O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
Birinchi toifaga Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘satilgan ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini aqli noraso holatda sodir etgan shaxslar kiradi. Bu shaxslar ruhiy kasalligi tufayli o‘z harakatining faktik xususiyatini, shuningdek, qilmishning ijtimoiy xavfliligi va biror obyektga nisbatan muayyan zarar yetkazilishini anglab yetmaydi. Jinoyatning subyekti aqli noraso shaxs bo‘lganligi tufayli, bunday shaxslar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishsa-da, ularning qilmishi jinoyat hisoblanmaydi. Shu tufayli ularni jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortish mumkin emas. Bunday toifadagi shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llaniladi. Ular jazoga tortilganda jazoning tarbiyalash va ogohlantirish maqsadi amalga oshmaydi.
Ikkinchi toifadagilarga jinoyat sodir etgandan so‘ng jinoiy javobgarlikka to‘sqinlik qiluvchi kasallikka chalingan shaxslar kiradi. Bu toifadagi shaxslarga aqli rasolik holatida jinoyat sodir etganidan so‘ng, dastlabki tergov yoki sud majlisi davomida ruhiy kasallikka chalingan shaxslar kiradi. Bunday holatda ularga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilmaydi, ularga nisbatan faqat majburlov chorasi qo‘llaniladi. Uchinchi toifaga jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalingan shaxslar kiradi. Ular jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatining ahamiyatini anglamaydi va o‘z harakatlarini boshqara olmaydi. Bunday hollarda ularga nisbatan qamoq va jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining qarori bilan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. Тo‘rtinchi toifadagi shaxslarga qonun jinoyatni aqli raso holatda sodir etgan, ammo alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqanligi tufayli tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasiga muhtoj bo‘lganlar kiradi. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslar ham umumiy asoslarga ko‘ra, jinoiy javobgarlik va jazoga tortiladilar. Ularga nisbatan majburiy davolash choralari jinoiy jazo bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash qonuniylik, insonparvarlik, inson va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish kabi prinsiрlarga asoslanadi. Тibbiy yo‘sindagi majburov choralari qo‘llanilgan shaxslarning huquqlari, ularga berilgan kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ruhiy kasallarga psixiatriya yordami ko‘rsatish va ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi:
2) vasiylik va homiylik masalalarini hal etish; 3) shoshilinch psixiatriya yordami ko‘rsatish va boshqalar. Ruhiy kasallikka chalingan shaxslar: 1) o‘zlariga nisbatan inson qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan muruvvatli va insoniy muomala qilinishini; 2) o‘z huquqlari haqida, shuningdek, ruhiy xastaliklari xususiyati hamda qo‘llanilayotgan davolash usullari haqida o‘zlari uchun tushunarli shaklda va o‘z ruhiy holatlarini hisobga olgan holda ma’lumot olish; 3) tibbiy zaruratga ko‘ra, davolashning barcha turlaridan foydalanish; 4) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda psixiatriya yordami ko‘rsatilishi; 5) tibbiy vositalar va usullarni sinash, ilmiy tadqiqotlar va o‘quv jarayoni obyekti tariqasida foydalanishga, foto, video yoki kinosuratga olinishiga oldindan rozilik berish va istalgan bosqichda undan voz kechish; 6) o‘zlarining talablariga binoan psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etayotgan istalgan mutaxassisni, ushbu qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan tibbiy komissiyada ishlash uchun taklif etish; 7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda advokat, qonuniy vakil yoki boshqa shaxsning yordamini olish huquqiga egadirlar.
2) ruhiy kasallikka chalinganlarni davolash yoki ularning ruhiy holatini yaxshilash; 3) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan davolash va jazolashning maqsadiga erishishga ko‘maklashuvchi sharoitni yaratish.
Jinoyat kodeksida belgilangan maqsadlardan tashqari tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy kasallarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadini ham ko‘zlaydi. Bizning fikrimizcha, ushbu maqsadning Jinoyat kodeksida ifodalanishining asosiy sababi, hozirgi vaqtda ruhiy kasallikka chalinganlarning qonuniy manfaatlari buzilayotganligidadir. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling