O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Loyihaviy ishlarni bajarilish ketma-ketligi va tarkibi
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
2.2. Loyihaviy ishlarni bajarilish ketma-ketligi va tarkibi
Neft konlarini ishlashni loyihalashtirish va tahlil qilish bo'yicha hujjatlar qo'yidagi asosiy qismlardan iborat: 1)uyumni geologik tasnifi, ishlash tizimlarini loyiha-lashtirish uchun boshlang'ich ma'lumotlarni kon-geologik asoslash; 2) uyumni ishlash tizimlari variantlarni texnologik asoslash; 3) burg'ilash usullarini, qatlamlarni ochish va quduqlarni o'zlashtirishni, burg'ilash ishlarini tashkil qilishni asoslash; 4) quduqdarni ishlatish texnologiyasi va texnikasini asoslash 5) ishlash variantlarii texnik-iqtisodiy tahlili va ma'qul variantni tanlash; 6) neft olishni jadallashtirish va neft beraolishlikni oshrish maqsadida qatlamlariga ta'sir qilish usullarini asoslash; 7) ishlash loyihasini amalga oshirishda ishlash jarayonini nazorat qnlish va muvoffiqlashtirish usullarini asoslash; 8) neft, gaz va suvii yig'ish va tayyorlash uchun hudud va konni jihozlash tarxini tanlash va asoslash; 9) er bag'rini va atrof-muhitni saqlash bo'yicha choralar; 10) konni ishlash tizimlarini tavsiya qilinadigant variantini qisqacha ta'rifi; 11) xulosalar. Konlarni ishlashni loyihalashtirishda quyidagilarni inobatga olish kerak: konning geologik tuzilishi va uning xususiyatlarini o'rganish, hamda loyihalashtirish uchun boshlang'ich ma'lumotlarni tayyorlash; gidrodinamik hisob-kitoblar asosida qatlamga ta'sir qilish tizimi, oluvchi quduqlarni joylashtirish tarxi va shu bilan farq qiluvchi turli variantlar uchun konni ishlashninng geologik-texnik ko'rsatgichlarini hisoblash; ishlash texnologiyasini turli variantlarini iqtisodiy ko'rsatgichlarini xisoblash; ko'rilgan variantlarni kompleks kon-geologik, texnologik va texnik-iqtisodin tahlili asosida konni ishlashni ma'qul tizimini tanlash. Sinov va sinov-sanoat ishlatish loyihasini shunday tuzish kerakki, unda ishlashning loyihaviy hujjatlaridagi masalalar ko'rib chiqilsin. Ishlashning loyihaviy xujjatlarida quyidagilar asoslanadi: - ishlatuvchi ob'ektlarni ajratish; - ob'ektlarni ishga tushirish tartibi; - qatlamga ta'sir qilish usullari va agentlarni tanlash; - oluvchi va haydovchi quduqlarni joylashtirish tizimi va to'ri zichligi; - quduqdarni ishlatish rejimi va usuli; - qatlamlardan neft, gaz va suyuqlik olishni, hamda ularga siquvchi agentni xaydash darajasi sur'ati va dinamikasi; - ishlashni amalga oshiriladigan suv xaydash tizimlarini samaradorligini organish masalalari; - qatlamlardan neft qazib chiqarishni oshirishni fizik-kimyoviy, issiqlik va boshqa usullarini qo'llash xususiyatlariga bog'liq masalalar; - tavsiya qilingan quduq ustki va ichki jihozlarini va ularni ishlatish usullarini tanlash; - quduqlarni ishlatishda bo'ladigan mushkulotlarni oldini olish va yo'qotish bo'yicha tadbirlar; - qatlamga suv xaydash tizimlariga. Ishlatiladigan agent sifatiga qo'yiladigan talablar; - quduqlar konstruksiyasiga va burg'ilash ishlariga, qatlamlarni ochish usullarigacha quduqlarni o'zlashtirishga qo'yiladigan talablar va tavsiyalar; - ishlash jarayonini nazorat qilish va muvoffiqlashtirish bo'yicha tadbirlar; - quduqlarni kompleks geofizik va gidrodinamik tadqiqot qilish; - quduqlarni burg'ilash va ishlatishda, texnika xavfsizligida, qatlamlardan neft qazib chiqarishni oshirish usullarni qo'llaganda, konsanitariyasi va yong'in-xavfsizligida er bag'rini va atrof-muhitni saqlash bo'yicha maxsus tadbyrlar; - konni qidirishni tugallash bo'yicha bajariladigan ishlarni hdjmi va turi; - yangi texnologiya va texnik echimlarni sinov-sanoat tadqiqot qilish bilan bog'lik masalalar. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling