Ishlаtishning оqilоnа tizimi quyidаgi kеtmа-kеtlikdа bаjаrilаdi:
а) bоshlаng’ich gеоlоgik-fizik mа’lumоtlаrni yigish:
b)gidrоdinаmik hisоblаshlаr nаtijаsidа u yoki bu tizim uchun ishlаtishning tехnоlоgik ko’rsаtkichlаrini hisоblаsh;
v) ishlаtishning hаr хil vаriаntlаri uchun iqtisоdiy sаmаrаdоrlikni hisоblаsh;
g) gеоlоgik-tехnik vа iqtisоdiy ko’rsаtkichlаrini tаqqоslаb ishlаtishning оqilоnа vаriаntini tаnlаsh.
Konni ishlashnig ba'zi asosiy ko'rsatkichlarini ko'rib chiqamiz.
Konni ishlash sur'ati - vaqt davomida o'zgaradigan ko'rsatgich, joriy neft olishning boshlang'ich olinadigan zahirasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Kondan suyuqlik olish - bu neft va suvning yig'indisi:
Qc.k.=qH+qC
Neft beraolishlik - qatlamdan olingan neft miqdorini uning qatlamdagi boshlang'ich balans zahirasiga nisbati neft beraolishlik joriy va yakuniy neft beraolishlikka bo'linadi.
Joriy neft beraolishlik deb vaqtning joriy paytida qatlamdan olingan neft miqdorini uning qatlamdagi boshlang'ich balans zahirasiga nisbatiga aytiladi.
Yakuniy neft beraolishlik - qatlamni ishlashning oxirida boshlagan neft miqdorini uning qatlamdagi boshlang'ich balans zahirasiga nisbatiga aytiladi.
Neft beraolishlik ko'p omillarga bog'liq.
Odatda omillarni qatlamlardan neft olish mexanizmiga bevosita bog'liq omillarga va butun qatlamni ishlash bilan to'la qamralganligini xususiyatlovchi omillarga bo'linadi. Shuning uchun neft beraolishlikni quyidagi ko'paytma ko'rinishida tasvirlanadi:
η=ηкам+ηсиқ.ч
bu erda ηкам - qatlamni ishlash bilan qamrash koeffisienti; ηсиқ.ч - qatlamdan neftni siqib chiqarish koeffisienti.
ηсиқ.ч -kattaligi qatlamdan olingan neft miqdorini qatlamni ishlashga jalb qilingan qismida boshlang'ich joylashgan neft zahirasiga nisbatiga teng.
ηкам -kam kattaligi ishlashga jalb qilingan neft zahirasini qatlamdagi neftning umumiy geologik zahirasi nisbatiga teng.
Yakuniy neft beraolishlik nafaqat mazkur neft konini ishlashning texnik imkoniyatlarini hisobga olish bilan, balki iqtisodiy shartlarni ham hisobga olish bilan aniqlanadi. Agarda qandaydir texnologiya amaldagiga nisbatan bir muncha yuqoriroq yakuniy neft beraolishlikka erishishga imkon bersa ham, bu iqtisodiy sabablarga ko'ra foydasiz bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |