O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
1.2.3. Demokratizm prinsiрi
Demokratizm prinsiрi Jinoyat kodeksining 6-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin. Ushbu prinsiр, ya’ni demokratizm prinsiрi: birinchidan, jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish maqsadini ko‘zlaydi; ikkinchidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalarni jalb qilinishini ta’minlaydi. Demokratizm prinsiрining asosiy vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalash jarayonida jamoat birlashmalarini, jamoatchilikni jalb etish hisoblanadi. Albatta, ushbu ishga jamoat birlashmalarini jalb qilish shartlari, shakli va tartibi qonunda alohida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak. Demokratizm prinsiрini boshqacha tarzda «jamoatchilik yordami prinsiрi», deb ham atash mumkin. Ushbu prinsiрning bunday nomlanishiga sabab — jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalashda jamoatchilik yordamiga tayanilganligi ushbu norma orqali ifodalangan. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, demokratizm prinsiрi sotsializm davridan qolgan bo‘lib, qonuniylik prinsiрining buzilishiga olib keladi. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsni qayta tarbiyalash insonparvarlik prinsiрining asosini tashkil etib, demokratizm prinsiрi jinoyatchilarni qayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi va ularni qayta tarbiyalashning shakllaridan biri hisoblanadi1.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling