiritilgan ariyalar, duet, trio, kvartet, kvintet, voka! ansambllar, ommaviy xorlar, o‘rinli joyda jaranglaydi. Simfonik orkestr vokal nomerlarga birgina jo‘r bo’lib qolmasdan, u ayrim epizodlarda, mustaqil ravishda muhim rol o'ynaydi. Yuqorida zikr qilingan musiqiy alomatlar mazkur hajviy operaning ta’sirli mavqeini mukammal ravishda boyitadi.

Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” birinchi hajviy operasi, jahonga mashhur bolgan hajviy operalarni qatoridan munosib o‘rin oldi desak mubolag'a bolmaydi. Chunki mazkur operada ham opera “buffa”dagi kabi barcha tipik xususiyatlari to’la -to‘kisdir. Ya’ni ohangdor ariyalar, vokal - ansambllar, ommaviy xorlar, ohangdor va “secco” (tez harakatda so'zlash) rechitativlar orkestr sadolari bilan hamohang birlikda jonli va ildam sur’atda sahnada sodir bo’layotgan jiddiy va hajviy vaziyatlar, mukammal ravishda tasvirlanadi.

O'gli voyaga yetgunga qadar saqlashga topshirgan va singlisi Maysarani ogohlantirgan. Yillar o'tadi. Cho‘pon Ali voyaga yetib Oyxonni sevib, unga uylanishga ahd qiladi. Cho‘pon Ali va Maysara Qozini huziiriga bir necha bor, pulni va vasixani talab qilgani borishadi. Lekin Qozi turli bahonalar qilib talabni qondirmaydi , chunki niyati buzuq va ochko‘z Qozi o‘zi Oyxonga o‘ynash bo’lmoqchi va tillo pulni bergisi yo‘q. Mirshablarni boshlig’i Hoji Darg‘a va Qozini o‘g‘li qonunshunos Hidoyatlar ham Oyxonga o'ynash bo'lmoqchi niyatida xatti - harakatga kirishadilar. Bu hukmdor va mansabdor kimsalarni jirkanch - yovuz niyatlarini fahmlagan Maysara aql - zakovati bilan ish tutib, puxta o‘ylab rejali holatda to‘ymas, ochko‘z Qozi, badjahil Mirshab Hoji Darg‘a va qonunbuzar Hidoyatlarni laqillatib, o‘ta ketgan noqulay vaziyatga ularni solib qo‘yadi- Maysara ularni xalq oldida sharmanda qilib, kuladilar. Cho‘pon Ali va Oyxonning bir - birlariga bo‘lgan sevgi - muhabbatini saqlab qoldi va ular murodu maqsadlariga yetishadilar.

“Maysaraning ishi” operasi avval kirish cholg‘u musiqa, keyin muqaddima bilan boshlanadi. Simfonik orkestrga kiritilgan o'zbek xalq sozlaridan: nog‘ora, doira, rubob, karnayni trambon va valtornalarda emitatsiya qilishlari tufayli muqaddimada ijobiy obrazlardan: Maysara, Oyxon, Cho‘pon Ali, Mulla Do'st, salbiy obrazlardan; Qozi, Hoji Darg‘a va Hidoyatlarni turli tomonlarini xarakterlovchi “leytmotiv”lar operani rivojlanish jarayonida muhim ro’l o ‘ynaydi, Muqaddimaga kiritilgan “leytmotiv”lar jaranglash jarayonida har bir personajni qotib qolgan haykal siymosi namoyon bo’ladi, (sahnada aktyor oddiy ovoz bilan) ularning qiyofalarini ta’riflaydi, mavzu oxirida ular jonlanib chiqib ketadilar. Ya’ni har bir personajning xarakteriga, yurish - turishlariga, xatti -harakatlariga xos leytmotivlar orkestr sadosida jaranglashi tufayli tomoshabin - tinglovchilar ularning qiyofalari bilan oldindan tanishadilar. Aytish joizki, operaning rivojlanish jarayonida jiddiy lavhalar va ayniqsa hajviy epizodlar mavjud, yengil, hushchaqchaq musiqalar va hiyla-nayranglar, oddiy va juda tez so‘zlash rechitativ- dialoglar bilan ham mavjud.

Operaning bosh qahramoni zakovatli, irodasi kuchli Maysaraning musiqiy obrazini tasvirlashda S.Yudakov atoqli shoir,dramaturg va bastakor Hamzaning “Hoy, ishchilar” mashhur qo‘shigini “leytmotiv” sifatida operaga kiritgan. Albatta, Maysarani inqilobchi rahbar qilib ko‘rsatishga emas, balki adolat uchun, inson huquqini hamoya qiluvchi inson sifatida gavdalantiradi.

Umuman, Maysara obrazi, uning ikki sevishgan yoshlarning to‘ylarini o‘tkazib, ularrni qovushtirish niyatidagi amaliy harakatlari va to‘yga to‘sqinlik qilayotgan kimsalarga qarshi kurashda ruhiy kechinmalari ariya, arioza, qo‘shiq, vokal - ansambl va ommaviy xor sahnalarda insoniy fazilatini turli qirralari to‘la - to‘kis ochilib boradi. Opera uch parda ikki ko'rinishdan iborat.

Operaning birinchi pardasi Maysaraning kichkina, ko‘rimsiz hovlisida o‘tadi. Go‘zal qiz Oyxon, o‘zi yakka uy yumushlarini bajarish jarayonida “Ishqida yondim” nomli ma’yusli - lirik ariyasida Cho‘pon Aliga bo‘lgan ehtirosli muhabbatini izhor etadi. Mazkur ariya o‘zbek xalq ashula shaklida, do minorda yozilgan. U oddiy garmonik akkordlar, jo‘r bo’lgan orkestrni ravshanli faktura, sinkopalar bilan boyitganligi tufayli Oyxonning musiqiy obrazi yorqin ohangdor milliy ruhi bilan namoyon bo’ladi.

Oyxonning ariyasi tugashi bilan, ishdan qaytayotgan Cho‘pon Ali uzoqdan shodu xurramlik bilan, quvnoq, jozibali ariya ijro etib uyga keladi. Oyxon va Cho'pon Ali bir - birlari bilan hazillashadilar, Cho‘pon Ali jiddiy so'zlashish niyatida “Kel, so‘zlashaylik” nomli ariyada izhor etadi.

Mazkur ariya orkestr jo'rligida qisqa kirish musiqa bilan boshlanadi. Orkestrning yorqin fakturasi, oddiy akkordlar bilan boyitilgan ariyada Cho‘pon Ali sevgilisi Oyxonni butun diqqat -e’tiborini o‘ziga tortadi. Ikki sevishganlar bir - birlariga bo’lgan muhabbat his - tuyg‘ularini izhor etish jarayonida, tez harakatli valssimon sho‘x musiqa sadosida ular hazillashib, bir - birlarini quvlab, goh hovlida, goh chorbog’ tomon chopishib ketayotganlari paytida, favquloddan simfonik orkestr sadosida vahimali tremolo akkordlar bilan birlikda pasayuvchi xrammatik oktava tovushlarni siljishida dahshatli Qozini va jangovor harakatli Hoji Darg‘ani “leytmotiv”lari nomoyon bo’ladi.

Qozi va Hoji Darg‘a jin ko‘chadan o’tayotganlarida, Maysarani hovlisidan sho‘x - o‘ynoqi ovoz va qo'shiq eshitiladi va ular e’tibor berib, devordan hovliga qaraydilar. Go'zal Oyxon va Cho'pon Ali bir - birlarini quvlab, ikkinchi duetlarida ham davom etib yana hovliga qaytib, quvlashib o'ynayotgan paytda Qozi va Hoji Darg'a ularga zang solib, Oyxonning yuzini va qomatini ko'rib, har biri dillarida (ovoz chiqarib) to’lqinlanib hushomad qiladilar. Oyxonga ishqi tushgan Qozi (murojaat bilan) Hoji Darg'aga “Maysara bizni buzuqchilikda ayblagan edi. O‘zi ikki yoshni uyda birga saqlashi shariatga to‘g‘rimi?” deydi. Hoji Darg'a “Mutlaqo noto‘g‘ri” endi Maysara o‘zi tumshug’idan ilindi. Uni hibsga qamayman deb javob beradi. Ular ketadilar. Ana shu birinchi pardada sodir bo’lgan voqeadan boshlab, operada qarama - qarshi (konflikt) to'qnashuv boshlanadi.

Bozordan horib kelgan Maysara trio vokal - ansamblda Oyxon va Cho'pon Ali bilan muloqotda bo’ladi. Muloqot davomida Maysara bozordan olgan sarpo - tugunni Oyxonga berib, uy yumushlarini bajaraver deb jo'natadi va “Amma, Qozidan pulni undirdingizmi?” Cho'pon Alining savoliga javoban “Qozi yana turli bahona qilib pulni bermadi, yer yutgur!” deydi. Cho‘pon Ali: “Endi Qozini o’ldiriman” deydi. Maysara: “yo‘q!”, uni o’ldirsang qamoqda chirib ketasan. Men boshqa reja tuzib qo‘ydim: “Kunning yarmisi yoruq, ikkinchi yarmisi qorong‘i degan dono xalqimizning maqoli bor” deb jiyanini yupatadi va trio “mi bemol” major tonalligida yakunlanadi.

Mazkur trio ularning ikkinchi “fa major”da yozilgan trio bilan uzviy bog’lanib ketadi. Maysaraning eshigi oldida, yurish -turishlari, xatti - harakatlari qiz bolaga o‘xshagan Qozini o‘g‘li, qonunshunos - amaldor Hidoyat raqssimon qo‘shiq aytib, Oyxonga bo’lgan ishq - muhabbatini baralla izhor etadi va eshikni taqillatadi. Maysara eshikni ochib Hidoyatga “keling azizim” deb kutib oladi. Ularning rechitativ dialoglari va duetlari boshlanadi. Operaning dramaturgik rivojlanish jarayonida mazkur vasiqani va 20 oltinni Qozidan undirish muammosi muhim ro’l o‘ynaydi. Hidoyat: “bularni undirsam menga nima berasiz?” Maysara “Palov tayyorlayman”. Hidoyat “Palov bilan ish bitmaydi, yuragim baxt tilamoqda” deydi. Maysara “Yuragingiz nimani tilayapti” desa, Hidoyat “Go‘zal Oyxonni”. Maysara “O‘zi qiz bolaga o‘xshaydi-yu, Oyxonga xushtor deb kuladi va vasiqa bilan 20 oltinni undirsangiz Oyxon sizniki” deb xayrlashadi. Hidoyat xursandchiligidan “Ostonasida chilla ultiray” deb kuylaydi, ariqni tuynukchasidan Oyxonga yana bir qaray deb qaragan paytida Oyxon o‘choqni kulini ustiga sepib yuboradi. U aksalar berib, mayli kul sepsangiz ham sevaman, deb qo‘shiqni davom etayotgan paytida, uzoqdan Mulla Do‘stni ko‘rib qolib, tezlik bilan devordan chipta qopni olib yopinib tungakka o‘xshab yotib oladi. Mulla Do‘st esa uning ustiga chiqib hovliga qaraydi, keyin esa “bu it”- deb tepadi. Hidoyat og'riqqa chidamay, o‘zini oshkora qiladi. Mulla Do‘st uning ustidan “bu yo baliq, yo mahluq” deb kuladi va Hidoyat qochib ketadi. Qarilik chogida bo’lsa ham uylanish orzusida yurgan Mulla Do‘st, Maysarani eshigi oldiga yaqinlashib," “Kel dilrabo xushtoringman” qo‘shig’ini kuylaydi. Mazkur band (kuplet)li qo'shiqda uning soddaligi, hazilkash hajviy - qistirmali qochirma gaplarga chechanligi rechitativ va musiqa sadolarda, mukammal ravishda, boshqa musiqa partiyalarida ham namoyon bo’ladi.

Maysaraga ishqi tushgan Mulla Do‘st, xursandchilik bilan eshikni taqillatib, Qozi sizni huzuriga chaqiradi deb xatni berib ketadi. Mazkur qo‘shiqni melodik intonatsiyasida o‘zbek xalq hajviy “Bilakuzuk” va xorazmcha “Jononim” kabi laparning o‘xshashligi bor.

Maysara yakka o‘zi hovlida “re minor” tonalligida yozilgan katta ariyada ko‘ngli o‘ksingan holatda beva qolganini eslab “Baxtim ochilmadi, dunyo menga qorong‘u, shodlik qo'shiq menga nasib etmadi, yonimda erim yo‘q, mayli menga ham baxt ato qilar” deb qayg‘urib kuylaydi.

Maysaraning mazkur o‘zbek xalq ashula uslubida yozilgan katta ariyasi 26 taktli kirish orkestr sadosi bilan boshlanadi, temp harakati Allegro con brio - dan Moderato, s dan 6/81arga o‘tib ariya rivojlanadi va birinchi pardani finaliga olib keladi.

Operaning birinchi pardasi final qismi Allegro con spirit (G —dur) juda tez harakatli marshsimon musiqa sadolari bilan boshlanadi va shu tempo - ritm finalni oxiriga qadar saqlanadi. Maysara, Mulla Do‘st, Hoji Darg'alar bilan sahnada sodir bo’layotgan voqeada ikkita ommaviy xor ishtirok etadi. Tez harakat musiqa sadosi fonida hayajonlangan Mulla Do‘st Maysaraga “Tezda qochinglar, sizlarni hibsga qamash uchun Qozini buyrugi bilan Hoji Darg‘a mirshablar bilan kelmoqda” deb xabar beradi. Oyxonni yerto’laga bekitadi. Mulla Do‘stga bozorga borib Cho‘pon Aliga xabar berishni iltimos qiladi. Maysara o‘zi suppada namoz ibodatini bajo qilib turadi. Hoji Darg‘a boshliq mirshablar grotest bilan xor aytib, hovliga atrof -tarafdan bostirib kiradi. Ular Oyxon bilan Cho‘pon Alini izlaydilar, topolmaydilar.

Maysarani qamashga olib ketadilar. Hamma ketgandan so‘ng, devor orqasidan poylab turgan Qozi yerto’ladan Oyxonni majburan uy xonadoniga olib ketadi. Maysarani hamqishloqlari ommaviy xor mirshablarni nohaq xatti - harakatlarni yomonlab, noroziliklarini namoyon qiladilar. Shuni aytish joizki, mirshablarning xori g‘ayri ixtiyoriy harakatlari rechitativ uslubida jaranglasa, xalq xori esa Maysaraning “leytmotivi” asosida bastalangan. Lekin xor, finalni umumiy musiqasi tez harakatda bo’lgani uchun “leytmotiv” bir oz cho‘zilgan talafftuzda ijro etiladi.

Umuman operaning ekspozitsiyasida (ikkinchi parda) ishtirok etuvchi ijobiy va salbiy qahramonlarning kim - kimligini aniq ko‘rsatish bilan, ularning xatti - harakatlari, his - tuyg‘ulari musiqiy dramaturgiyaning rivojlanish jarayonida, mukammal ravishda Maysara, Cho‘pon Ali, Oyxon obrazlarini aks etuvchi ariya va vokal ansambllar xush ohangliklari bilan ajralib tursa, bularga qarama -qarshi turganlar: Qozi, Hoji Darg‘a, Hidoyatlarning obrazlarini aks ettiruvchi hajviy epizodlarga boy fabula, yengil, xushchaqchaq ommabop aytishuv laparsimon, raqssimon band (kuplet)li qo'shiqlar va hajviy rechitativ (dialog)larda aks etilgan.

Operaning uchinchi parda, ikkinchi ko‘rinishi yerto‘la hibsda o‘tadi. Qamoqda yotgan Maysara tuynikdan osmonda charaqlagan yulduzlarga tikilib xayol surayotgan paytida, uning “leytmotiv”i orkestr sadosida uzoqdan qulog‘iga chalina boshlaydi va Maysara, shoir - bastakor Hamzaning “Hoy, ishchilar” qo‘shig‘ining so‘zini o'zgartirilgan holatda, ariya aytadi.

Mazkur oddiy garmonik vositalar bilan boyitilgan ariya jaranglash jarayonida (sahna orqasida) Cho‘pon Ali va xalq xor bilan jo‘r boladi. Ya’ni Maysaraning haqiqat uchun kurashi, xalqning orzu - umidlari bilan uzviy bog’lanib ketadi. To‘satdan Cho‘pon Ali hibsga kirib “Amma endi siz ozodsiz, qorovul soqchiga pul berib jo'natdim, qochaylik” deb o‘z ariyasida izhor etadi. Maysara uning taklifini tinglab rad qiladi. Maysara “Nima uchun biz qochishimiz kerak! Yo‘q! Biz aql - zakovatimiz bilan dushmanlarga qarshi kurashamiz” deydi. Shu payt hibsga Mulla Do‘st kiradi va Cho‘pon Alini tezlik bilan chiqarib yuboradi. Cho‘pon Ali Maysara so‘ragan besh tilloni beradi. Shu payt Qozi va Hoji Darg‘a hibsga kiradilar. Qozi Maysarani so‘roq qilib “Ikki yoshlarni qayga bekitding, ayt! Aytmasang jazo beramiz! deb urmoqchi bo’ladi. Mulla Do‘st “Avf eting, Maysaraxon gunohkor emaslar - ku”. Qozi: “Siz aralashmang, men qonunni yaxshi bilaman, siz chiqib keting” deb uni haydaydi. Hoji Darg‘aga “Sizning oldingizda Maysara yoshlarni bekitganini aytmaydi” deb uni ham chaqiradi. Qozi endi nima qilamiz? Maysara: “Eshitdim, Hoji Oyxonni olib qo‘ymoqchi, siz bizni himoya qiling” deb haltachadagi oltinni ko‘rsatadi. Qozi oltinni tekshirib ko‘rib bo’lgach “Mayli endi, mendan davoim yo‘q deb tilxat yozib ber” deydi. Maysara, xo‘p bo’ladi, Oyxon nima bo’ladi? Qozi “Endi Oyxonni to‘g‘risida o'ylamayman”. Maysara: “demak Oyxonni u bekitgan” deb fahimlab, “ertaga tilxat yozib beraman” deydi. Qozi: “Faqat Hoji Darg‘a bilmasin” deb chiqib ketadi va Hojiga pulni berib, Maysarani hibsdan ozod qiling” deb ketadi. Hoji Darg‘a: “Endi bildim, bu cho‘chqa, xotinboz Qozining maqsadini, bunga yo’l qo‘ymayman” deb nafratlanib, Maysarani huzuriga kiradi va sizni ozod qilaman, lekin bir sirim bor deydi. Maysara: “Nima sir ekan”. Hoji Darg‘a Maysara bilan ijro qiladigan duetda maqsad - dardini aytishuv duetda “Oyxonga bo’lgan ishq -muhabbatda telba bo’lib qoldim” deb kuylaydi. Maysara: “Sizga yordam bermaymi, agar Qozidan vasiqa bilan 20 oltinni undirsangiz Oyxon kechalari sizning huzuringizda bo’ladi” deydi.

Maysarani hibsdan ozod qilish sahnasi: Hoji Darg‘a, Hidoyatni chaqirib, unga xaltadagi besh tilloni beradi va Maysarani hibsdan chiqarish uchun hujjat yozib bering deb chiqib ketadi. Maysara Hidoyatga hujjatni va pulni menga bering, endi Oyxon sizniki bo’ladi deb, hibsdan chiqib eshigini yopib ketadi. Hidoyat suyunib kuylaydi va eshikdan chiqolmay vahimaga tushib, yordamga qichqiradi.

Operaning ikkinchi parda ikkinchi ko‘rinishi Qozi hovlisining tashqari mehmonxonasida o‘tadi. Shiddatli orkestr sadolari bilan kirish musiqasining oxirgi fonida sahnaning orqasidan Oyxonning qichqiriq - yig’i va Qozini ovozlari eshitiladi. Qozi nafratlanib chiqib ketadi. Oyxon o‘z taqdiri haqida katta qayg‘uli ariyada izhor etadi.

Mazkur ariyada Oyxon qayg‘u hasrat bilan dilida Cho‘pon Aliga murojaat etib, qanday mushkul ahvolda qolganini, mukammal ravishda izhor etadi. Qozini hujrasida qamoqda ruhiy ezilgan Oyxon kayfu ruhiyatini nozik tafovut ifoda vositalari bilan orkestr sadosida past bas tessiturada, vazmin sur’atda, yoyilgan akkordli fakturada jo‘r bo’lib borishi ariyaga alohida ma’no berib boyitadi.

Jahli chiqqan Qozi yana Oyxonni huzuriga kirib, endi sani o’ldiraman deb.do‘q qiladi. Oyxon: “o’ldir, ablah! Hech qachon senga xotin bo’lmayman. O’lganim afzal!”. Qozi: “o’lsang ham mendan qutula olmaysan!” deb xizmatkor ayolni chaqirib, olib ket buni, Mullado‘stga hovliga hech kimni qo‘yma, deb chiqib ketadi.

Shunday qilib operaning o'tgan sahnalarida sodir bo’lgan mojarolar, Maysara va Oyxonning boshidan kechirganlari keskin pallasiga mazkur sahnada yotadi va Qozi, Hoji Darg‘a, Hidoyat kabi kimsalarni Maysara tuzgan reja - tuzoqqa ilinishlari kelgusi sahna voqealarda namoyon bo’ladi. Shu tariqa oldingi va kelgusi sahnalarda sodir bo’lajak voqealar jarayonida ham operani dramaturgiya tizim ipini bog’lashda Maysara bilan birga Mullado'st muhim ro’l o'ynaydi.

Operaning rivojlanish jarayonida sodir bo’layotgan voqealarda Mullado'st ishtirok etuvchi qahramonlar bilan turlicha munosabat va aloqalar vaziyatida faol qatnashadi, o'zining taqdiridan ham koyinadi hamda Qozi, Hoji Darg'a va Hidoyatxon kabi kimsalarni kirdikorlarini fosh etishda Maysaraga madadkor bo’ladi. Masalan, yuqorida zikr qilingan Maysaraning eshigini oldida, (birinchi parda) kuylaydigan “Kel dilrabo xushtoringman” qo'shiqda Maysaraga ko'ngli bor holatini jozibali lirik kuyda izhor etsa, Qozini xonadonida (ikkinchi parda ikkinchi ko'rinish) o‘z taqdiridan achinib “Qarilik yuki ezdi yelkamni” qo'shig’ida “sochlarim oqardi, bitta xotinga yalchimadim” deb qayg'ursa ham, lekin dunyoga umid, hazil - mutoyiba bilan qaraydi. Qozining hovlisida paydo bo’lgan Hoji Darg'a Mullado'stni kuylashini oxirini tinglab, u Mullado'stga xotin topib qo'yganini izhor etadi. Makkor, hiylagar Hoji Darg'a Mullado'stga xotin olib beraman deb, uni avrab Qozini uyini kalitini olib, uydan vasiqa hujjatini olib chiqib, “Vasiqasi bor endi, Oyxon menga yor endi ” deb zavq - shavq bilan jozibali ariyada Oyxon bilan kechalarini qanday o'tkazishini ta’riflab raqs bilan kuylaydi va kalitni tashlab, Mullado'stni aldab chiqib ketadi.

Hovliga ayol libosini kiygan, paranji yopilgan Hidoyat tezlik bilan hovlini ichkarisiga kirib ketadi. Mullado'st: “Kim ekan bu yo‘rg‘alab kirib ketgan ayol?” deb hayron bo’ladi. Shu payt xonadonga Qozi kirib Mullado'stga xotin olib berish to'g'risida muloqotda bo’ladi. Natijada 30 yil unga xizmat qilgan Mullado'stga “sizni shuncha yil boqdim, endi siz menga qarzdorsiz, nimangizga uylanasiz” deb ichkariga kirib ketadi. Mullado'st esa nafratlanib “Ax iflos, cho'chqa Qozi, haqqimni bermaysanmi, mayli teshib chiqsin jig’ildoningdan, endi senda ishlamayman” deb chiqib ketadi. Hidoyat otasining xonadonidan topgan 20 tilloni xursandchilik bilan Maysaraga berib “endi Oyxonga mehmonga kelaman ” deb raqsga tushib ketadi. U raqsni Maysara ijro etadigan “Bola - Bola” jo'shqin, jozibali qo‘shiq sadosida davom etadi.

Maysara Hidoyatdan undirgan 20 tilloni Cho‘pon Aliga “bu to‘yga”, deb beradi. Shu payt asabi buzilgan Mullado‘st paydo bo’ladi. Maysara “Nima bo’ldi o'rgilay, Qozi uyidami?”. Mullado‘st; “U o’lsin ” deb dardini Maysaraga quyidagi duetda izhor etadi.

Mazkur duetda Mullado'stning dardini Maysara fahmlab, u ham bevalik dardini izhor etadi. Ular bir - birlariga bo’lgan sevgi -muhabbat his - tuyg‘ularini sir saqlab kelganlarini duetda oshkor qiladilar. Xursandchilik tuyg‘ularidan raqsga tushib o‘ynaydilar va duetni oxirida bir - birlariga vafodor bo’lishlarini izhor etadilar. Ularning vokal va raqs partiyalariga orkestr jo‘r bo’lishi ham duetning ta’sirchanligini kuchaytiradi.

Operadagi vokal - orkestrlar orasida Qozini xonadonida o‘tadigan terset ham qiziqarli. Orkestr sadosi, tremololar fonida sahna orqasidan “Seni savalayman” degan Qozini va “Voydod” degan Oyxonni ovozlari eshitiladi. Qozini xonadoniga kirib kelgan Maysara, ularning orasiga aralashib, Oyxonning (qulog’iga pichirlab) yolg‘ondan, Oyxonni Qoziga turmushga chiqishga ko‘ndiradi. Maysara Qoziga Oyxonni ko‘ndirdim, lekin uning bitta sharti bor ekan. “Bu xonadonda Qozini katta xotinlari kun bermaydi. Eng yaxshisi kechalari bizning xonadonimizga kelib tursalar deyapti”. Qozi “Bu to‘g‘ri, men ham shunday o‘ylagan edim ” deb kelishadilar. Maysara Qoziga bergan tilxatini qaytib oladi. Mazkur epizod kattakon dinamik kvintetga o‘tib tugaydi. Kvintetda: Oyxon, Maysara, Cho‘pon Ali, Mullado‘st va Qozi sodir bo’lgan kelishuv voqeadan o‘z xursandchilik munosabatlarini, tez harakatli rechetativ va musiqa sadolarda quyidagicha namoyon qiladilar. Kvintet bilan ikkinchi parda tugaydi.

Shuni aytish joizki, kompozitor S.Yudakov vokal - ansambllarda va ayniqsa zikr qilingan tertset va kvintetda, har bir ishtirok etuvchi qahramonlami, bir - birlariga bo’lgan munosabatlarini, xatti - harakatlarini, ruhiy holatlarini musiqada aks etishda polifoniya - kontrapunkt uslubidan, mukammal ravishda, foydalanganidan dalolat beradi.

Operaning uchinchi pardasi yana Maysaraning xonadonida o‘tadi va birinchi va ikkinchi pardalarda sodir bo’lgan hodisalar tufayli tugaydi. Maysara tuzgan reja - tuzoqni amalga oshirishda Cho‘pon Ali, Oyxon va Mullado‘st ko‘mak berib, kechasi keladigan “aziz” mehmonlarni kutib olishga puxta tayyorgarlik ko‘radilar. Birinchi Qozi keladi. Maysara xursandchilik bilan samimiy sifatda uni kutib oladi. Qozi ustidagi choponni yechib, suppa ustida tayyorlangan dasturxon yoniga o’tiradi. Omin qilgach “qani Oyxonni olib chiq” deb buyuradi. Maysara: “Hozir Oyxon huzuringizda bo’ladi” degan paytida eshikni taqillatadi, men Cho‘pon Aliman deb ovoz chiqaradi. Qozi juda qo‘rqib ketadi va Maysaraga meni bekit deb iltimos qiladi. Maysara uni molxonaning ustuniga bog’lab, ustiga ho‘kizni terisini yopib, boshiga ho‘kizni kallasini kirgizib, oldigi somon va paqirda suv qo‘yib qo‘yadi. Qozi nochor ahvolga tushib qolgani to‘g‘risida “Ho‘kiz”cha ovozga o‘xshatma qilib, xajviy uslubda ariya aytadi.

Qozini mazkur ariyasiga kirish musiqa, uning ‘leytmotiv”i asosida bastalangan. Orkestr sadosida o‘tadigan “leytmotiv ” xrammatik garmonik akkordlar past registrda asta - sekin siljishlari mukammal ravishda, uning yomon hajviy ahvolga tushib qolganini mungli ariyada izhor etadi.

Qisqa pauzadan so‘ng Maysara sidqidillik bilan Hidoyatni kutib oladi. U qo’lida bog’langan tuhfa bilan juda ham tez musiqa fonida hovliga kirib, girdi - kapalak holatda raqs tushib, molxonaning yoniga borib qoladi. “Ho‘kiz” Qozi uni tepadi, Hidoyat qoqilib yiqiladi, qo‘rqqanidan oqsoqlab qochadi. Maysara uni yupatadi. Hidoyat tugunni Maysaraga beradi va dasturxon yoniga o’tiradi va Oyxonni olib chiqishni so‘raydi. Shu payt eshik taqillaydi va Cho‘pon Ali ovozi bilan eshikni ochishga chaqiradi. Hidoyat qo‘rqqanidan vahimaga tushib, Maysaradan uni bekitishni iltimos qiladi. Maysara esa uni uyga kiritib, o‘zi olib kelgan atlas lozim va ko‘ylakni kiydiradi, yuzini, qoshini bo‘yab, boshiga ro‘mol o‘raydi.

Qisqa pauzadan so‘ng Hoji Darg‘a keladi va Maysara qarshi oladi, “nima bilan keldingiz?” deb so‘raydi. Vasiqani olib keldim, Oyxon endi menga yor bo’ladi. Qayga uni bekitding, tezlik bilan Oyxonni olib chiq, meni toqatim yo‘q! Maysara xo‘p bo’ladi deb ayol kiyimidagi Hidoyatni etalab chiqadi. Maysara qo’liga rubob olib raqs musiqa chala boshlaydi va Hidoyatni raqsga da’vat qiladi. Hoji Darg‘a Maysara bilan aytishuv uslubda, yalla (duet) aytib Hidoyatni o‘ynatadilar. Hoji Darg‘a uni quchoqlab, o‘pishga urinadi. Hidoyat esa tarsaki beradi. Hoji esa yana xushomat qilib, uni erkalatib, noz - noz o‘yna deb kuylaydi.

Hoji Darg‘a kuylashining oxirida Hidoyatni nozik belini ushlab yana o‘pmoqchi bo’ladi. Hidoyat esa yana tarsak beradi. Shu payt ko‘chadan “sen mening nozik niholimsan Oyxon, kulishlaring, ovozlaringni xuddi nozik dutor ovoziga o‘xshataman” deb Cho‘pon Alini ovozi eshitiladi. Maysara “voy, kutilmagan Cho'pon Ali kelib qoldi” deydi. Hoji Darg‘a qo'rqqanidan qayerga bekinishini izlab, un solingan katta ko‘zani ichiga tushib ketadi. Uy ichidan chiqqan Mullado‘st “shumidi seni ahvollaring, la’nati mazxarabozlar, bularni qamchin bilan savalash kerak” deydi. Maysara, Oyxon va Cho‘pon Aliga dugona, jo‘ralaringni va qishloq ahlini chaqiringlar, bularni afti - basharalarini ko‘rishsinlar deb qo’liga doirani olib chala boshlaydi, hovli xalqqa to’lib ketadi. Bugun Oyxon bilan Cho‘pon Alining to‘ylari deb, mashhur o'zbek xalq qo‘shig’i “Yor - yor” Maysara, Oyxon, Cho‘pon Ali, Mullado‘stlar ijrosida yangraydi va xalq jo‘r bo’ladi. Maysara “Cho‘pon Ali va Mullado‘stga boshlanglar tantanani” deydi. Ular mashhur o‘zbek xalq raqsi “O’yin bayoti” asosida yozilgan yallani boshlab yuboradilar.

Kompozitor mazkur yallani butunlay sitata asosida kiritmay, uning usul - intonatsiyasidan foydalanib, keng ravishda, katta ommaviy raqs - xor sahnasini yaratgan. Musiqani umumiy jaranglashini boyitishda, o‘zbek xalq musiqasiga xos usullarni, rubob, doira, nog‘ora sozlarini simfonik orkestr asosida organ -punkt, kvarta - kvinta birin - ketin tebranishlari jami inson qalbini to’lqinlantirib yuboradigan musiqa yaratgan. Bu musiqani to’lqinlanish halovati uzviy ravishda “Jon qizlar o‘ynang” to‘rt ovozli xor bilan bog’lanib ketadi. Mazkur ommaviy xor operani finalidagi xor bilan uzviy bog’lanadi. Xor va orkestr sadosining fonida ko'tarinki ruhda, qiyqiriq kulishlar bilan yoshlar xumni ichidan unga bo‘yalgan Hoji Darg‘ani chiqarib uradilar. Maysara “Endi Hoji o‘zi aytsin” deydi. Hoji “Qattiq urmanglar” deydi. Yoshlar Hidoyatni atlas ko'ylagini yechib, tepadilar. Hidoyat “Avf etinglar” deydi. Maysara molxonadan arg‘amchiga boylangan Qozi -ho'kizni olib chiqadi. Qozi “Voy! O’lib qolaman” deb yalinadi. Maysara, Oyxon, Cho‘pon Ali va Mullado‘stlar bu ifloslarni hovlidan xalq bilan birlikda haydaydilar. Hamma Maysaraning ishiga qoyil qolib, ofarinlar izhor etadilar va hajviy opera nihoyasiga yetadi.

“Maysaraning ishi” hajviy operasining tahlili shuni ko‘rsatdiki, operani adabiy mazmuniga kiritilgan barcha qahramonlar xarakterlariga xos musiqiy til - iboralari, garmonik - polifonik vositalar bilan boyitib va shakl - janrlarni kompozitor aniq va mohirlik bilan qo‘llagani musiqiy dramaturgiyada yaqqol namoyon bo’ladi. Musiqiy dramaturgiyaning rivojlanish jarayonida yakka ovoz, ariya, qo‘shiq, laparlar bilan ommaviy xor, ayniqsa vokal -ansambllar: duet, tertset, kvartet va kvintetlar muhim ro’l o'ynaydi.

Kompozitor S.Yudakov operada o‘zbek xalq musiqasidan iqtibos kiritmay, faqat kuy - ohangi va usul doirasi bilan cheklanadi. Ya’ni xalq qo'shiq, ashula, yalla, lapar kabi janrlarning xususiyatlaridan, mukammal ravishda foydalangan. Kuylarni obrazli tuzilmasi tiniq oddiy va ta’sirchan ohanglarni zamini asosan major yoki minor ladlar, garmonik funksiyalari sodda akkordlar bilan boyitilgan. Shular sababli opera xalqchilligi, asl hajviyligi, o'ziga xosligi bilan ajralib turadi va tomoshabinni juda ham qiziqtirib, Maysaraxonning aql - zakovatli ishi girdobiga olib kiradi.

“Dilorom”. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta opera va balet teatr jamoasi 1958 - yilning 5 -fevralida “Dilorom” nomli operani tomoshabinlarga havola qildi. Mazkur opera musiqa muallifi kompozitor Muxtor Ashrafiy, libretto muallifi Komil Yashin va Muzaffar Muhamedovlar.

Operaning mazmuni ulug' shoir Alisher Navoiyning “Xamsa”sining to'rtinchi epik dostoni “Sabbayi sayyor” (Yetti sayyora) asosida, sahna talabi tufayli, librettoga ayrim o'zgarishlar kiritib yozilgan. Ya’ni bu ishqiy - sarguzasht doston Bahrom va Dilorom haqidagi hikoyaning kompozitsion tuzilishi yetti mustaqil hikoyadan iborat: Birinchi hikoya shanba kuni - qora qasrda; ikkinchi hikoya - yakshanba kuni - sariq qasrda; uchinchi hikoya dushanba kuni - yashil qasrda; to'rtinchi hikoya seshanba kuni -gulgun qasrda; beshinchi hikoya - chorshanba kuni nilufar qasrda; oltinchi hikoya - payshanba kuni sandal tusli qasrda va yettinchi hikoya - juma kuni - oq qasrda bayon qilingan, xilma - xil hikoyalarda sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, himmat va saxovat, mardlik kabi insoniy xislatlarni ulug’lab, real hayot lavhalaridan tortib fantastik manzaralarga qadar, oddiy turmush voqealaridan tortib kishini esankiratuvchi xayoliy sarguzashtlarga, shu bilan birga kundalik hayotda sodir bo’lib turadigan qarama - qarshi yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash, podsholar saroyidagi giybat va xusumatni, xudbin va firibgar kimsalarning xatti - harakatlarini ifodalaydi, tanqid qiladi, aysh - ishratga berilgan, xiyonatchi va hiylakor kishilarni jirkanchli axloqi, xislatlarini qattiq qoralaydi.

Mazkur libretto asosida kompozitor Muxtor Ashrafiy mustaqil ravishda “Dilorom” afsonaviy - romantik operani yaratdi. Operaga musiqa bastalashda kompozitor o‘zbek va boshqa xalqlarning musiqiy merosidan foydalanib, milliy ruhda o‘zbek folklori bilan uzviy bog’liq intonatsion zaminida original musiqa yaratishga muyassar bo’lgan. Opera jahon klassik operalar shaklida yozilgan. Ya’ni simfonik orkestr jo‘rligida: rechitativlar, qo‘shiq, romans, arioza, ariya, turli vokal ansambllar va xor nomerlardan iborat. Opera 4 parda, 7 ko‘rinishdan iborat.

“Zebuniso”. Alisher Navoiy nomidagi akademik, katta opera va balet teatr jamoasi 1987-yili kompozitor Sayfi Jalilning “Zebuniso” (“Samarqand Ushshogi”) operasini tomoshabinlarga havola qildi. Operaning librettosi shoir Uyg‘unning “Zebunniso” dramasi asosida yozilgan. Opera janrining qonun xususiyatiga binoan asar qisqartirilgan va librettoga ariya, arioza, vokal -ansambl va xor nomerlarga she’rlar bastalangan.

Mazkur tarixiy beografik, lirik - drama operada XVII asrda Hindistonda hukmdorlik qilgan shoh Avrangzebning qizi, mashhur shoira Zebunisoning hayoti va ijod taqdiri ifodalanadi.

Operaning qisqacha mazmmii. Voqea XVII asrda Hindistonda o‘tadí. Zebuniso va Roziy - ikki shoir bir birlariga ko‘ngil qo'yadilar, Ularning sevgi muhabbatlari saroyda oshkora bo’ladi. Bunga shoh Avrangzeb mutlaqo qarshilik ko‘rsatadi. U qizini o‘z vaziri Amirxonga turmushga uzatishga ahd qilgan. Zebuniso otasini taklifini va buyrug‘ini rad etadi. Amirxonning tavsiyasi bilan shohni o'g’li Akbarni, uning do‘sti Roja - ramni va shoir Roziyni urushga jo‘natadi. Vazir Amirxon ularni orqasidan o‘zining «uch navqiron yigitlarni o’ldiradi. Bu noxush xabarni shoh (qayg‘i yig‘i bilan) qiziga xabar beradi va Amirxonga turmushga chiqib, ota taxtini saqlab davlatni boshqarishni va saroyga qaytishini taklif qiladi. Zebuniso “Mening tojim she’riyat! ” deb taklifni rad etadi.

Lirik - dramatik operada sodir boladigan voqealar asosan ikki bosh personaj — Zebuniso va uning otasi shoh Avrangzeb atrofida mojaro markazlashtirilgan. Mazkur tarixiy - biografik mavzuda yozilgan opera “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra” kabi operalarni an’analari asosida yozilgan. Asarning lirik - dramatik ruhi musiqiy til bilan hamohang. Mana shu xususiyat voqelikni idrok etib kompozitor Sayfi Jalil (1932 - 2003) lirik - shoira Zebunisoning ruhiy olamiga hamohang ravishda musiqa bastalagan.



Xulosa

Dunyo bo‘yicha olganda barcha musiqiy janrlarning eng yuqori cho‘qqisi opera san‘ati hisoblanadi.

Keyingi yillarda musiqa ta‘limi va tarbiyasi dasturi hamda yangi darsliklaridan o‘zbek kompozitorlarining davr ruhini aks ettiradigan yangi qo‘shiqlari bilan bir qatorda, milliy musiqiy meros namunalari ham o‘rin ola boshladi. Boshlang‘ich sinflarda xalq musiqasi namunalari ( musiqiy folklor)ga asosiy e‘tibor qaratilgan bo‘lsa, 6-7-sinflarda maqom, doston mumtoz ashula kabi kasbiy an‘anaviy musiqa namunalari ko‘proq tavsiya etilgan. Ammo meros va zamonaviy milliy musiqaga asosiy o‘rin berilganligini asrlar davomida shakllanib kelgan jahon xalqlari musiqa madaniyatining yuksak badiiy namunalarini chetlab o‘tish, deb tushunmaslik kerak. Aksincha, milliy musiqani jahon xalqlari musiqasi namunalari bilan taqqoslash asosida o‘rganishgina ijobiy natijalar beradi.

Yevropa musiqa madaniyatining XVI asr oxirida qo‘lga kiritgan yutuqlaridan biri- opera san‘atining paydo bo‘lishidir. Ijod ma‘nosini anglatadigan bu ko‘p qirrali (sintetik) murakkab musiqa janri Italiyaning Florensiya shahrida musiqachi , shoir, rassom va aktyorlikni o‘z ichiga olgan. “Kallerata” nomli san‘atkorlar to‘garagida tashkil topgan edi. Dastlab jiddiy opera (opera seriya), keyinchalik uning negizida hajviy opera (opera buffa) paydo bo‘ldi. Birinchi jiddiy opera ijodkorlari taniqli shoir Ottavio Rinnuchchini, musiqachi Yakopo Peri va kompozitor Djulio Kachchinilar bo‘lgan. ― “Cho‘ri- beka” nomli birinchi buffa operasining muallifi esa yosh kompozitor Djovanno Battist Pergolezi (1710-1736) edi. Sahna asari bo‘lgan operaning musiqali drama, balet , aratoriya kabi boshqa sahna asarlari bilan yaqin umumiy xususiyatlari mavjud. Unda ham dekoratsiya (sahna bezaklari ), buttaforiya (turli grimm, kostyum va anjomlar) kabi teatr atributlari ishlatiladi. Opera uvertyura (cholg‘u muqaddima), ariya (bosh qahramonlarining markaziy ashulalari), duet (ikki qahramonning birgalikda kuylashlari), trio, kvartet, kvintet(uch, to‘rt, besh ishtirokchi qahramonlarning birgalikda kuylashlari) vokal ansambllar, xorlar, balet sahnalari kabi tarkibiy musiqa bo‘laklari (qismlar)dan tuziladi. Operada rechitativ (oddiy so‘z va gaplarni musiqiy ohangga solib kuylash) o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Shu xususiyatlariga ko‘ra, opera boshqa sahna asarlaridan keskin farq qiladi.

Opera asta-sekin Italiyadan Fransiyaga, Angliya , Germaniya, Avstriya kabi mamlakatlarga o‘tib, XIX asrda Rossiyada ham baland nufuzga ega bo‘ldi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga opera san‘ati haqida ma‘lumotlar berib, ularning yuksak opera asarlari bilan tanishtirar ekan, avvalo, opera janrining o‘ziga xos xususiyatlari, muallifi, bu asar yaratilgan davr, asarning mazmuni haqida ixchamgina hikoya qilib berishi lozim. Tinglash uchun tavsiya etilgan opera parchalari, asosan muqaddima (uvertyura) va ariyalar bo‘lishi ma’qul. Chunki uvertyura simfonik orkestr ijrosidagi sof cholg‘u musiqa bo‘lishiga qaramay, u operaning asosiy musiqiy materialidan qisqartirib olinadi va tinglovchiga asar haqida nisbatan yaxlitroq tasavvur paydo qiladi. Masalan o‘quvchilarni S.Yudakovning “Maysaraning ishi” operasi bilan tanishtirishda o‘qituvchi operaning librettosi (so‘z matni) S.Abdulla va M.Muhamedovlar tomonidan Hamzaning shu nomdagi asari asosida yaratilganligi, asarda aql-zakovatli, bama’ni va axloqi pok beva ayol Maysara puxta o‘ylangan reja yordamida ochko‘z qozi, badjahl mirshab Hoji Darg‘a, axloqan buzuq qonunchi Hidoyatxonlarni laqillatganligi shahvatparastlarning zaif yurak torlarida o‘ynab o‘ta noqulay vaziyatlarga solib, ularni xalq oldida kulgiga qoldirganligi va shu yo‘l bilan yosh sevishganlar- jiyani Cho‘ponali va uning sevgilisi Oyxonning baxtini saqlab qolganligini hikoya qilib beradi.

Jahondagi eng buyuk musiqa yo‘nalishlaridan bo‘lmish opera san‘ati o‘zbek xalqining ham turmush madaniyatiga kirib kelishi, jahon xalqlari o‘rtasida o‘ziga yarasha obro‘- e‘tiborini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Mustaqillikdan so‘ng, ayniqsa yosh opera xonandalari uchun ko‘p tomonlama imkoniyatlar berila boshlandi. Prezidentimiz tomonidan yosh iste‘dodlar uchun ta‘sis etilgan “Nihol” davlat mukofoti yoshlar uchun eng yuksak e‘tibor hisoblanadi. Bundan tashqari, Nazira Ahmedova, Sulaymon Yudakov nomidagi ko‘plab katta-yu kichik ko‘rik tanlovlar yosh xonandalarni turli sinovlardan o‘tkazib kelmoqda.

Opera xonandalari uchun eng zarur hisoblanuvchi ovoz kuchi, yashaydigan iqlim muhitiga ham bog‘liqdir. O‘z ijodiy kuzatishlarimiz natijasida shunga amin bo‘ldikki, O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston hududida yashab ijod qilayotgan va ulg‘ayayotgan yosh avlod kuchli va baquvvat, keng diapazon, chiroyli tembr va aql-zakovat bilan yuksalmoqda. Eng asosiysi yosh xonandalarning har biri o‘ziga xos ovoz sohibi.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati

I. Qo’lyozma manbalar

1.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.Toshkent. ―O‘zbekiston -2011 yil.-439 bet.

2.Karimov I .A. ,,Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish taraqqiyotimizning muhim omillidir’’Toshkent,,O’zbekiston’’ 2010yil. -92 bet.

3. Karimov I.A.,,Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch ’’Toshkent’’ Ma’naviyat’’ 2008 yil 141 – bet, 9-bet.

4. Karimov I.A. ,,Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va farovonligini yanada yuksaltirishdir ’’ Toshkent 2010yi. -77 bet.

5.Karimov.I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.Toshkent.Sharq -1998. -220 bet

6. Karimov I .A. ,, Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish ’’ Toshkent ,, O’zbekiston ’’ 2009 yil . -23 bet.

7.Abdullaev R. Opera dramaturgiyasi. Toshkent. 2007-yil. -87 bet

8. Amanullayeva D. Estrada va jaz vokalizlari, ―Musiqa nashriyoti Toshkent, 2014 yil, -155 bet.

9.Begimatov S. Mamirov Q., Mansurov A., Karimova D, Ro‘ziyev I. Musiqa 6-sinf uchun darslik. G‘.Gulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti. Toshkent 2001-yil -88 bet.

10.Jabborov A. Musiqiu drama va komediya janrlari. O‘zbekiston

kompozitorlarining ijodiyotida. O‘z DK.Toshkent. 2000-yil.. -188 bet.

11.Ismoilova.M. E. Xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarn ing ma‘naviy ahloqiy fazilatlarini shakillantirish. Toshkent ―Istiqlol‖ 2000-yil. -136 bet

12.Ibrohimov.O. J. Sadirov. 7-sinf uchun darslik. G‘.Gulom nomidagi matbaa ijodiy uyi. Toshkent 2004-yil. -102 bet.

13. Ismoilova M. Vokal o‘qitish metodikasi. Oliy va o‘rta maxsus musiqiy ta‘lim talablati uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma. Toshkent musiqa nashriyoti. 2011-yil. -61 bet.

14.Mansurov A., Hakimova D. Musiqa 5 -sinf uchun darslik G‘.Gulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti. Toshkent 2001-yil. -96 bet

15. Muhammedova G. Xonandalik uslubiyati asoslari. O'z.D.K. Toshkent 2007-yil. -102 bet

16.Qodirov.G.Q. Boshlang‘ich maktabda ovozli kuylash. Toshkent ―O‘qituvchi:1992-yil. -156 bet.

17.Rizayeva M, Yosh xonandaning kamoloti. Toshkent ―Cho‘lpon nashriyoti, 2003-yil. -104 bet

18. San‘at yo‘nalishlarida yoshlarni na‘naviy-axliqiy tarbiyalash: izlanish, yechim, va istiqbollar mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. Buxoro-2013-yil.70 -71 betlar.

19.To‘ra Mirzayev Adabiy portret. Toshkent, 2006.

20.Fitrat. Adabiyot qoidalari. Т: « 0 ‘qituvchi», 1995.

21.Fitrat. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi. – Т: Fan, 1993

22.Sharipova T. M. ―Musiqa o‘qitish metodikasi (O'zbekiston o‘quv qo‘llanma Toshkent 2008-yil).-96 bet.

23.Shoabdurahmonov Sh. Folklorshunosning kamoloti. — O‘zbek tili va adabiyoti, 1987.

24.Shodmonov N. Temuriylar davrida musiqashunoslik. -Т.:1995.

25.Karimova .D. ―Musiqiy pedagogik mahorat‖ asarlari ―Iqtisod moliya 2008-yil. -103 bet

26.Hamidova M.A. Xonandalik san‘ati ―San'at‖ jurnali nashriyoti. Toshkent 2009-yil. -247 bet.

27.Yuldasheva N. Raxmatova N. O‘zbek musiqa adabiyoti. ―Iqtisod-moliya‖ Toshkent. 2010-yil. -138 bet.

28.Xolboyeva G. Yakkaxon qo‘shiqchilik asoslari. -T.: 2008-yil. -183 bet.

29.O‘zbek bastakorlari va musiqashunoslari. O‘z DK. –T.: 2015 yil -407 bet 30.«O‘zbek musiqa tarixi». Toshkent. 1981

31.Ўзбекистон санъати - Т.: “Шарқ” 2001.

32.XX asr O‘zbek adabiyoti. Darslik. Т.: 1995.

II. Internet saytlari

33.www.president.uz (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb- sayti)

34.www.ziyonet.uz (Ta’lim portali)

35.www.natlib.uz (O’zbekiston milliy kutubxonasi)




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling