O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim vazirligi toshkent xalqaro nordik universiteti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1463578
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
OQUVCHILAR BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH (1)

Agar da muallim bo'Is a beozor, 
Bolalar guruhni qilishar bozor, deb bejiz aytmagan. 
Yana shuni ham aytish kerakki, intizom deganda bolalarning partada qimirlamay o'tirishini 
emas, balki ongli intizomni tushunish kerak. Ko'pgina o'qituvchilar o'zicha intizom 
o'rnatmoqchi bo'ladilar. Guruhga qosh-qovog'idan qor yog'dirib kiradilar, dag'-dag'a qilib
bolalarni siquvga oladilar, gah desa qo'lga qo'nadigan qilmoqchi bo'ladilar. Bu bilan 
mutlaqo kelishib bo'lmaydi. Zo'ravonlik asosiga qurilgan tartib yahshilikka olib 
bormaydi. Bu murg'aqk qalblarga adovat urug'ini sochadi, ularni sovuqqon, qo'rqoq, 
jur'atsiz, yolg'onchi, ozurda qilib qo'yadi. 
Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yahshi usuli o'quvchilar ishonchini 
qozonishdir. Darsni qizg'in, ijodiy, ko'rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va 
hayratini uyg'otish, lol qoldirish, dars o'tilgach birorta ham o'quvchini «beish» 
qoldirmaslik - har biriga o'ziga hos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir. 
Intizomli bo'lish nafaqat o'quv yurtida, balki o'quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi 
turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so'qmoqlarida ham tartib-
intizom muhim ahamiyatga ega. 
O`zlashtirishning past bo`lishi aksariyat hollarda, o`quvni tizimli va rejali olib borish 
iqtidori va ko`nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. 
Sinf rahbarining va fan o`qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o`quvchining faoliyatini 
quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog`liq: 
8. 


Faoliyatni reja asosiga qurish. 
Qunt bilan ishlash. 
Pala-partishlikka yo`l qo`ymaslik, saranjomlikka o`rganish. 
Bilim sifatini oshirish. 
Qiyinchiliklarni yengish. 
O`quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. 
Bu degani o`quv mehnatini o`quvchining dam olishi bilan to`g`ri almashtirib borilishidir. 
7. O`qishda o`rtoqlarcha o`zaro yordam uyushtirish. 
O`rtoqlarcha o`zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini 
oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi. 
8. Sinf o`qituvchilari bilan hamkorlik. 
Sinf rahbari ta`lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o`zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi 
boshqa o`qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. 
Endi bevosita ana shu ishlar mazmuni bilan tanyshib chiqamiz. 
Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o`qish nafaqat har kimning 
shaxsiy ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan ish ekanligini o`quvchilarga 
tushuntirib boradi. Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur
9. 


bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini kutmoqda.
Bular haqida sinf majlislarida, har bir o`quvchi bilan alohida yoki bir guruh o`quvchilar 
bilan o`tkaziladigan 
suhbatlarda
, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib 
beradi. O`qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta 
mas`uliyat bilan qarash kerakligi bolalarga tushuntirib boriladi. 
«Bilim – takrorlash mevasidir», – degan edi Abu Rayhon Beruniy. Sinfda va uyda ko`p 
va jiddiy ishlaydigan bolalar, odatda o`qishda va mehnatda katta muvaffaqiyatlarga 
erishadilar. Har qanday muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bolalarni 
o`qishga mas`uliyat bilan qarash ruhida, ko`chirib olishga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash 
kerak. 
Sinf majlislarida vaqti-vaqti bilan mazkur masalalar butun mazmun-mohiyati bilan 
muhokama qilinishi, shu orqali o`quv mashg`ulotlariga loqaydlik bilan qaraydigan 
o`quvchilarga sezilarli ta`sir o`tkazish kerak. 
Sinfning o`zlashtirish masalasi atrofida jamoatchilik fikrining shakllanishi, bu borada sinf 
devoriy gazetasi imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. 
O`quvchilarni bilimga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda ularning nazariy bilimlarini 
mustaqil ravishda qo`llay bilishlarini hisobga olish ayniqsa muhimdir. Bu tajriba juda 
ko`p maktablarda muvaffaqiyatli qo`llanilib kelinmoqda. O`quvchilarga biror bir fan 
bo`yicha ko`rgazmali qurol yoki biror jihoz yasab kelish buyuriladi. Bunda «Agar 
tirishsang, bu sening qo`lingdan keladi» degan gapni uning qulog`iga quyish kerak. Buni 
o`quvchi nafaqat oddiy topshiriq, balki o`qituvchining ishonchi sifatida ham qabul qiladi. 
To`g`risini aytganda, bunday narsalarni yasash uchun o`quvchi yetarli nazariy bilimga 
ega bo`lishi kerak. O`quvchi topshiriqni puxta qilib bajarishi uchun u yoki bu fan 
asoslarini o`rganishga, o`z bilimini chuqurlashtirishga 
harakat qiladi
, o`zi yasayotgan 
o`quv quroliga, ushbu fanga nihoyatda qiziqib qoladi. Shu bilan birgalikda har bir 
yasalgan narsa zamirida mehnat yotganligini his qiladi, sinf va maktab jihozlarini 
avaylashga o`rganadi. 
Maktab o`quvchilarining bilimga qiziqishi ularning hayotiy ehtiyojlariga bevosita
10. 


bog`liqdir. Maktab hovlisidagi bog`, tokzor, issiqxonada o`tkaziladigan amaliy jarayon – 
daraxtlarni butash, ularga payvand solish, tok kesish, daraxt o`tqazish, issiqxonalarda 
pomidor, sabzavotlar yetishtirish qoidalari o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Bu hol 
ularni botanika, geometriya, jo`g`rofiya, 
mehnat fanlariga havas
, ularni sevib o`rganishga 
rag`bat uyg`otadi. Axir, yuqoridagi fanlardan chuqur bilim va malaka hosil qilmay turib, 
mazkur ishlarning mohir ustalari bo`lib yetishish mumkinmi? Bolalarga ijtimoiy fanlarga 
qiziqishni orttirish uchun ularni turli madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tortish ahamiyatlidir. 
Huddi shuningdek, fizika, ximiya, biologiya, tarix, mehnat, astronomiya, chet tili fanlari 
ham o`quvchilarda havas o`yg`otadigan juda katta hayotiy amaliy imkoniyatlarga egadir. 
Bilimga bo`lgan qiziqishni shakllantirish va o`stirishda sinflarni, o`quv xonalarini va 
maktab binosini jihozlash ham katta ahamiyat kasb etadi, o`quvchilarda turli qarashlar, 
did, dunyoqarashni shakllantiradi, estetik zavq uyg`otadi, tegishli ma`lum sohalarga 
havas uyg`otadi. 
Bugungi kunda turli fanlar bo`yicha qiziqarli adabiyotlar nashr qilinmoqda: «Mashhur 
kishilar hayotidan», «Qiziqarli matematika», «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli 
jo`g`rofiya», «O`simliklar hayoti», «Bizni o`rab turgan olam», «Tariximizga bir nazar» 
va hokazo ilmiy-ommabop turkumdagi bu kitoblar o`quvchilar qo`liga berilsa, ular
11. 


hayotida albatta burilish yasashi turgan gap. Kitobdan ham yaqinroq do`st, undan ham 
qudratliroq tarbiya vositasi bormi o`zi? 
O`quv jarayonida fanlar bo`yicha o`zaro bog`lanishga katta e`tibor berish kerak. Bundan 
o`qituvchiyu o`quvchi ham yutadi. Bunga bir necha misollar keltirish mumkin. Fizika 
darsida masalalar yechish asnosida matematika formulalaridan foydalaniladi. Matematika 
darslarida fizik kattaliklar va o`lchov birliklari qo`llaniladi. Bulardan tashqari ikkala fan 
birgalikda o`rganadigan mavzular bo`ladiki, ularda ikkala fan o`qituvchisi ham bir darsda 
o`z sohalari bo`yicha tushuncha bersalar nur ustiga nur bo`ladi. 
Adabiyot-tarix
, mehnat-
botanika, tarix-jo`g`rofiya juftliklari faoliyatida ham bunday imkoniyatlar cheksizdir. 
Bolaning muayyan bir fanga qiziqishiga suyanib turib, unda boshqa fanlarga ham ongli 
ravishda yondashish va fan asoslarini o`rganishga havas uyg`otish mumkin bo`ladi. 
O`quvchilarni bilish faolligini takomillashtirish uchun to`garak, fakultativ mashg`ulotlari 
jarayonida kengroq foydalanish lozim. Sinf rahbari o`z o`quvchilarining qiziqishi, 
moyilligi, uy sharoiti haqida ma`lumotlar bilan fan o`qituvchilarini tanishtiradi, bolaga 
qanday munosabatda bo`lish kerakligi haqida maslahatlar beradi. Hatto, shunday ham 
bo`ladiki, biror fandan o`zlashtirmayotgan o`quvchi bilan sinf rahbarining o`zi bevosita 
ish olib boradi. «Ikkalamiz bu topshiriqni bajarmasdan qo`ymaymiz», deb dalda beradi 
shogirdiga. Kerak bo`lganda, a`lochi o`quvchilarni yoki ushbu fan o`qituvchisini ham 
ko`makka chaqiradi. Bundan o`quvchini ko`ngli tog`dek ko`tariladi, yolg`iz emas 
ekanligini tushunadi, topshiriqni o`zlashtirishga harakat, havas uyg`onadi. 
Bolalarda o`quv mehnatiga javobgarlik va mas`ullik hissini tarbiyalash juda muhimdir. 
Mas`ullikni sezmagan o`quvchi pala-partish o`qiydi. Mas`ullik kishini sergak torttiradi
o`quv faoliyatiga alohida javobgarlik hissi bilan qarashga undaydi 
Ma`lumki, ongli intizom va mas`uliyat hissini sezish maktabda olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlar tizimining samarasi hisoblanadi. 
Bolalarning intizomli bo`lishida sinf rahbarining xizmati katta. 
12. 


 U darsda va darsdan tashqari vaqtlarda turli tarbiyaviy 
usullardan foydalanib
, bolalarda 
intizomni tarbiyalab boradi, sinfda aniq rejim va ichki tartib o`rnatishga kirishadi; 
jihozlash, tozalik va tartibni joriy etib boradi. 
Bu ishlarni sinf rahbari bir o`zi emas, balki o`qituvchilar, sinf jamoasi, faollari va ota-
onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 
Sinfda intizomni saqlash va joriy qilish faqat sinf rahbarining ishi deb tushunuvchilar 
ham uchrab turadi. Bu mutlaqo noto`g`ri fikr. Intizom uchun butun sinf, pedagogik jamoa 
mas`uldir. Intizomni tarbiyalash juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Shunisi 
ham borki, ko`p vaqt qilingan mehnatni bir paytni o`zidayoq yo`qqa chiqarish mumkin. 
Masalan, sinf rahbari va ayrim fan o`qituvchilari darslarida bolalar jim, intizomli 
o`tirishadi, darslarni berilib tinglashadi, o`quv yumushlari bilan band bo`lishadi; ba`zi 
o`qituvchilarning darslarida buning aksi: 
bolalar qiy-chuv qilishadi
, bir-biriga qog`oz 
otishadi, partaning ostiga kirib yashirinishadi, natijada o`qituvchi tajanglashadi,
13. 


o`quvchilar bilan ixtilofga boradi. Bunday ayanchli manzara har bir maktab hayotida 
uchrab turishi tabiiy. 
Nega shunday bo`ladi? Bu holatda o`sha fan o`qituvchisining o`zi aybdordir. Negaki u 
dastlabki mashg`ulotlaridayoq o`z «siri»ni bolalarga oldirib qo`ygan. Uta ko`ngilchan, 
so`zlari, harakatlari ta`sirsiz, bo`shang, muloyim, bolalarni o`ziga jalb qilolmaydi, 
tashkilotchilik qobiliyatiga ega emas. 
Xo`sh natija nima bo`ladi? O`qituvchi o`z kayfiyatini buzadi, jismonan charchaydi, 
o`quvchilarni uradi, dars maqsadiga erishish u yoqda tursin, darsni to`liq o`tolmaydi, 
bundan ham yomoni o`quvchilar intizomini buzadi, 
sinfda tarqoqlikni
, boshboshdoqlikni 
vujudga keltiradi. Mana, sizga birgina bo`shang o`qituvchining keltirgan ziyoni. 
O`quvchilarda intizomni tarbiyalamasdan turib, ularni maktabga, atrof-muhitga, 
kishilarga, darslarga to`g`ri munosabatda bo`lishga, uy vazifalarini bajarishga, 
saranjomlikka o`rgatish qiyin. Ongli intizomni tarbiyalash – maktabning` asosiy vazifasi 
hisoblanadi. 
Sinf rahbarlari huddi shunday holatlarga o`z e`tiborlarini qaratishyaari lozim. Butun sinf 
o`qituvchilari oldiga yagona pedagogik talablarni, qattiqqo`llikni, sinfda intizomni 
saqlash, o`quvchilarga bo`lgan talabchanlikni oshirishni alohida vazifa qilib qo`yish 
lozim. 
Sharqning faylasuf shoiri Shayx Sa`diy: 
Agarda muallim bo`lsa beozor, 
Bolalar sinfni qilishar bozor, 
deb bejiz aytmagan. 
Yana 
shuni ham aytish kerakki
, intizom deganda bolalarning partada qimirlamay 
o`tirishini emas, balki ongli intizomni tushunish kerak. Ko`pgina o`qituvchilar o`zicha 
intizom o`rnatmoqchi bo`ladilar. Sinfga qosh-qovog`idan qor yog`dirib kiradilar, dag`-
dag`a qilib bolalarni siquvga oladilar, gah desa qo`lga qo`nadigan qilmoqchi bo`ladilar. 
Bu bilan mutlaqo kelishib bo`lmaydi. Zo`ravonlik asosiga qurilgan tartib yaxshilikka olib 
bormaydi. 
14. 


 Bu murg`aqk qalblarga adovat urug`ini sochadi, ularni sovuqqon, qo`rqoq, jur`atsiz, 
yolg`onchi, ozurda qilib qo`yadi. 
Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o`quvchilar ishonchini 
qozonishdir. Darsni qizg`in, ijodiy, ko`rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va 
hayratini uyg`otish, lol qoldirish, dars o`tilgach birorta ham o`quvchini «beish» 
qoldirmaslik – har biriga o`ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir. 
15. 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling