O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
15.5. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash
Huquqiy davlat qurishda, avvalo, qonunlarga tayangan holda insonparvarlik va odillik tamoyillari asosida odil sudlovni amalga oshirish lozimdir. Mazkur tamoyillarga to‘liq rioya qilish Jinoyat qonuni talablari og‘ishmay bajarilishini taqozo etadi. Jinoyat qonunida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash instituti mavjud bo‘lib, bu norma talablariga rioya qilmaslik yuqoridagi tamoyillarning buzilishiga olib keladi. Ushbu qoida buzilishini bartaraf qilishda ko‘maklashish maqsadida bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashga oid qoidalarni qisman bo‘lsa-da yoritib berishni lozim, deb topdik. Jinoyat kodeksining 59-moddasiga binoan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashni quyidagi tartibda amalga oshirish nazarda tutilgan: Shaxs «Maxsus» qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmuyi bo‘yicha jazo tayinlaydi. Agar jinoyatlar majmuyini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim. Agar jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, ushbu kodeksning «Umumiy» qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Jinoyatlar majmuyi bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi. Jinoyatlar majmuyi bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo‘yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmuyi bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi qo‘shiladi. Yuqoridagi jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
2) shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo‘lib, ulardan biri tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, suiqasd yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya qilinganda; 3) ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganida.
b) bunday jinoyatlar kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilganda har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlarini e’tiborga olishda; d) ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga nisbatan jazoni o‘tash koloniyasi rejimi turini belgilashda, shaxsni o‘ta xavfli retsidivist, deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi.
Shaxsning sodir etgan jinoyatlari uchun sud aybdorga har xil turdagi jazolarni tayinlashi ham mumkin. Masalan, bitta jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish, boshqasi uchun axloq tuzatish ishlari qamoq yoki jarima va boshqa jazolar. Jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi ayrim jinoyatlar uchun turli xil jazolarni qo‘shish masalasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 2-qismida yoritib berilgan. Qonunga binoan sud mazmuniga ko‘ra, jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi jinoyatlar uchun jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish masalasini qonunda belgilangan jazo tayinlash talablarini hisobga olgan holda o‘z ixtiyori bilan hal qiladi. Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 5-qismida «jinoyatlar majmuyi tariqasida tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shib tayinlash mumkin», deyilgan. Jinoyatlar majmuyiga kiruvchi ayrim jinoyatlar uchun qo‘shimcha jazolar dastlab asossiz ravishda tayinlangan bo‘lsa, yuqori turuvchi sudlar keyingi instansiya tartibida jinoyat ishlarini ko‘rishda ularni hukmdan chiqarib tashlaydi. Jinoyatlar majmuyi tariqasida tayinlangan asosiy jazoga ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan bir necha turli xil qo‘shimcha jazolarni tayinlash mumkin. Masalan, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish va muayyan huquqdan mahrum qilish. Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 4-qismida ko‘zda tutilgan holatlarda jazo tayinlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yangi aniqlangan jinoyat ishi uchun 59-modda talablariga ko‘ra, 54-modda asosida alohida jazo tayinlanadi; yangi aniqlangan jinoyat ish bo‘yicha tayinlangan jazoga oldingi ishi bo‘yicha tayinlangan jazolar qo‘shiladi. Jinoyatlar jami uchun belgilangan qat’iy jazo birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas, chunki bunday holda jazolarni qo‘shish vaqtida birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan emas, balki uning to‘liq miqdoridan kelib chiqiladi. Jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlangan jazodan chegirib, keyingi ish bo‘yicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida qamoqda o‘tirgan vaqti va birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo muddati chegirib tashlanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling