O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
17.7. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishdan farqli ravishda shartsiz hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 74-moddasida ko‘rsatilgan jazodan ozod qilishning ushbu turi mahkumga nisbatan unga tayinlangan jazoga nisbatan yengilroq turdagi jazoni qo‘llash orqali ham Jinoyat kodeksida belgilangan jazoning maqsadiga erishish mumkin, degan xulosaga kelinganida qo‘llaniladi. Jazoning o‘talmay qolgan qismini yengilrog‘i bilan almashtirishning mohiyati mahkumni jazoning muayyan turini yengilrog‘i bilan almashtirishda ifodalanadi. Bu almashtirish faqatgina ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa jazo turlari yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin emas. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum jazo turlari uchun belgilangan tartib qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan hollarda qo‘llanishi mumkin. Bunda mahkumning mehnatga, u yerdagi mehnat jamoasiga munosabati va boshqa holatlar inobatga olinadi. Jazoning o‘talmay qolgan qismini yengilroq turdagi jazo bilan almashtirishda qo‘shimcha jazo qo‘llanilgan bo‘lsa, bu jazo turini bekor qilish yoki uning muddatini qisqartirish masalasi jinoyat qonunida belgilanmagan. Shunday bo‘lsa-da, sud mahkumni qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha jazo turi boshqa hech qanday jazo bilan almashtirilmaydi. Qonun jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni qo‘llashning asosi sifatida: a) u qo‘llanishi lozim bo‘lgan shaxslar doirasini; b) tayinlangan jazoning eng kam muddatlarini amalda o‘tashni belgilaydi. Jazoning o‘talmagan qismi yengilroq turdagi jazo bilan almashtirish jazoning qonunda belgilangan qismi o‘talgandan so‘nggina qo‘llanishi mumkin. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatini kamida to‘rtdan bir qismini o‘tagan shaxsga qo‘llanilgan jazo yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkum, jazoning kamida bir yilini o‘tagandan so‘nggina (uchdan bir qismini) yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin. Og‘ir jinoyati uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinib, sud tayinlagan jazo muddatini kamida uchdan birini o‘tagan bo‘lsa, yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. O‘ta og‘ir, shuningdek, jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun esa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini o‘tab bo‘lganidan keyingina jazodan ozod qilishning ushbu turi qo‘llaniladi. Ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilishning jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi. Bu shuni anglatadiki, masalan, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan to‘rt yillik muddati, axloq tuzatish ishlari jazosi bilan almashtirilganda, axloq tuzatish ishlarining umumiy muddati, olti oydan kam bo‘lishi va uch yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Axloq tuzatish ishlari jazosiga nisbatan yengilroq jazo turi muayyan huquqdan mahrum qilish va jarima jazosidir. Lekin bu jazo turi almashtirilganda, jarima jazosi bilangina almashtirilishi mumkin. Bunda bir oylik axloq tuzatish ishlari jazosi eng kam oylik ish haqining ikki barobariga tenglashtirib hisoblanadi. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ayrim jinoyatchilar uchun qo‘llanilmaydi. Bu shaxslar doirasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi, 4-qismida belgilangan: 1) o‘lim jazosi avf etish tariqasidagi ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilgan shaxslar; 2) o‘ta xavfli retsidivistlar; 3) uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilari; 4) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda odam o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, O‘zbekiston Respublikasi tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qirg‘in qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallar va uskunalarni, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni kontrabanda qilish, shuningdek, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda sotish uchun hukm qilingan shaxslar; 5) jazoni o‘tash rejimini ashaddiy buzuvchi shaxslarga nisbatan.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling