O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jazodan ozod qilish tushunchasi va uning turlari


Download 1.35 Mb.
bet111/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

17.1. Jazodan ozod qilish tushunchasi va uning turlari

Jinoiy jazodan ozod qilish jinoyat sodir qilishda aybdor, deb topilgan va jazoga mahkum qilingan shaxsga nisbatan jazoni qo‘llash yoxud boshqa usul va vositalar bilan jazo maqsadlariga erishish imkoniyati mavjud bo‘lsa-da, jazoni o‘tashni davom ettirishdan davlatning voz kechishidir. Yoki boshqacha aytganda, jazodan ozod qilish deganda, aybdorni aynan sud hukmi bilan tayinlanadigan jazodan ozod qilish tushuniladi.

Jazodan ozod qilish jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qoidasining tarkibiy qismi bo‘lib, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning bir shakli sifatida jazodan ozod qilishni taqozo etadi.

Jinoiy jazodan ozod qilishni uchga bo‘lish mumkin:


1) jinoiy jazodan to‘liq ozod qilish;

2) jinoiy jazodan qisman ozod qilish;

3) jinoiy jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilish.
Jinoiy jazodan to‘liq ozod qilishda sud ayblov hukmida jazo turini belgilaydi va belgilangan jazoni ijro etmaslikka qaror qiladi. Bu turga jazoni ijro etish muddatining o‘tib ketganligi (69-modda), shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi (70-modda), aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi (71-modda), shartli jazo belgilash (72-modda) kabi jazodan ozod qilish turlari kiradi.

Jinoiy jazodan ozod qilishning ikkinchi turida esa, mahkum sud belgilagan jazoning bir qismini o‘taydi yoki belgilangan jazo yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. Bunga: muddatidan ilgari shartli ozod qilish (73-modda), jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (74-modda) kiradi.

Kasallik yoxud mehnat qobiliyatining yo‘qotilishi (73-modda), amnistiya va avf etish asosida jazodan ozod qilishda mahkum jazodan to‘liq yoki qisman ham ozod qilinishi yoxud jazo chorasi yengilrog‘i bilan almashtirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu asoslarni jazodan ozod qilishning har ikki turiga ham kiritish mumkin.

Bundan tashqari, jinoiy jazodan ozod qilish shartsiz yoki shartli, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra ham bo‘lishi mumkin. Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko‘ra (jazoni o‘tash muddatidan ilgari jazodan ozod qilish), jazodan ozod qilishdan tashqari boshqa asoslarga ko‘ra, jazodan ozod qilish turlari jazodan shartsiz ozod qilish hisoblanadi.

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi:
birinchidan, qo‘llanish asosiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish umumiy qoida bo‘yicha faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilsa, jinoiy jazodan ozod qilishda jinoyatning tasnifi (og‘irlilik darajasi)ga qat’iy bog‘liq emas.

ikkinchidan, subyektiga ko‘ra, jinoyat protsessi ishtirokchisi tomonidan jinoiy javobgarlikdan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan esa faqat mahkum, shuningdek, sud hukmi e’lon qilingan shaxs ozod qilinishi mumkin.

uchinchidan, jinoiy javobgarlikdan shaxs, nafaqat, sud tomonidan, balki surishtiruv, tergov va prokuratura organlari tomonidan jinoiy ishni dastlabki tergov jarayonida yoki shaxs jinoyat protsessi ishtirokchisi bo‘lmay turib, ya’ni jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldin ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan ozod qilish esa, faqat sud qarori bilan (jinoiy jazodan ozod qilib sud hukmini chiqarish, jinoyat ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim yoki qaror) amalga oshiriladi;

to‘rtinchidan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning jinoiy jazodan ozod qilishdan yana bir asosiy farqi ayblanuvchi shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat huquqiy oqibatdir. Masalan, takroran jinoyat sodir etish yoki jinoyatlar majmuyi shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etganda va ular uchun sudlanmagan hollarda huquqiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu bilan birga shaxs muayyan shartlar asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganda ham sudlanmagan hisoblanadi. Jinoiy jazodan ozod qilish sud hukmida tayinlangan jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilish hisoblanib, bunda sudlanganlik holati saqlanib qoladi.


Jinoyat kodeksining 65, 66, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan ilgari sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan va jazodan ozod qilingan shaxs takroran jinoyat sodir etish yoki ilgari ham qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlangandan so‘ng yangi jinoyat sodir etsa, bu holat jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jinoiy jazodan ozod qilish sudlanganlik oqibatini bekor qilmaydi1.

Jinoiy jazodan ozod qilishni muayyan shartlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Uni qo‘llash asoslaridan biri jinoiy jazoni qo‘llashning maqsadga muvofiq emasligidir.

Ayni bitta asos ishni qaysi bosqichida qo‘llanilayotganligiga qarab, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga ham jazodan ozod qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo‘lib, u shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun, sud hukmi chiqarilganidan so‘ng asosiy va qo‘shimcha jazodan ozod qilish uchun tatbiq etiladi.

Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko‘rsatilgan:

1) jazo muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoiy javobgarikdan ozod qilish (69-modda);

2) shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (70-modda) ;

3) aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘l­ganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (71-modda);

4) shartli hukm qilish (72-modda);

5) jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilish (73-modda);

6) jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (74-modda);

7) kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish (75-modda);

8) amnistiya akti asosida jazodan ozod qilish (76-modda).


Bundan tashqari, jinoiy jazodan ozod qilishning yana bir alohida turi mavjud bo‘lib, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida jinoiy jazodan ozod qilish asosi ko‘rsatilgan bo‘lsa, shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish mumkin bo‘ladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling