O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi


Download 1.35 Mb.
bet112/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

17.2. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi

  munosabati bilan jazodan ozod qilish


Jinoyat huquqida muddatning o‘tishi deganda, jinoyat qonuniga asosan sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan muddatning hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘tishi tushuniladi.

Muddatning o‘tishi muayyan vaqtning o‘tishida ifodalanadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun jinoyat sodir etish vaqti muayyan ahamiyatga ega bo‘lsa, jinoiy jazodan ozod qilishda muddat o‘tishining boshlanishida esa, sud hukmining qonuniy kuchga kirishi ahamiyatli hisoblanadi. Sud hukmi apellatsiya shikoyati va protesti keltirish muddati o‘tgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi. Agar apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilib, hukm bekor qilingan bo‘lsa, muddat ish yuqori sud tomonidan ko‘rilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ishni apellatsiya tartibida yuritish uchun shikoyat yoki protest keltirish muddati o‘n kun, aybdor, oqlanuvchi yoki jabrlanuvchi esa hukmni olgan kunda boshlab o‘n kunlik muddat qilib belgilangan.

Jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlash alohida ahamiyatga ega bo‘lib, sudlar barcha jinoyatlarni hisobga olib, jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlaydi. Bir qancha jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlanganda muddatning o‘tishi tayinlangan jazo muddatiga nisbatan hisoblanadi. Jazoni ijro etish muddatining o‘tishi bilan shaxs jazodan to‘liq va hech qanday shart qo‘yilmasdan ozod qilinadi.

Jazoning ijro etish muddati o‘tib ketganligi sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:


birinchi guruhga, sud hukmi bo‘yicha belgilangan jazoni ijro etishga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan, sud yoki jazoni ijro etuvchi organ xodimlarining o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, mahkumning og‘ir kasalligi va boshqalar kiradi;

ikkinchi guruhga, mahkumning jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlashi kiradi.


Jazoni ijro etish muddatining o‘tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, hukm bir qator asoslarga ko‘ra ijro etilmagan vaqt davomida aybdorga bog‘liq bo‘lmagan yoki yangi jinoyat sodir etilmagan va jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlamagani holda muddatning o‘tishi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, muddatning o‘tish qoidasi buzilmagan bo‘lsa, ushbu muddat o‘tishi bilan ayblov hukmi ijro etilmaydi.

Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash deganda, tayinlangan jazoni ijro etishdan qochishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakat tushuniladi. Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash, yangi jinoyat tarkibini tashkil qilmaydigan harakatlardan iborat bo‘lishi kerak.

Jinoyat kodeksining 69-moddasiga muvofiq, sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
1) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda – uch yil;

2) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – besh yil;

3) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – o‘n yil;

4) o‘n yildan ortiq bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – o‘n besh yil ichida jazo ijro etmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod qilinadi.


Bundan tashqari, Jinoyat kodeksida umumiy muddat ham belgilangan bo‘lib, agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro etish mumkin emas. Bu muddatning o‘tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.

Muddat o‘tishining quyidagi shartlari mavjud:


1) sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;

2) shaxsning jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlamaganligi;

3) bu muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmaganligi.
Agar mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlangan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi lozim. Shaxs muddat o‘tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va yangi jinoyat sodir etgan kundan boshlab hisoblanadi.

O‘lim jazosiga mahkum qilingan shaxsni jazodan ozod qilish masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddati o‘tishi lozim, deb topmasa, o‘lim jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlaydi.

Agar shaxs Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir etgan bo‘lsa: urushni targ‘ib qilish (150-modda); agressiya (151-mod­da); urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda); genotsid (153-modda), yollanish (154-modda); terrorizm (155-modda); milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-modda) jazodan ozod qilish muddati qo‘llanilmaydi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling