O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat predmetining jinoyat sodir etish


Download 1.35 Mb.
bet37/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

5.3. Jinoyat predmetining jinoyat sodir etish

quroli va vositasidan farqi
Jinoyat tarkibini tahlil etishda jinoyatni sodir etishda foydala­nilgan vosita va qurollarini jinoyat predmetidan ajratish lozim. Jinoyat sodir etishda foydalanilgan vosita va qurollar moddiy narsalar bo‘lib, ulardan aybdor jinoyatni sodir etish, ya’ni jinoiy natijaga erishish, jinoyat predmetiga ta’sir etish uchun foydalanadi.

Jinoyat vositalari va qurollarining jinoyat predmetidan farqi shundaki, jinoyat vositasi va qurolidan jinoyatni sodir etishda foydalaniladi. Masalan, qandaydir narsadan jinoyatchi jinoyat sodir etishda (osonroq bo‘lishi uchun) foydalansa, vosita yoki qurol hisoblanadi. Jinoyat tufayli ta’sir etiladigan narsalar jinoyatning predmeti bo‘ladi. Masalan, o‘g‘rilik orqali pul talon-taroj qilinsa, bu jinoyatning predmeti pul bo‘ladi.

Ba’zi qurol va vositalar turli sharoitlarda jinoyat predmeti yoki jinoyat vositasi bo‘lishi mumkin. Masalan, talon-taroj qilishda pul jinoyat predmeti bo‘ladi, lekin u pora berishda jinoyat vositasi ham bo‘lishi mumkin. Yoki qurol odam o‘ldirishda jinoyat vositasi bo‘lsa, u qonunga xilof ravishda qurol saqlash jinoyatining predmeti bo‘ladi.

1. Jinoyatning obyekti deb nimaga aytiladi? Jinoyat tarkibi tomonlari tizimidagi ahamiyati nimada?

2. Jinoyat obyekti va ijtimoiy munosbatlar obyektlari o‘rtasidagi farq va ularning nisbati nimada?

3. Jinoyat obyektining turlarini bayon eting.

4. Jinoyat obyektlarini tasniflashning ahamiyati nimalarda ifodalanadi?

5. Jinoyatlarning maxsus obyekti deganda nimani tushunasiz?

6. Jinoyatlarning bevosita obyekti nima?

7. Jinoyatlarning predmeti nima va jinoyat obyektidan farqi nima?

8. Jinoyat predmetini jinoyatni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati nimada?

9. Jinoyat kodeksida belgilangan jinoyat obyektlarini sanab bering.


6-bob. JINOYAТNING OBYEKТIV ТOMONI

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling