2-ilova
“Aqliy hujum” metodi
Guruhlarga bo’lingan holda savol-javob o’tkazish;
Talabalar 4 guruhga bo’linadilar hamda har bir guruhga o’qituvchi tomonidan ism tanlanadi. Guruh a’zolariga mavzu yuzasidan 2 tadan savol tarqatiladi va o’ylab olish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
Savollar:
1. Maktabgacha ta’lim tizimida mutaxassislik fanlari va ularning
maqsad va vazifalarini ayting.
2. Bo‘lajak o‘qituvchi-tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga
tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi o‘quv
fanining ahamiyati haqida tushuncha bering.
3. Maktabgacha ta’lim tizimida mutaxassislik fanlarini o‘qitish
jarayonini izohlang.
4. Pedagogik jarayon va pedagogik tizim haqida ma’lumot bering.
5. Metodika tushunchasini izohlang.
6. O‘qitish metodikasiga ta’rif bering.
7. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining predmeti
va maqsadini ayting.
8. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining vazifalarini
izohlang.
3-ilova
3-Amaliy topshiriq.
Har bir guruhga (talabalar 4 ta guruhga bo’lingan edi) SWOT tahlil metodi shaklida topshiriq tarqatiladi. Ular quyidagilar:
Mutaxassislik fanlarini o’qitishda tizimli yondashuv haqida “SWOT – tahlil” ishlab chiqing.
SWOT – tahlil metodi. Ta’lim tizimida eng ko’p qollanadigan va yaxshi samara beradigan uslublardan biri hisoblanadi. S- strength – kuch, W-weakness – zaiflik, O-opportunity – imkoniyat, T-threat – xavf.
Do'stlaringiz bilan baham: |