O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ijtimoiy xavfli harakat va harakatsizlik tushunchasi


Download 1.35 Mb.
bet39/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

6.2. Ijtimoiy xavfli harakat va harakatsizlik tushunchasi
Ijtimoiy xavfli qilmish – bu insonning ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazuvchi tashqi dunyodagi g‘ayriqonuniy, ongli, faol yoki nofaol xulq-atvori.

Qilmish har qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Har qanday jinoiy qilmish ijtimoiy xavflidir, qilmishning bunday xavfliligi uning qonun bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi, eng avvalo, yetkazilgan zararning hajmi va tajovuz qilingan obyektning qiymati bilan belgilanadi.



Qilmish – bu insonning ongli xulq-atvori. Shuning uchun jinoyat huquqiy ma’noda qilmish deyilganda, ongli, shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishga sabab bo‘lgan tana harakati tushuniladi.

Har qanday jinoyat o‘zining obyektiv belgilariga ko‘ra, ijgimoiy xavfli harakat yoki passiv xulq (harakatsizlik) yo‘li bilan sodir etiladi.

Ijtimoiy qilmishning keng tarqalgan turi bu harakatdir. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarning uchdan ikki qismiga yaqini harakat orqali sodir etiladi. Har bir harakat negizida inson tomonidan ma’lum maqsadlar sari, ongli yo‘naltirilgan tana harakati yotadi. Jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat bilan tana harakati o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Lekin ular bir xil emas. Instinktiv, reflektor va impulsiv tana harakatlari ong bilan boshqarilmaganligi va inson erki bilan yunaltirilmaganligi uchun, jinoyat huquqiy ma’nodagi harakatni keltirib chiqarmaydi. O‘z navbatida jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat birgina ongli va irodaviy tana harakati bilan cheklanmaydi, balki u o‘zida tana harakatlarining o‘zaro bog‘liq tizimini o‘zida aks ettiradi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligini vujudga keltiradi.

Harakat shaxsning xulq-atvori, uning ongli ravishda sodir etiladigan xatti-harakati bo‘lib, imo-ishora, til, qo‘l va oyoq bilangina emas, balki boshqa narsalar vositasi bilan ham qilinishi mumkin. Masalan, odam o‘ldirish yoki badanga shikast yetkazish uchun avtomashinadan foydalanish, itga qoptirish va hokazolar.

Jinoiy harakatning obyektiv chegarasi to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiy ham bo‘lgan harakat irodaviy va ongli tana harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlangan hisoblanadi. Bunday harakatlar sirasiga, nafaqat, himoya qilinadigan obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan va «Maxsus» qism moddalarida tamom bo‘lgan jinoyatlar sifatida aks ettirilgan harakatlar, balki jinoyat sodir etishga yetarli sharoit yaratib beruvchi harakatlar ham kiradi: tayyorgarlik harakatlari, tashkilotchilar, dalolatchilarning harakatlari. Harakatning oxiri deganda, uning tugashi (bunga aybdorning erkiga bog‘liq bo‘lmagan harakatlar ham kiradi) yoki zarali oqibatlarning kelib chiqishi yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiylik xususiyatini yo‘qotishi tushuniladi.

Jinoyat-huquqiy harakatlar tashqi tomondan inson, hayvon yoki moddiy predmetga jismoniy ta’sir qilish shaklida ifodalanishi mumkin. Jinoyat kodeksidagi 90 % jinoyatlar shunday shaklda sodir etiladi.

Jinoyat huquqiy harakat muayyan so‘z yoki iboralarni yozish yoki aytishda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, tuhmat, haqorat. Ba’zida boshqa odamlar ham ijtimoiy xavfli harakat vositasi bo‘lishi mumkin. Masalan, aqlidan noraso yoki kichik yoshdagi bolalar o‘t qo‘yishga yoki odam o‘ldirishga dalolat qilinganida, dalolatchi o‘sha jinoyatni bevosita sodir qilishda ayblanadi. Aqli noraso yoki subyekt yoshida bo‘lmagan shaxslar esa, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini tushunmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.



Harakatsizlik – shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va passiv xulq-atvori. Harakatsizlik shaxsning qilishi lozim va mumkin bo‘lgan harakatni qilmaganligi natijasida, jinoyat qonuni bilan qo‘riq­lanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazilganligi yoki zarar yetkazish xavfi tug‘ilganligida ifodalanadi.

Ijtimoiy xavfli harakatsizlik xuddi ijtimoiy xavfli harakatday tashqi dunyoga ta’sir o‘tkazadi va ma’lum o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Harakatsizlik birgina holatda muayyan harakatni amalga oshirishdan o‘zini tiyish bilan birga jinoiy xulq-atvor tizimini aks ettirishi mumkin. Misol uchun, mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida mansabdor shaxs o‘ziga yuklatilgan vazifani doimiy ravishda bajarmay keladi.

Harakatsizlik faqatgina ijtimoiy xavfli va g‘ayrihuquqiy bo‘lgan taqdirdagina, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikni kelib chiqishining zaruriy shartlaridan yana biri imkoniyatning borligi va majburiyligi. Masalan, jinoyatchilar tomonidan bog‘lab qo‘yilgan qorovul talon-tarojning oldini olmasa, o‘z vazifalariga insofsiz munosabatda bo‘lganligi uchun javobgarlikka tortib bo‘lmaydi, chunki u jismonan o‘z vazifalarini bajara olmaydi.

Insonning har qanday qilimishi har doim ongli va aql-irodasi bilan sodir etiladi. Shuning uchun o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxsning harakatlari, hatto ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelgan taqdirda ham jinoyat hisoblanmaydi. Masalan, fuqaro A. sirpanib ketayotib, omon qolish niyatida biror narsani ushlab qolishga harakat qiladi. Biroq, yiqilayotib fuqaro O.ning kiyimidan tutadi, yiqilish natijasida fuqaro O. og‘ir jarohat oladi. Bunday holda kelib chiqqan oqibat uchun A. jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, chunki bu uning ongiga, aql irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda yuz bergan.

Shaxsning yengib bo‘lmaydigan jismoniy kuch yoki ruhiy zo‘rlik ta’sirida qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga xavf soluvchi qilmishi va uning oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jinoyat huquqi nazariyasida yengib bo‘lmaydigan kuch deganda, ma’lum bir (aniq) shaxsni stixiyali kuchlar (yong‘in, toshqin, bo‘ron va h.k.) ta’sirida o‘z irodasiga qarshi ma’lum bir xatti-harakatlarni qilib qo‘yish hodisalari (masalan, avtobus to‘xtatishi natijasida yo‘lovchilardan biri yiqilayotib, qo‘lini beixtiyor yonida turgan yo‘lovchining ko‘ziga tegib jarohatlashi, toshqin natijasida shifokorning chaqiruvga bora olmasligi va bemorning halok bo‘lishi va h.k.) tushuniladi.

Тabiiy ofatni haqiqatan ham yengib bo‘lmaganligini aniqlash uchun shaxsning unga qarshi kurash qobiliyati, vaziyat hisobga olinadi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling