O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
19.2. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari,
ularni tayinlash, muddatini uzaytirish, o‘zgartirish va bekor qilish Jinoyat kodeksida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari turlari va qo‘llash tartibi, shuningdek, ularning muddatini uzaytirish, o‘zgartirish va bekor qilish asoslari belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksining 93-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining quyidagi turlari ko‘rsatilgan: a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish; b) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish; d) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog‘liqni tiklash maxsus bo‘limida majburiy davolanish; e) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo‘linmasida majburiy davolanish. Yuqorida ko‘rsatilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralaridan birini tayinlash uchun sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligi va kasalning ruhiy holati asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash orqali, nafaqat, shaxsni davolash va ijtimoiy hayotga moslashtirish, balki, tibbiyot muassasalari ularning sog‘lig‘i va xulqini kuzatuvi natijasida ularni jamiyatdan ajratilishi ta’minlanadi. Sud tibbiy yo‘sindagi qanday majburlov chorasini qo‘llash masalasini hal qilishda Jinoyat kodeksida belgilangan holatlarni e’tiborga olishi kerak. Birinchi turdagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi (majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish), Jinoyat kodeksining 94-moddasi, «a» bandiga muvofiq, ruhiy kasalligi zo‘rayib ketayotganligini ko‘rsatuvchi alomatlar bo‘lmagan, shuningdek, ruhiy holati vaqtincha buzilgan ruhiy bemorlarga nisbatan, bunday kasalliklarning qaytarilmasligi va yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etmasligi uchun tayinlanishi mumkin. Odatda, majburiy ambulatoriya kuzatuvi ostida davolash aybdorning yashash joyidagi poliklinikada psixiatr yoki psixonevrolog tomonidan amalga oshiriladi. Bunday shaxslar dispanser hisobida turib, vaqti-vaqti bilan davolash ko‘rigidan o‘tkaziladi, salomatligi tiklangach, dispanser hisobidan chiqariladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining ikkinchi turi (umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy o‘tkaziladigan davolanish) Jinoyat kodeksining 93-moddasi, «b» bandida ko‘rsatilgan. Bu davolash turi ijtimoiy xavfliligi ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan, umumiy asoslarda davolash talab etiladigan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Umumiy tartibli ruhiy kasalxonalarga o‘z ruhiy holatlari va sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari xususiyatiga ko‘ra, davolanishga majbur bo‘lgan shaxslar joylashtiriladilar. Bunday ruhiy kasallarning jamiyat uchun ijtimoiy xavfi katta emas. Sud ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan bunday shaxslarni doimiy shifokor nazorati ostida davolashga va mehnatga layoqatliligiga qarab, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashga majbur ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining uchinchi turi (umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog‘liqni tiklash maxsus bo‘limida) Jinoyat kodeksining 93-moddasi, «v» bandiga muvofiq, ijtimoiy xavfliligi ko‘proq salomatlikni tiklovchi choralarning ko‘rilishini talab etadigan, davolash choralari esa, ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Bunday tartibli shifoxonalarda majburiy davolash bemorning xavflilik darajasiga ko‘ra tayinlanadi, bu ularning ruhiy holati va bu holatning boshqa xavfli qilmishlarni sodir etishga olib kelish imkoniyati bilan baholanadi. Maxsus tartibli shifoxonalarda, odatda, inson hayotiga tajovuz qilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan, ruhiy holatiga ko‘ra, o‘zi va atrofdagilarga xavf tug‘dirmaydigan shaxslar joylashtiriladi. Biroq, bunday shaxslar majburiy tartibda doimiy davolanishga, shuningdek, doimiy ravishdagi kuzatuvga muhtoj bo‘ladilar. Shaxsga majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanish kabi choralar qo‘llanilgan bo‘lsa, sud jinoyatning oldini olish maqsadida shaxsni majburiy davolash to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda, kasalni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish yoxud majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolash vaqtini bekor qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ambulatoriya kuzatuvi va davolashni amalga oshiradigan tibbiy muassasalar, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqariladi va davolash tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining to‘rtinchi turi (kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi yoki bo‘linmasida majburiy davolash) ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan yoki o‘z xulqiga ko‘ra umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasi sharoitida davolashning imkoni bo‘lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Shunday qilib, kuchaytirilgan tartibli tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi odamning ruhiy holati o‘zi (o‘zini o‘zi o‘ldirishga urinish, badaniga turli darajadagi shikast yetkazish) va atrofdagilar uchun (boshqalarga tan jarohati yetkazish, odam o‘ldirish, o‘t qo‘yish va boshqalar) xavfli bo‘lganlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday shaxslar odatda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan bo‘lishadi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining bu turini qo‘llashda sud-psixiatrik ekspertizasi orqali aniqlangan holatlarga asoslanadi. Kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorning davolash muassasasidan qochishi va takroran ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishini istisno etadigan qat’iy nazorat ostida davolanadi. Sud o‘z qarorida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini belgilash bilan bir qatorda davolanish muddatini ko‘rsatmaydi. Bu majburlov chorasini qo‘llashning davomiyligi ruhiy kasallanganlik darajasiga, kasallikning davomiyligiga, davolash metodi va unga nisbatan ruhiy ta’sir etishiga hamda boshqa qator holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi muddatini uzaytirish, o‘zgartirish va bekor qilish ruhiy kasalliklar shifokorlari komissiyasining xulosasiga asoslangan holda sud tomonidan hal qilinadi. Buning uchun kasal ahvolining yaxshilanganligi, ya’ni uning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi va sog‘ayganligi asos bo‘ladi. Agar shaxsni bir davolash muassasasidan boshqasiga, masalan, kuzatuvi kuchaytirilgan umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazish lozim bo‘lib qolsa, bu masala sud tomonidan hal qilinadi. Buning uchun kasal sog‘lig‘ining o‘zgarganligi, ya’ni bemorning ijtimoiy xavfliligi kamayganligi asos bo‘ladi. Ba’zan buning aksi, ya’ni kasalning ahvoli yomonlashganligi bois unda xavfli vasvasa, tajovuzkorlik holatlari paydo bo‘lganida umumiy tartibdagi shifoxonadagi boshqa kasallar, tibbiyot xodimlari va xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlash imkoni bo‘lmaganida uni umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasidan kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘chirish zarur bo‘ladi. Ruhiy kasal ahvolining yaxshilanishi yoki yomonlashuvi bilan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining muddati uzaytiriladi. Muddatini uzaytirishda shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasining pasayganligi yoki o‘sganligi hisobga olinadi. Ruhiy kasalning tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashaga muhtoj emasligi yoki sud tibbiy ko‘rsatkichlarga muvofiq ilgari tayinlangan majburiy davolashni bekor qilinishi mumkin va kasalni uning yashash joyidagi sog‘liqni saqlash muassasalariga joylashtirish uchun yuborish yoki mazkur shaxsni nogironlar uyi yoxud boshqa ijtimoiy ta’minot bo‘limiga yuborish masalasini hal qiladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalingan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan muddat jazo muddatiga qo‘shiladi. Ammo ruhiy shifoxonada bo‘lish muddatining bir kuni sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining qanchasiga tenglashtirib hisoblanishi Jinoyat kodeksida belgilab berilmagan. Bizning fikrimizcha, qamoq jazosi, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoning bir kuniga ruhiy shifoxonada bo‘lishning bir kuni tenglashtirib hisoblansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasiga tayinlangan shaxslarga nisbatan amnistiya aktining huquqiy oqibatlari ta’sir qilmaydi, chunki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganliklari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan hisoblanadilar. Amnistiya akti esa, jinoiy javobgarlikka va jazoga tortilgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Agar shaxs amnistiya aktiga muvofiq ozod qilinishi lozim bo‘lsa va bu sudning qarori chiqarilguncha vujudga kelgan bo‘lsa, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilmaydi. Bunday hollarda shaxsni ruhiy kasalxonaga joylashtirish maqsadida sog‘liqni saqlash muassasalari ogohlantiriladi. Jinoyat kodeksining 92-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun asos bo‘luvchi holatlar aniq belgilab qo‘yilgan. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi: 1) ushbu ta’sir chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilayotgan shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etilganligi yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o‘tash davomida ruhiy kasallikka chalinishi; 2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs ruhiy holati va sodir etilgan qilmishning huquqiy oqibatiga ko‘ra jamiyat uchun xavfli, deb topilsa; 3) sudning tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi tayinlash to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lsa qo‘llaniladi.
2) hukm chiqarilgunga qadar o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajada kasal bo‘lib qolishi; 3) jazoni o‘tash davomida o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajada kasal bo‘lib qolishi kiradi.
Shaxsning o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasalligi sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi asosida aniqlanadi. Bunday ekspertiza surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning esa, ajrimi asosida tayinlanadi. Ekspert xulosasi sud uchun oldindan ahamiyatga ega bo‘lmaganligi sababli, sud ishni ko‘rish jarayonida ekspert xulosasiga yakuniy baho beradi. Ozodlikdan mahrum etish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa, qamoqxona boshlig‘i, yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini ijro etish muassasasi boshlig‘ining qaroriga asosan ekspertiza tayinlanadi. Sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazishda:
2) shaxsning jazo tayinlash vaqtda ruhiy kasal ekanligi tufayli, hukm qilish va jazolash uning tuzalishiga ta’sir ko‘rsata olmasligi; 3) ushbu kasallik surunkalimi yoki shaxs muayyan vaqt mobaynida tuzalishi mumkinmi; 4) shaxs duchor bo‘lgan ruhiy kasallik yana ijtimoiy xavfli oqibat keltirib chiqarishi yoki bunga sabab bo‘lishi mumkinmi; 5) shaxs o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment o‘tkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi; 6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari bormi va ular nimalardan iborat1, degan savollarga javob olishi lozim. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanadi. Shu bois aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga taalluqli bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlanishi lozim:
2) jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan boshqa holatlar, qilmish va uning oqibati o‘rtasidagi bog‘liqlik; 3) ayblanuvchi, mahkumning shaxsini tasdiqlovchi holatlar.
Agar shaxs aqli rasolik holatida jinoyat sodir etgan bo‘lsa, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun sud jinoyatning har bir elementini, shu jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasida nazarda tutilgan holatlarni aniqlashi lozim bo‘ladi. Shaxsning aqli noraso ekanligini aniqlash quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
2) agar shaxs jinoyat sodir etish jarayonida o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasallikka chalingan bo‘lsa, shaxsning jinoyat sodir etishdagi aybdorligi masalasi hal qilinmaydi. Shaxsning ijtimoiy xavfliligidan qat’iy nazar, ular tomonidan qilingan harakat yoki harakatsizlikdan jinoyat tarkibi bo‘lmasa, ular javobgarlikka tortilmaydilar. Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo‘lib qolgan shaxs sodir etgan jinoyat bo‘yicha aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi haqida sud ajrim chiqaradi. Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan shaxsning sodir etgan jinoyati yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, ziyonning o‘rnini qoplash masalasi fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish tartibida hal etiladi. Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanganida, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sog‘liqni saqlash organiga darhol xabar qiladi. Asosiy e’tibor shaxsning amnistiya akti yoki qonunining o‘zgarishi tufayli qilmishni dekriminalizatsiya qilinganligi natijasida jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga qaratilishi lozim. Bunday hollarda majburlov chorasini qo‘llash masalasini hal qilishda sudlar majburiy davolash sodir etilgan jinoyatning huquqiy oqibatlaridan biri va jinoiy javobgarlikni amaliy jihatdan qo‘llanishi ekanligiga e’tibor berish lozim. Shunga asosan, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, bunday ozod qilishning asosidan qat’iy nazar, majburlov choralariga ham qo‘llaniladi. Shaxsni tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasidan ozod qilish uni faqat jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga ta’sir qiladi. Sud majburiy davolash chorasini faqatgina shaxs jamiyat uchun xavfli, deb topilgan holda qo‘llashi mumkin. Bunda shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi, nafaqat, uning ruhiy holati bilan, shuningdek, sodir etilgan qilmishning og‘irlik darajasi bilan ham belgilanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, shaxsni ijtimoiy xavfli, deb topishda sud tomonidan hamma holatlar e’tiborga olinadi, lekin shaxsning xulqini belgilovchi asoslar uning ruhiy holati asosiy mezon bo‘lib qolishi lozim. Shaxsning ijtimoiy xavfliligini belgilashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 1) uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi; 2) uning nochorligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi; 3) agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilishi.
2) sodir etilgan jinoyatlarning ayrimlari uchun bir necha hukm bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganida. Bunda ham majburiy davolash chorasi yuqoridagidek tartibda tayinlanadi. Sud ajrimida har bir qilmish alohida ko‘rsatilishi kerak, oldingi sud hukmi asosida tayinlangan jazo va uning muddati, jinoiy javobgarlikka tortilmagan qilmishi uchun tayinlangan majburlov chorasi (bunda jazoning turi va muddati ko‘rsatilmaydi). Majburlov chorasi bekor bo‘lsa, ish sudda umumiy tartibda qayta ko‘riladi va jinoyatlar hamda hukmlar jami bo‘yicha jazo tayinlanadi. 1. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari nima? 2. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari kimlarga nisbatan qo‘llaniladi? 3. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash asoslarini bayon eting. 4. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi vaqtidagi davolanish muddati jazo muddatiga kiradimi? 5. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llangan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishga nimalar asos bo‘ladi? 6. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari muddati tugagandan keyin mahkumning huquqiy holati qanday hal qilinadi? 7. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov chorasining boshqa tibbiy yo‘sindagi majburlov choralaridan farqi nimada?
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling