O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


«Moddiy» va «formal» tarkibli jinoyatlar


Download 1.35 Mb.
bet42/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

6.4. «Moddiy» va «formal» tarkibli jinoyatlar
Jinoyat tarkibining moddiy va formal jinoyatlarga bo‘linishi jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini aniqlash va uni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatlidir.

Jinoiy oqibatning kelib chiqishi bilan jinoyat tarkibi tugaydi. Biroq, ayrim hollarda, jinoyatni tamom bo‘lgan deb, topish uchun zaruriy element hisoblangan oqibat kelib chiqqandan so‘ng ham bir qator oqibatlarni kelib chiqishi davom etadi. Bunday oqibatlar qo‘shimcha yoki navbatdagi oqibat, deb nomlanadi. Jinoyatni kvalifikatsiyalashda ular ahamiyat kasb etmaydi, sud tomonidan og‘irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinadi. Misol uchun jabrlanuvchi o‘ldirilganidan so‘ng uning rafiqasi kasal bo‘lib qolishi, onasining aqldan ozishi va hokazolar. Mana shu holatlar sud tomonidan og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan olinishi mumkin, qachonki, ularning jinoiy qilmish bilan bog‘liqligi isbotlangan bo‘lsa. Xo‘jalik va mansabdorlik jinoyatlarida qo‘shimcha oqibat boy berilgan foyda, turli neustoykalar bo‘lishi mumkin.

Shunday holatlar ham bo‘ladiki, subyekt kelib chiqishini xohlamagan, lekin oldindan ko‘ra bilgan oqibatlar mustaqil jinoyat sifatida topiladi hamda jinoyatlar jami bo‘yicha ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Masalan, agar subyekt avtomashinani olib qochib, g‘ildiraklari va magnitofonini yechib olib, mashinani odam ko‘rmaydigan joyga tashlab ketsa va bu yerda mashina yaroqsiz holatga kelib qolsa, uchta jinoyatning jami bo‘yicha avtomashinani olib qochish, o‘g‘rilik va mulkka zarar yetkazish uchun javobgarlik yuzaga keladi.

Jinoyat qonunida bir nechta murakkab tarkibli, ikki oqibatli jinoyatlar ham o‘z ifodasini topgan. Bunday jinoyatlar kvalifikatsion tarkibli, deb nomlanadi. Bularga jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan og‘ir tan jarohatini yetkazish, insonlarni qurbon bo‘lishiga olib kelgan, mulkni nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan davlat sirini oshkor qilish va boshqalar. Bunday jinoyatlarda obyektga birinchi zararni yetkazuvchi asosiy jinoiy oqibat – bu tan jarohatini yetkazish, mulkni nobud qilish. Ikkinchisi esa, keyin kelib chiqqan og‘ir oqibatlar bo‘lib, ular ham moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan zaruriy oqibat hisoblanadi. Bunda aybning shaklida ham o‘ziga xos tomoni bor: asosiy oqibatga – to‘g‘ri qasd; ikkinchisi, albatta, ehtiyotsizlik orqasida ro‘y bergan bo‘ladi.

Jinoyat huquqida alternativ, formal tarkibli jinoyatlar tushun­chasi ham mavjud. Bular qatoriga obyektiv tomoni ikki mustaqil qismdan tashkil topadigan jinoyat tarkibini kiritish darkor: birida faqat qilmishning sodir etilishi nazarda tutiladi, ikkinchisida qilmish bilan bir qatorda ijtimoiy xavfli oqibatni kelib chiqishi nazarda tutiladi. Misol uchun, Jinoyat kodeksining 1861-moddasida etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng yoki ancha miqdorda sodir etilganligi uchun javobgarlik belgilangan. Ko‘rinib turibdiki, ushbu jinoyatning obyektiv tomoni ma’muriy jazo qo‘llanganidan so‘ng ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda yoki ijtimoiy xavfli qilmish natijasida ancha miqdorda zarar yetkazilishida ifodalanadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling