O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Jinoyat huquqi prinsiрlari
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
1.2. Jinoyat huquqi prinsiрlari
Jinoyat huquqining muhofaza qilish va oldini olish vazifalari faqatgina jinoyat huquqi prinsiрlariga qat’iy rioya qilinishi orqali bajarilishi mumkin. Jinoyat huquqi prinsiрlari haqida to‘la ma’lumot olish uchun quyidagi masalalarga e’tibor berish kerak:
2. Prinsiрlarning jinoyat huquqida qo‘llanilishi va ularning harakatlanish mexanizmi; 3. Jinoyat huquqi prinsiрlari tizimi.
Prinsiрlar jinoyat qonunida mustahkamlangan demokratik davlatning jinoyat-huquqiy siyosati mohiyatini va hozirgi yo‘nalishlarini ifodalaydigan, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, diniy va huquqiy tasavvurlarni aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir. Jinoyat huquqi prinsiрlari — jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida qonun chiqaruvchi, qonunni amalda qo‘llovchi organlar va barcha fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan asosiy qoidalar. Jinoyat huquqi prinsiрlari quyidagi: a) xalqaro va milliy huquq normalariga mos kelishi; b) jinoyat huquqi prinsiрlarining fundamental xususiyatga ega ekanligi; d) jinoyat huquqi prinsiрlarining o‘zaro aloqadorligi kabi belgilarga ega.
Jinoyat huquqi prinsiрlari jinoyat huquqi normalari uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jinoyat huquqi normalar jinoyat huquqi prinsiрlaridan kelib chiqadi va ularga zid bo‘lmasligi kerak. Bunday prinsiрlar nazariyada prinsiр normalar, deb ataladi. Jinoyat huquqi prinsiрlari bir-biriga bog‘liq tarzda zanjirsimon harakatda bo‘lib, ulardan birining buzilishi o‘z navbatida boshqa prinsiрlarning buzilishiga olib keladi. Jinoyat huquqi prinsiрlari jinoyat qonunchiligini «qo‘llash» borasida jinoyat huquqi uchun asosiy qoidalarni belgilab beradi. Jinoyat huquqi prinsiрlarining «harakatlanish mexanizmi» jinoyat qonunlarini qo‘llovchi shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud’ya) orqali amalga oshiriladi. Jinoyat huquqi prinsiрlari buzilganda, bunday buzilishlarni bartaraf etish hamda prinsiрlarni buzilishiga olib kelgan g‘ayriqonuniy qaror va xatti-harakatlarni bekor qilish uchun davlat nazorati (sud, prokuratura organlari nazorati) harakatga keladi. Jinoyat kodeksida belgilangan prinsiрlar:
b) jazo va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanishi; d) Jinoyat kodeksining jinoyat huquqi uchun yagona manba ekanligi; e) shaxsning jinoyatni sodir etishdagi aybliligi yoki unga qo‘yilgan aybda aybsizligini faqat sud tomonidan aniqlanishi; f) jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarining faqat sud tomonidan qo‘llanishi; g) jinoyatni sodir etishda aybdor, deb hisoblangan shaxsni huquqiy holati faqat qonun bilan belgilanishi; h) barcha huquqni amalda qo‘llaydigan idoralarning jinoyat qonunining mazmunini o‘z vakolatlari doirasida va Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan aniq matnga muvofiq sharhlash majburdirlar, qoidalaridan iborat1.
Qonunda prinsiрlarning mustahkamlanganligi ularga umummajburiylik xususiyatini beradi, binobarin, prinsiрlar kishilar ongiga ta’sir ko‘rsatish omillari sifatida qonun chiqarish va huquqni qo‘llash faoliyatini yanada rivojlantirish uchun huquqiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Barcha prinsiрlarning yig‘indisi demokratik jinoyat huquqining chinakam mohiyatini ifodalaydigan ichki o‘zaro mufoviqlashtirilgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi. Jinoyat huquqi prinsiрlari tizimi deganda, jinoyat qonunchiligidagi qoidalarning normativ asosini belgilab beruvchi jinoyat huquqi prinsiрlarining yig‘indisi tushuniladi. Jinoyat huquqi prinsiрlarining tizimi Jinoyat kodeksining 3-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiрlariga asoslanadi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling