O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsusta
Download 377.86 Kb.
|
Fizik kimyo 2023 lab2
KIRISH“Fizik kimyo” - kimyoviy va fizikaviy hodisalarni, ularni tekshirish usullari bilan bog’lanishini o’rganadigan fanlarning nazariy asosidir. “Fizik kimyo” zamonaviy kimyogar texnologni dunyo qarashini shakllantirishdagi axamiyati kattadir. Bunda nazariy bilimlarini o’zlashtirishda, keyingi mustaqil faoliyatida kerakli ko’nikmalar orttirishda va yangidan-yangi masalalarni hal qilishda imkoniyat beradigan laboratoriya mashg’ulotlarining ahamiyati g’oyat kattadir. “Fizik kimyo”ga oid laboratoriya ishlari bo’lajak bakalavrni bilim darajasini oshiradi, qachonki, tajribani ongli ravishda nazariy mazmunini tushunib bajarilsa. Bu o’quv jarayonini o’zlashtirish samarasi ko’p jihatdan laboratoriya ishining mazmuni va qo’yilishiga bog’liqdir. Qator sabablarga ko’ra analitik, fizikaviy va kolloid kimyo laboratoriya ishlari ma’ruza materiallarini ketma-ketligi bilan hamohang bo’lavermaydi. SHuninguchun ushbu uslubiy ko’rsatmada qisqacha nazariy bayon berilgan. Bu ishning mazmunini va mohiyatini tushunishga yordam berib, ma’ruza materiallarini chuqurroq atroflicha tushunishgava qiziqish uyg’otishgaxizmat qiladi. Uslubiy ko’rsatmalarda ko’rsatilishicha har qaysi laboratoriyaishini bajarish uchun: - tavsiya qilingan o’quv qo’lanmadan ushbu ishga tegishli fanning bo’limlari bilan atroflicha tanishish; -ishlatiladigan asbob-uskunalarning tuzilishi vasxemasi bilantanishish; - tajribani texnika havfsizligiga rioya qilgan holdabajarish; - ishni bajarish natijasida olingan ma’lumotlarga ko’ra hisobot tuzish kerak. Tuziladigan hisobotda: - ishning nomi, maqsadi va bajarilgan kuni ko’rsatilishi lozim; - tajribani bajarishda qo’llanilgan asosiy tenglamalar, formulalar aniq va ravshan yozilishi talab etiladi; - olingan ma’lumotlarni jadvalga yozib, hisoblarni bajarish kerak; - ishga oid grafik asosida hisoblashlarni bajarish va grafiklarni to’g’ri tuzish, masshtablarni to’g’ri tanlanishiga va javoblarni aniq bo’lishini ta’minlash; - o’lchashdagi xatolarni baholash kerak. Download 377.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling