O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Download 6.15 Mb.
bet40/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

5.1.а-rasm

5.1.b-rasm

Qatlamsimon neft uyumi. 1- neft; 2- suv;

Massiv neft uyumi



Chekka suvlar bilan o'ralgan qatlamsimon neft uyumlarini ikkiga bo'lish mumkin:


- Mo''tadil antiklinal burmada joylashgan qatlamsimon neft uyumlari;
- Keng suvneft zonali platforma turdagi qatlamsimon uyumlar.
Qatlam energiyasi cheklangan neft uyumlariga shunday uyumlarni kiritish lozimki, ularda kollektorlarning o'tkazuvchanligi pastligi yoki litologik o'zgaruvchanligi, uyumlarni tusilishiga olib keluvchi buzilishlarning borligi tufayli qatlam suvlari faolligi nomoyon bo'lmaydi. Qatlam energiyasi cheklangan uyumlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1) O'tkazuvchanligi past kollektorli qatlamsimon neft uyumlari;
2) Chekka suvlari bilan sust aloqada bo'lgan, litologik o'zgaruvchan (linzasimon) neft uyumlari;
3) Tektonik chegaralangan neft uyumlari (5.2 - rasm). Neftgaz uyumlari ichida ishlashga qo'llash mumkin bo'lgan asosiy ikki turini ajratish mumkin;
1. Yopilgan uyumlar, ularda to'silishga olib keluvchi kollektorlarning litologik o'zgaruvchanligi yoki uzilmalarning borligi, yoki boshqa sabablarga ko'ra qatlam suvlarining faolligi nomoyon bo'lmaydi va tabiiy energiyaning asosiy manbasi neftda erigan gaz do'ppisi hisoblanadi.





5.2-rasm. Tektonik to'silgan neft uyumi. 1 - neft; 2 - suv;

2. Qatlam suvlari faol bo'lgan uyumlar, ulardan erigan gaz ahamiyatining bo'ysunuvchanligida, asosan kontur tashqarisi hududi va gaz do'ppisining taranglik energiyasini ishlatish hisobiga neft olinishi mumkin.


Neftgaz uyumlarining yotish xususiyatlariga ko'ra uch guruhga bo'lish mumkin:
1. Gumbaz neftgaz uyumlari, ularda gaz do'ppisi bilan neft uyumi to'la yoki qisman yopilgan.
2. Qanotlarida gaz do'ppisi to'la yoki qisman chegaralovchi neft uyumlari bo'lgan qatlamsimon neftgaz uyumlari.
3. Litologik yoki tektonik chegaralangan neftgaz uyumlari.
Mahsuldor qatlamlarning soniga qarab bir yoki ko'p qatlamli konlarga bo’linadi.






Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling