O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta talim vazirligi jizzax davlat pedagogika insitituti tabiiy fanlar fakulteti


I BOB: O’SIMLIKLARDA BORADIGAN MUHIM HAYOTIY JARAYONLAR


Download 344.78 Kb.
bet3/12
Sana21.02.2023
Hajmi344.78 Kb.
#1218576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'G\'ILOY kurs ishi

I BOB: O’SIMLIKLARDA BORADIGAN MUHIM HAYOTIY JARAYONLAR.
1.1. O’simliklarda organik moddalar hosil bo’lishi.
O‘simliklar, ayniqsa, urug‘lar tarkibida (uning turiga qa- rab) har xil miqdorda suv, mineral tuzlar va organik moddalar (kraxmal, shakar, moy va oqsil moddalar) bo‘ladi. Bu organik moddalar o‘simliklaming qaysi qismida qanday hosil bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Olimlar ko‘pgina tajribalar asosida organik moddalar barg etining hujayralarida va o‘simliklaming boshqa yashil organlari hujayralarida hosil bo‘lishini aniqlashgan.
O‘simliklarda quyosh nuri ta’sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishi va havoga kislorod ajralib chiqish jarayoni Fotosintez deyiladi. Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o‘simliklardagi Fotosintez jarayonini o‘rganishga bag‘ishlagan va fanga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan rus olimi A. Timirya- zevdir. U o‘zining «Quyosh, hayot va xlorofill» nomli kitobida Fotosintez jarayonini asoslab bergan. 0 ‘simliklar suv va unda erigan mineral modda (tuz)lar- ni tuproqdan ildiz tukchalari orqali so‘rib olishi sizlarga ma’lum. Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz bosim kuchi ostida dastlab ildiz tukchalariga, ulardan ildiz naycha- lariga sizib o‘tadi, so‘ngra poyaga, va nihoyat, barg tomirla- ridagi naychalar orqali barglarga o‘tadi. Barg hujayralariga suvda — erigan organik moddalar suv bilan bir vaqtda og‘izchalar orqali havodan karbonat angidrid gazi kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofill do- nachalari ishtirokida va yorug‘lik ta’sirida organik moddalar hosil bo‘ladi.
Bu jarayonda xlorofill donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi. Natijada, dastlab shakar, so‘ngra kraxmal hosil boiadi. Karbonat angidrid suv bilan birikkanda, shakar- dan tashqari yana erkin kislorod gazi ajralib, og‘izchalar orqali havoga chiqadi. O‘simliklar hujayrasida faqat shakar va kraxmal emas, balki boshqa oziq moddalar ham to‘planadi. O‘simliklarda organik moddalaming hosil bo‘lishi juda murakkab jarayon hisoblanadi.
ASSIMILYATSIYA (lotincha assimililio – birikish, o’zlashtirish, o’xshatish) — (biologiyada) tirik organizmlar uchun xos bo’lgan moddalar almashinuvining bir tomoni, tashqi muhitdan olinadigan moddalardan organizm uchun zarur murakkab moddalar hosil bo’lishi. Assimilyatsiya — tiriklikning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Assimilyatsiya jarayonida organizmning o’sishi, rivojlanishi va yangilanishida energiya manbai sifatida foydalaniladigan moddalar to’planishi ta’minlanadi. Termodinamika nuqtai nazaridan organizmlar ochiq sistema bo’lib, ularga tashqi muhitdan energiya kelib turadi. Tirik organizmlar uchun quyosh nuri dastlabki energiya manbai hisoblanadi. Yer yuzida uchraydigan barcha tirik organizmlar energiya manbalaridan foydalanish xususiyatlariga ko’ra avtotrof va geterotrof guruhga ajratiladi. Faqat avtotroflar (yashil o’simliklar) quyoshning energiyasidan Fotosintez jarayonida organik moddalar (uglevodlar, oqsillar, yog’lar) sintez qilishi mumkin. Xemosintezlovchi mikroorganizmlardan tashqari barcha organizmlar (geterotroflar) tayyor organik moddalarni Assimilyatsiya qiladi, ya’ni ulardan energiya manbai yoki qurilish materiali sifatida foydalanadi.
Assimilyatsiya jarayonida geterotroflar organizmida oqsillar dastlab aminokislotalargacha parchalanadi, ya’ni biologik individuallik xususiyatini yo’qotadi, so’ngra har bir organizmning o’zi uchun xos bo’lgan oqsillar sintezlanadi. Tirik organizmda uni tashkil etuvchi qismlarning yangilanishi parchalanish (dissimilyatsiya) va sintezlanish (Assimilyatsiya) tufayli to’xtovsiz davom etadi. Masalan, katta yoshdagi odam organizmida oqsillar taxminan 2,5 yil davomida to’liq almashinadi. Assimilyatsiyaning intensivligi va bu jarayonning dissimilyasiyaga nisbati organizmlar turi hamda yoshiga bog’liq. Assimilyatsiya organizmlar o’sayotgan davrda, ya’ni yosh hayvonlar organizmida, o’simliklarning butun hayoti davomida jadal kechadi. Assimilyatsiya anabolizm jarayoniga o’xshash, lekin undan oziqning iste’mol qilinishi va organizmda oziq moddalarning to’planishi, ya’ni hujayradan tashqarida boradigan jarayonlarni ham o’z ichiga olishi bilan farq qiladi.



Download 344.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling