O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tushunchasi


Download 1.35 Mb.
bet126/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
53511c77e324f

19.1. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tushunchasi

Тibbiy yo‘sindagi maburlov choralari sud psixiatriya ekspertizasi xulosasiga asoslangan holda muayyan ruhiy kasallikka chalingan va Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini sodir etgan, shuningdek, alkogolizm, giyoh­vandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan, majburiy ruhiy davolashdir. «Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari o‘z tabiatiga ko‘ra, deb yozadi tadqiqotchi M.Usmonaliyev, davlatning majburlov chorasi hisoblanadi. Bunday majburlov choralari faqat sud tomonidan taynlanadi va qo‘llanadi. Bunda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxsning xohish-irodasi e’tiborga olinmaydi va unga nisbatan bir qator huquqiy cheklashlarni joriy qilinadi»1.

Jinoyat kodeksining 92-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning umumiy asoslari belgilab berilgan. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o‘z harakatlarini boshqara olmaslik holatida sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiya­tiga ko‘ra, jamiyat uchun xavfli, deb topilsa, sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.

Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi shaxsiy davolash maq­sadida qo‘llaniladi. Davolash deganda, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning ruhiyatini o‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladigan ta’sir chorasi tushuniladi.

Bunday usulda davolash, shaxsning to‘la tuzalishini maqsad qilib qo‘ymasa-da, ammo shaxsni jamiyat uchun xavf tug‘dir­maydigan darajada ruhiy jihatdan tuzatishga qaratiladi. Shu yo‘sinda tibbiy majburlov chorasi asosida davolash metod va usullari, bu ta’sir chorasi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda davola­nayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan choralar qo‘llaniladi1.

Yuqoridagi qoidaga muvofiq, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazo chorasi hisoblanmaydi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasi bo‘lib hisoblanadi. Bu majburlov chorasi sud hukmi bilan emas, balki sud qarori bilan begilanadi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi ruhiy kasallikka chalingan shaxsning qilmishini baholovchi xususiyatga ega emas, u qayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi, ruhiy kasallikka chalingan shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishni oldini oladi, ularni davolash va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining aniq bir turini qo‘llashdan oldin sud belgilangan maqsadlarning har biriga erishish mumkinligiga e’tibor qaratishi lozim. Shunday qilib, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jinoiy jazo chorasidan o‘z asosiga, tuzilishiga va yuridik oqibatiga ko‘ra farq qiladi.

Yuridik oqibati deganda, sudlanganlik holatining vujudga kelishi tushuniladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi. Agar alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan jazo chorasi bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llash bilan birga qo‘llanilgan bo‘lsa, sudlanganlik muddatini hisoblashda majburlov choralari tayinlangan muddat hisobga olinmaydi. Agar shaxs jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi uchun jazodan ozod qilingan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning haqiqatda o‘talgan qismiga nisbatan hisoblanadi.

Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun:


1) ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etilishi;

2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo‘lgan, lekin sud hukmi chaqirilgunga qadar o‘z qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinishi;

3) jinoyat sodir etganligi uchun jazoga mahkum qilingan, lekin jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinib, o‘z qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobi­liyatidan mahrum bo‘lishi;

4) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan shaxslarning jinoyat sodir etishi asos bo‘lib hisoblanadi.


Тibbiy yo‘sindagi maburlov choralari yuqorida keltirilgan to‘rt toifadagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan qo‘llaniladi. Bu toifadagi kishilarning har biri maxsus belgilarga ega.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling