O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta’lim vazirligi andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti


Download 1.14 Mb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1183392
1   2   3   4   5
Bog'liq
Otamurod Qotishmalar

Tarkibida 40% dan kam kadmiy bo`lgan suyuq qotishma sovi­tilganda undan vismut kristallana boshlaydi, bunda vismut erituvchi, kadmiy eruvchi bo`ladi. Diagrammaning S nuktasida vismut bilan kadmiyning vazifasi almashinadi. Tarkibida 40% dan ko`proq kadmiy bo`lgan qotishmalardan dastavval kadmiy kristallana boshlaydi, bunda kadmiy erituvchi, vismut esa eruv­chi bo`ladi.

  • Tarkibida 40% dan kam kadmiy bo`lgan suyuq qotishma sovi­tilganda undan vismut kristallana boshlaydi, bunda vismut erituvchi, kadmiy eruvchi bo`ladi. Diagrammaning S nuktasida vismut bilan kadmiyning vazifasi almashinadi. Tarkibida 40% dan ko`proq kadmiy bo`lgan qotishmalardan dastavval kadmiy kristallana boshlaydi, bunda kadmiy erituvchi, vismut esa eruv­chi bo`ladi.
  • Evtektika metallografik mikroskopda ko`rilsa, u vismut bi­lan kadmiydan iborat juda mayda kristallarning mexanikaviy aralashmasi ekanligi ma’lum bo`ladi. Vismut bilan kadmiy-
  • ning evtektik tarkibdan boshqacha
  • tarkibli qotishmalari bu metallar-
  • dan birining yirik kristallari bilan
  • evtektikadan iborat bo`ladi.
  • Yuqorida bayon etilganlarga muvofiq, diagramma (36-rasmga qaralsin) beshta sohaga bo`linadi: I - kadmiy bilan vismutdan iborat suyuq qotishma, II — suyuq qotishma bilan vismut kristal­lari aralashmasi, III — suyuq krtishma bilan kadmiy kristallari aralashmasi, IV— evtektika bilan vismut kristallari aralashmasi
  • 37- rasm. Sovish egri chiziqlari.
  • va, nixoyat, V — evtektika bi­lan kadmiy kristallari aralashmasi.
  • Holat diagrammalari, odat-da qotishmalarning sovish eg­ri chiziqlari asosida tuziladi. Bunday chiziqlar hosil qilish uchun ikkita toza me­tall olib, ulardan har xil : tarkibli bir nechta aralashma tayyorlanadi va bu aralashmalarning har biri suyuqlantirilib, so`ngra
  • asta-sekin sovitiladi, hamda qotayotgan qotishmaning temperaturasi ma’lum vakt oraliqlarida o`lchab boriladi. Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar asosida sovish egri chiziqlari tuziladi; buning uchun abstsissalar o`qiga vaqt, ordinatalar o`qiga esa tem­peratura quyiladi. 37- rasmda chap tomondagi egri chiziq toza metallning sovish egri chizig`i, o`ng tomondagisi qotishmaning sovish egri chizig`idir.
  • Temperatura dastavval ak egri chiziq bo`ylab bir tekisda pasayadi (37-rasm, chap tomondagi egri chiziq); k nuqtaga kelib, egri chiziq sinadi, bunda qattiq faza hosil bo`la boshlaydi, bu protsess issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi va shuning uchun temperatura ma’lum vaqtgacha o`zgarmay turadi (sovish chizig`i abstsissalar utsiga parallel bo`ladi). Suyuqlantirilgan metall­ning hamma massasi kristallanib bo`lgandan keyin, temperatu­ra egri chiziq bo`ylab yana bir tekis pasaya boshlaydi.
  • Ba’zan, batamom kristallanib bo`lgan metallning sovish egri chizig`ida ham temperatura pasayayotganda abstsissalar o`kiga pa­rallel chiziq hosil bulishi kuzatiladi. Bu hodisa kristallanib bo`lgan metallda ham issiqlik ajralib chiqishi bilan sodir bo`ladigan biror protsess (ekzotermik protsess) borishini ko`rsa­tadi. Metallning bir allotropik shakldan boshqa bir allotropik shaklga o`tish protsessi ana shunday protsesslardandir.
  • Ikki metalldan iborat qotishmaning sovish egri chiziri bosh-qacharoq bo`ladi (37-rasm, ungdagi egri chiziq). Bu egri chiziqda
  • ham k nuqta qotishmaning qota
  • boshlashiga, ya’ni qotishma tarkibidagi
  • metallardan birining kristallana
  • boshlashiga muvo­fiq keladi. Bunda
  • suyuqligicha qoladigan qotishmaning
  • tarkibi o`zgaradi va uning qotish temperaturasi kristallanish vaqtida tuxtovsiz pasayib boradi. Ammo kristallanish vaqtida ajra­lib chiqadigan issiqlik sovishni sekinlashtiradi, buning nati­jasida k nuqtada egri chiziq bir oz sinadi. Qotishma evtektik tarkibga erishguncha ortiqcha komponentning kristallanishi va temperaturaning bir tekisda pasayishi davom etadi. Qotishma evtektik tarkibga erishganda, ya’ni ortiqcha komponent batamom kristallanib bulgandan keyin, temperatura pasayishdan tuxtaydi.
  • Qotishmalarning sovish egri chiziqlari asositsa holat diagrammasining tuzilishio`zgaradi, chunki evtetik qotishma o`zgarmas temperaturada kristallanadi. Evtektik qotishma kristallanib bo`lgandan keyin, temperatura se chiziq bo`ylab yana bir tekisda pasaya boshlaydi.
  • Ikki metalldan iborat har xil tarkibli qotishmalarning yuqorida bayon etilgan yo`l bilan hosil qilingan bir nechta sovish egri. chizig`i asosida shu sistemaning holat diagrammasi tuziladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling