O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsusta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 48.62 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi48.62 Kb.
#1209804
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fan dasturi ELEKTRON ASBOBLAR VA INTEGRAL SXEMALAR


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI





TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektori
______________R.G’.Jumayev
2022 yil “____”_________

ELEKTRON ASBOBLAR VA INTEGRAL SXEMALAR


FAN DASTURI

Bilim sohasi:

300 000

-

Ishlab chikarish texnik soxa

Ta’lim sohasi:

310 000

-

Muxandislik ishi

Ta’lim yo’nalishi:

60711200

-

Elektronika va asbobsozlik



Buxoro-2022



Fan/modulkodi
Majburiy fanlar EAIS1310

O’quv yili
2022-2023

Semestr
3-4

ECTS – Kreditlar
10

Ta’lim tili o’zbek





Fanning nomi

Adutoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Elektron asboblar va integral sxemalar

120

180

300

2

I.Fanning mazmuni
Fanning maqsadi: talabalarga elektron qurilmalarining zamonaviy element bazasi, ularning tuzilishi va ishlash tamoyili, ularning asosiy parametrlarini hisoblashni o’rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari:
-fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi.
1-Mavzu:Elektr vakuumli asboblar.“Elektron asboblar va integral sxemalar” fanga kirish.
Elektronika va mikroelektronika haqida umumiy ma’lumotlar. Elektronika va mikroelektronikani paydo bo’lishi, zamonaviy holati rivojlanishi.
2-Mavzu: Vakuum elektron asboblar haqida umumiy ma’lumotlar
Vakuum elektron asboblarning ishlash asosi. Termoelektron emissiya. Vakuum diod, xajmiy zaryad, 3/2 qonun.
3-Mavzu: Vakuumli kuchaygiruvchi elektron asboblar
Triod, tetrod, pentod. Triodning ishlash tamoyili. Konstruksiyasi. Turning singdiruvchanligi. Kirish va chiqish tansiflari.
4-Mavzu: Gaz razryadli asboblar
Gazda mustaqil razryad to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Miltillovchi razryad. Konstruksiyasi. Ishlash tamoyili. Tavsiflari. Axborotni aks ettirishning gaz razryadli asboblari. Konstruksiyasi. Parametrlari
5-Mavzu: Yarimo’tkazgich asboblar fizikasi.Yarimo’tkazgich va yarimo’tkazgichli asboblar.
Yarimo’tkazgich asboblar fizikasi asosi. Metall, dielektrik va yarimo’tkazgichning zona strukturasi.Taqiqlangan soha. Yarimo’tkazgichlarda o’tkazuvchanlik turi. Yarimo’tkazgichlarda kirishmali o’tkazuvchanlik, yarimo’tkazgichlarning zona diagrammasida energetik sathlar, elektron va kovaklar. Amal qiluvchi massalar qonuni.
6-Mavzu: Tashuvchilarini ko’chish hodisasi
Erkin zaryad tashuvchilarni elektr maydonda xarakatlanishi, diffuzion xarakatlanish, tezlik, xarakatchanlik, diffuziya koeffitsiyenti. Generatsiya va rekombinatsiya jarayoni. Asosiy va noasosiy tashuvchilar, muvozanatli va nomuvozanatli tashuvchilar, noasosiy tashuvchilarning yashash vaqti, diffuzion uzunlik.
7-mavzu. P-n-o’tish.
p-n-o’tishni hosil bo’lishi. p-n-o’tishning energetik zona diagrammasi. Issiqlik muvozanat holati. p-n-o’tishni to’g’ri va teskari ulanish. p-n- volt amper tavsifi.
8-mavzu. Yarimo’tkazgichli asboblarni tayyorlashnnng asosiy
texnologiyalari.

Ionli va diffuzion legirlash. Himoya qatlamini o’tkazish, fotolitografiya, yemirish. Metallash. Kristallarni kesish. Chiqish simlarini ulash.

Download 48.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling